Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov



Download 0,78 Mb.
bet57/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Bog'liq
moliya0

Jamg’arma daromadlari:
a) korxonalar, xo’jaliklar, tashkilotlar tomonidan qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i chiqarib tashlangan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish hajmidan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi.
Yuridik shaxslar - asosiy faoliyati tovarlar ishlab chiqarish va sotish, ishlami bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik subyektlari mablag* toiovchilar hisoblanadi. Ular bo‘yicha to‘lanadigan aylanmaga shuningdek faoliyatning boshqa turlari bo'yicha mahsulotlar sotish, ishlami bajarish, xizmatlar ko'rsatish hajmi ham kiritiladi.
Agar xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatning bir necha turlari bilan shug'ullanca, u holda u alohida hisob yuritishi va to‘lovlami faoliyatning ushbu turlari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha to'lashi kerak;
a-1) kommunal xo‘jaligi tizimi korxonalari tomonidan mablag*lardan maj buriy ajratmalar - sotib olish qiymatini chegirgan holda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni - tegishli ravishda issiqlik ta’minoti korxonalari uchun - issiqlik energiyasini, suv ta’minoti korxonalari uchun - suvni, gaz ta’minoti korxonalari uchun - tabiiy gazni sotish hajmidan;
b) tayyorlov, vositachi, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, ta’minot-sotish tashkilotlari tomonidan qo'shilgan qiymat solig‘i chiqarib tashlangan holda tovar aylanmasidan, ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari tomonidan esa - yalpi daromaddan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi;
v) banklar (O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari), sug'urta tashkilotlari, videosalonlar (videoko'rsatuv punktlari), kim oshdi savdolari, kazinolar, video va audiomanbalami ko'paytirishdan, ular prokatidan, pul yutuqli avtomatlardan foydalanishdan, lotereya o'yinlari o'tkazishdan va tavakkalchiiikka asoslangan boshqa o'yinlardan, shuningdek ommaviy kontsert-tomosha tadbirlaridan daromad oluvchi korxonalar tomonidan daromaddan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi;
v-1) asosiy faoliyati lizingga mol-mulk taqdim etish bo‘lgan korxonalar tomonidan mablag‘laridan - lizing beruvchi (maija) summasidan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi;
g) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i chiqarib tashlangan holda, majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi;

  1. avtotransport korxonalari tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlarjni sotish hajmidan, qo'shilgan qiymat solig'i chiqarib tashlangan holda, majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi.

Yuridik shaxslar - asosiy faoliyati tegishli to'lov evaziga yuklar va yo'lovchilarni tashish bilan bog'liq bo‘lgan avtomobil transporti korxonalari mablag* to‘lovchilar hisoblanadi. Ushbu korxonalar to‘lanadigan aylanmaga shuningdek faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha mahsulotlami sotish, ishlami bajarish, xizmatlar ko'rsatish hajmi ham kiritiladi;

  1. sotib olingan va vaqtincha olib kelinadigan avtotransport vositalari qiymatidan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ushbu vositalarning egalari (foydalanuvchilari) tomonidan - sotib olingan va vaqtincha olib kelingan avtotransport vositalarming (yengil avtomobillar, avtobuslar, mikroavtobuslar, yuk avtotransport vositalari va maxsus avtomobillar)ning bahosidan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi otganlarida ro'yxatdan o‘tkazishdagi qiymatidan to'lanadigan yig‘imlar hisobiga shakllantiriladi.

Yig'imlar bevosita transport egalari (foydalanuvchilar) tomonidan avtotransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish joyidagi tuman (shahar) soliq
inspektsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi tegishli banklarda ochilgan Jamg‘annaning tegishli tranzit hisob raqamlariga toianadi.
Avtotransport vositalarini sotib olishga yoki qayta sotishga va vaqtincha olib chiqib ketishga yig‘im to‘Ianganligi to‘g‘risidagi hujjat ko‘rsatilmasdan avtotransport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi, qayta ro'yxatdan o'tkazilmaydi yoki texnik ko‘rikdan o'tkazilmaydi.
0‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o'tkaziladigan sotib olingan va vaqtincha olib chiqib ketiladigan avtotransport vositalari qiymatidan yig‘imlar summasi toiovchi (foydalanuvchi) korxonalar tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqatish va sotish xarajatlari tarkibiga, byudjet tashkilotlari tomonidan esa - ta’minot sarf-xarajatlari smetasiga kintiladi;
j) Qoraqalpog'iston Respublikasida yonilg'i-moylash materiallari sotish hajmidan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi.
♦O'zneftmahsulot* aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpoqiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalari to‘lovchilar hisoblanadi. Ular qo'shilgan qiymat solig' i va aktsiz solig' i chiqarib tashlangan holda yonilg' i-moylash materiallarini sotish hajmidan mablag' ajratadilar;
z) «O'zavtoyoi» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotishdan byudjetga tushishi kerak boigan mablag'lar umumiy summasining 50 foizi hisobiga shakllantiriladi;
i) xorijiy davlatlaming avtotransport vositalarining 0‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranziti uchun yig'imlar - 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir avtotashuvchi uchun belgilangan miqdorlarda;
k) 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan ixtiyoriy badallar, xorijiy investitsiyalar va kreditlar mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi.
Jamg'armaga majburiy ajratmalar va yig‘imlami to‘lash tartibi va stavkalar miqdori Davlat byudjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda har yili 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va 0‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mablag' to'lovchilarga yetkaziladi.
♦O'zavtoyoi* davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy yoi-qurilish sho‘’ba tashkilotlari (keyingi o'rinlarda matnda hududiy yoi-qurilish tashkilotlari deb yuritiladi) umumiy foydalaniladigan avtomobil yoilarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlashga Jamg'arma mablagiarini sarflash bo‘yicha buyurtmachilar hisoblanadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoilarini loyihalash, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqiash bo'yicha xarajatlami moliyalashtirishga Jamg‘armaning maxsus maqsadli hisob raqamiga tushadigan pul mablagiarini o’tkazish uchun buyurtmachilar - «0‘zavtoyoi* davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy yoi-qurilish tashkilotlari tomonidan ulaiga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda moliyalashtirishning maxsus hisob raqamlari ochiladi.
Buyurtmachilar - «O' zavtoyoi* davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va hududiy yoi-qurilish tashkilotlarining saqiash bo'yicha xarajatlarini toiash tasdiqlangan va belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq alohida depozit hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Jamg'armaning valyuta mablaglarini sarflash tranzit magistral yo‘llarni ta’mirlash va saqlash, chet elda ishlab chiqarilgan yo‘l texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar sotib olishga, shuningdek «0‘zavtoyol» davlat- aktsiyadorlik kompaniyasi va Jamg'armaning malakali kadrlarini chet elda yoki xorijiy mutaxassislarni respublikaga taklif etgan holda tayyorlash uchun «O‘zavtoyo‘1» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va hududiy sho‘’ba yo‘l-qurilish tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoilarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlashga Jamg'arma mablaglarini sarflash Jamg'arma bilan kelishgan holda «O‘zavtoyo‘1» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi va aniq ro'yxatlar asosida amalga oshiriladi.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoilarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo'yicha «O‘zavtoyo‘1» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarining texnik- iqtisodiy asoslashlari, tender hujjatlari Jamg'armaning Jjro etuvchi direksiyasida ekspertizadan o‘tadi.
«O’zavtoyo‘1» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi hududiy yo‘l-qurilish tashkilotlari tomonidan Jamg’arma mablag'lari hisobiga amalga oshiriladigan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoilarini qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi. Jamg'arma mablag'laridan liar yilibelgilangan tartibda tasdiqlanadigan obyektlarning aniq ro'yxati asosida qat’iy ravishda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan kapital qo'yilmalar limitlari doirasida foydalaniladi.
Tasdiqlangan loyiha hujjatlari mavjudligi va o'tkazilgan tanlov savdolari (tenderlar) asosida ishlarni bajaruvchilar bilan shartnomalar tuzilishi obyektlarni aniq ro'yxatlarga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoilarini va tegishli yo‘l infratuzilmasini mukammal ta’mirlash umumiy foydalaniladigan avtomobil yollarining ahamiyati va holatiga qarab shakllantiriladigan, belgilangan tartibda «O‘zavtoyo‘1» davlat- aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan obyektlarning aniq ro‘yxati asosida hududiy yol-qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan loyiha yoki smeta hujjatlari mavjudligi va o'tkazilgan tanlov savdolari (tenderlar) asosida yoki so‘rov yoli bilan (ishlar qiymatiga qarab) tanlangan ishlarni bajaruvchilar bilan shartnomalar tuzilishi obyektlarni mukammal ta’mirlashning aniq ro‘yxatlariga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
Jamg'armaning umumiy foydalaniladigan avtomobil yollariga va tegishli infratuzilmaga kompleks xizmat ko'rsatishga hamda iilami joriy ta’mirlashga yo'naltiriladigan mablaglaridan qat’iy ravishda Jamg'arma bilan kelishgan holda «O‘zavtoyo‘1» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.
Jamg'armaning tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini mablag' bilan ta’minlash uchun zaxirada nazarda tutilgan mablag'larini sarflash «O‘zavtoyo‘1» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Jamg'arma Ijro etuvchi direksiyasida ekspertizadan o'tgan asoslangan hisob-kitoblari asosida amalga oshiriladi.
Haqi Jamg'armaning valyuta mablag’lari hisobiga to‘lanadigan yoi-ta’mirlash va qurilish texnikasi, asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar importi yuzasidan barcha kontraktlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatdan o'tkazilishi siiart.
Jamg'arma mablag'lari olib qo'yilmaydi yoki umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘Uarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bilan bog'liq bo‘lmagan ehtiyojlarga sarflanmaydi. Joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lar olib qo’yilmaydi va keyingi davrda maqsadli yo‘nalishiga muvofiq foydalaniladi.
Qisqacha xulosalar
Byudjetdan tashqari fondlar — umumdavlat moliyasining muhim bug‘ini bo‘lib, ulaming faoliyati qat’iy belgilangan, manbalami tashkil etish yoMlari ko‘rsatilgan, pul fondlari bilan foydalanish yo‘llarining taitibi aniqlab berilgan, davlat hukumatining yuqori oiganlarini tegishli aktlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi rnaxsus fondlardir.
Davlat Pensiya fondi — bu pensiya bilan ta’minlovchi davlat moliya boshqaruvining organidir. Pensiya fondi bilan davlat byudjetining farqli tomoni shundan iboratki, o‘z resurslarining hissasi balandligi va markazlashtirilgan manbalardan katta mablag' va dotatsiyalami rad etadi. Maxsus pensiya tulovlari ijtimoiy sug‘urta doirasida shaxsiy funksional vazifaga ega bo‘lib, tushumlar va mablag‘lar bilan qo'shilgan holda pensiya fondida to‘planadi.
Davlat bandlik fondi. Bozor iqisodiyoti sharoitida davlat har bir ishchi va xizmatchini ma’lumotiga qarab, malakasiga qarab ish bilan ta’minlab berishni o‘z kafolatiga olmaydi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotida va ijtimoiy hayotida nomutanosiblik boMmasligi uchun va har bir shaxsni mehnat qilishga haqliligi va erkin soha shakllanishiga huquqi borligini hisobga olib, maxsus moliyaviy muassasa yaratdi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Byudjet tashqari fondlar jamlangan byudjetning bir bug‘ini sifatidaligini tushintirib bering.

  2. Byudjetdan tashqari fondlar nima uchun tashkil qilinadi?

  3. Byudjetdan tashqari fondlaming qanday turlari mavjud?

  4. Byudjetdan tashqari fondlar mablag1 lari qanday xarajatlaiga sarflanadi?

  5. Byudjetdan tashqari fondlami shallantirish manbalarini ko‘isatib o‘ting.

  6. Bugingi kunda byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar me’yorlari manbalariga nimalar kiradi va ajratma foizlari qancha va nimalarga nisbatan belgilangan?

  7. Maktab ta’limi jamg‘armasi nima uchun tashkil etilgan?

  8. Maktab ta’limi jamg‘armasini shakllantirish manbalariga nimalar kiradi va qanday xarajatlarga sarflanadi?

  9. Davlat yo‘l fondining maqsadi nima va uning mablag'lari qanday shakllantiriladi?

’ 0. Davlat yo‘l fondi moliyaviy resurslaridan foydalanish yo'nalishlari.
Asosiy adabiyotlar ro’yxati

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish