Ill bobga oid nazorat savollari: Sketchbook nima uchun qo‘IIaniladi?
Sketchbook o‘zida nimani mujassam etadi?
Sketchbook yuritishda nimalarni hisobga olish zarur?
Sketchbookni rasmiylashtirish bosqichlari.
VI BOB. MATO VA MATERIALLARNITASVIRLASH
Odam qomatini chizish va gavda turish holatini yaratish asos- larini egallagandan so‘ng, keyingi bosqich bu libos chizishni o‘r- ganish. Bu mato va materiallaming assortimentini o‘ziga xos xu- susiyatlarini va tasvirlash vositalarini o‘rganish imkoniyatini beradi. Modellar yaratishda barcha foydalanadigan mato va materiallar ko‘z o‘ngida bo‘lishi kerak.
Ishning birinchi bosqichi kerakli turdagi matoni tanlashdir. Mato tanlashda o‘z didingizdan kelib chiqishingiz lozim. Barcha kerakli ishqurollaribilan ishlangan, ish mazmuni unumli bo‘ladi.