3.4. Loyihalashda tadqiqot
Sketchbooklar loyihalashdagi tadqiqotning ajralmas qismidir. Agar sketchbuk ijodiy jarayondagi izlanishlar jamlanmasi boMsa, loyihaning yaratilishi, dizayner umumlashtirgandek, g‘oyalardan iboratligi unga xulosa qilib loyiha konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Tadqiqot bu g‘oyalarning takomillashuvidir. Amaliy izlanish jarayonida texnologiyalar ijodiy jarayonlar matolar va to‘plangan maMumotlar ko“rib chiqilib, bu g‘oyalaming rivojlantirilishigan ta’sir ko‘rsatadi. Loyihalashtirishda asosan estetik va amaliy jarayon g‘oyalar almashinuvida ahamiyatli boMib, dizaynerni boshqa yangi g‘oyalar sari undaydi, hamda baholash, takomillashtirish va tanqidiy mezonlar yakuniy ijodiy jarayoni tashkil etiladi.
Analoglar tahlili jarayoni g'oyalarnini mukammal tarzda ishlab chiqishda asos boMadi, sketchbookdagi qoralama tasvirlar izlanish jarayonining ilk poydevori hisoblanadi: foto sur’atlar, tajribalar, ma’lumotlar va taassurotlar shular jumlasidandir. Tadqiqot jarayoni idividual tarzda o‘tkazilganda, g‘oyalar ishlanmasi ham individual- likka ega. Ijodkor g‘oyalarni ilk uchqunini turli xildagi holatlardan va buyumlardan, ya’ni muzeyga borganda, baxtli marosimlarda va abstrak holatlarda olishi mumkin. Ijodiy jarayon ketma-ketligi skechbukgatushirlganda umumiy xulosani hosil qiladi. Agarda ijodiy manba mavzusi Qadimgi Misr boMganda, bunda ko'piab tarixiy manbalar, qoMyozma va adabiyotlar, muzey eksponatidagi liboslar to‘plami haqidagi ma’lumotlar bazasini to‘plash, o‘rganib chiqish, tahlil qilish zarur. Mavzuga oid filmlar ko‘rilib, undagi tarixi libos elementlarini kuzatish, natijada yillar davomida moda sanoatiga ta’sir etuvchi misr liboslari elementlarini tahlil etish, masalan, 1700 yil- larda Suriya va Misrda Napoleon hukmdorligidan Britaniya mus- tamlakasi davriga qadar boMgan vaqt oralig‘idagi misr liboslari elementlarining o'zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Yuqorida keltirilgan tavisyalar ijodiy jarayonda g‘oyani mukammal ishlab chiqarishga turtki hisoblanadi. Izlanishlar hayratlanarli, natija esa aksincha boMishi ham mumkin.
Hulosa qilib aytganda, loyihaning izlanish jarayoni muhim hisoblanib, unda g‘oyaning yakuniy natijagacha boMgan yoMni (yoki rivojlanishni) ko‘rsatadi va qoidaga asosan rasmlar, chizmalar, eskizlar, sxemalar, miniatyuralar, rejalar kostruksiyalar (xususan, to‘liq boMmagan yoki tajribali boMgan), turli usul va jarayonlarni izlash, aralash faktura va materiallar koMami, ko'rgazma va gale- reyalar tashrif buyurilib, undan olingan eskizlar va annotatsiya qilingan broshyuralar suratlari, rasmlar orqali o‘z aksini topgan ilk ma’lumotlar, rassomlar va modelerlaming mos ishlarining olingan nusxalarini o‘z ichiga oladi.
0‘zbekiston - dunyoda o‘zining yuksak madaniyati, ko‘hna tarixi va go’zal me’morchilik namunalari bilan nom taratgan davlatdir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san’at asarlarining namunalari boMib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining durdonalaridan boMgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san’ati kishilami badiiy, ahloqiy, umuminsoniy qarashlarini tarbiya- lab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi. 0‘tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. Ko‘pchilik maqbaralarda boy va xilma-xilligi bilan farq qiladigan geometrik naqshlardan, ko‘p hollarda shakl berilgan gMshtlardan, loydan yasab naqsh oyilgan, so‘ng pechda pishirilgan terrakota plitalardan foydalanilgan. Binoiarning tashqi qismiga esa quyma ganch ishlari bajariJgan. Mavoraunnaxrda ganchkorlik san’ati, ayniqsa, ravnaq topgan, me’morchilikning asosiy bezagi darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, maqbaralaming peshtoqlari devor va ravoqlar ganch- naqshlar bilan juda nafis bezatilgan. Naqshlar murakkablashib bordi. Ularning yangi nushalarida ramziari, timsoliy tasvirlar, va hattotlik sanati namunalari naqadar moMligini ko‘ramiz. Har bir chizilgan naqshda o‘ziga hos ma’no boMgan. 0‘simliksimon “islimiy” naqsh boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa to‘kinchilik va bahor chogMda uyg‘onishni bildiradi. Ozbekiston territoriyasida arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, naqshlar ichida geometrik naqsh ko‘p ishlatilgan. Girihlar (Xandasiy naqsh) - forscha, chigal, tugun degan ma’noni beradi. Girihlar - to‘rtburchak, uchburchak va boshqa elementlardan tashkil topgan geometrik murakkab naqsh turi. Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mazmunga ega. Turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi. Bu go‘zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonjdan
yaratilgan bo'lib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, me’inorchilik hamda tasviriy san’at rivoji bilan bog‘langan holda takomillashib bordi.
Ayollar liboslar to‘plamini yaratishda ijodiy manbaa sifatida milliy me’morchilikdagi naqqoshlik elementlaridan lavhalar namuna qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |