X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Dengizlari va orollari .
 
Atlantika okeanining xarakterli xususiyatlaridan 
biri uning shimoliy va janubiy qismlarining akvatorial tuzilishi va regional 
strukturasi, qirg’oqlarining parchalanganligida juda katta farq bor. Shuning uchun 
okeanshunos olimlar (A.Sirgoffer) uni Shimoliy va Janubiy Atlantikaga bo’lishib, 
ular o’rtasidagi chegarani ekvatordan o’tkazadi.

Shimoliy Atlantika shu bilan 
xarakterlanadiki, uni o’rab turgan materik qirg’oqlari kuchli parchalangan, qirg’oq 
chiziqlari quruqlik ichki qismigacha kirib boradi. Natijada ko’plab dengizlar
qo’ltiqlar va bo’g’izlar hosil bo’lgan. Yevropa qirg’oqlari atrofida joylashgan 
Shimoliy dengiz, Boltiq, Irlandiya, O’rta, Pirrey

Adriatika, Ioniya, Levant, Egay, 
Marmar, Qora va Azov dengizlari, Biskay qo’ltiqlari, Daniya va La-Mansh 
bo’g’izlari Shimoliy Atlantikaning katta akvatoriyasini tashkil etadi. Amerika qit’asi 
qirg’oqlari yaqinida Karib, Sargasso, Baffin va Labrador dengizlari, Meksika, 
Gudzon, va Avliyo Lavrentiy qo’ltiqlari hamda Gudzon va Devis bo’g’izlari 
joylashgan
.
Janubiy Atlantika qirg’oqlarida Shimoliy Atlantikaga nisbatan dengiz va 
qo’ltiqlar juda kam uchraydi. Bunga sabab qirg’oq chiziqlarining kam 
parchalanganligi va tekis shaklga ega. Afrika qirg’oqlarida yagona Gvineya qo’ltig’i 
mavjud. Atlatika okeanining eng janubiy qismida, Antarktida sohillarida Uedell,
 
Lazarev va Riser-Larsen dengizlari bor. Umuman yuqoridagi dengizlarning umumiy 
maydoni 10 mln. km
2
atrofida bo’lib, Atlantika okeani akvatoriyasining 11% ini 
tashkil etadi. 
Atlantika okeanida arxipelaglar va orollar keng tarqalgan. Ularning umumiy 
maydoni 1 mln. km
2
ga yaqin, lekin okeanning ochiq qismi orollarga juda 
kambag’al. Atlantikaning arxipelaglar va orollari materik yaqinlarida joylashgan. 
Ular kelib chiqishiga ko’ra materik orollari hisoblanadi. Kanada-Arktika arxipelagi, 
Buyuk Britaniya, Folklend (Malvin), Islandiya va Irlandiya orollari shular 
jumlasidandir. Markaziy Amerika qirg’oqlari yaqinida Katta va Kichik Antil 
orollari, Bagam orollari joylashgan. Janubiy Amerikaning eng janubiy sohillariga 
yaqin joylarda mayda orollardan tarkib topgan Janubiy Georgiya, Janubiy Orkney, 
Janubiy Sandvich va Janubiy Shetland arxipelaglari bor. O’rta dengiz havzasi ham 
orollarga boy. Ochiq okean akvatoriyasida Bermud, Yan-Maen, Azor, Madeyra, 
Yashil burun, Asenshen, San-Paulu, Vozneseniya, Avliyo Yelena, Tristan-da-
Kunya, Gof, Buve kabi mayda-mayda vulkanik orollar guruhi uchraydi (Ilova, 19-
rasm). 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish