X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari
.
Dunyo okeani 
boyliklarining keng ko’lamda o’zlashtirilishi, suvda neft va neft mahsulotlarining 
tashilishi, qirg’oqlarda va qirg’oqbo’yi zonalarida ko’plab sanoat korxonalarining 
qurilishi okean va dengizlarning tabiatiga inson xo’jalik faoliyatining salbiy ta’sir 
ko’rsatishi muqarrardir. Ular kam miqyosda bo’lsa, Dunyo okeani o’zini o’zi 
himoya qilish va buzilgan tabiiy muvozanatni tiklash qobiliyatiga ega. Ammo 
hozirgi fan-texnikaning eng rivoj topgan bir davrda Dunyo okeani tabiatiga bo’lgan 
ta’sir kuchayib, turli xil salbiy oqibatlar vujudga kelmoqda. Shuning uchun Dunyo 
okeani va uning materiklarga yaqin joylashgan dengizlari ilmiy asoslangan 
himoyaga muhtoj. 
Dunyo okeanining ekologik sharoiti tabiiy va antropogen omillar ta’sirida 
o’zgarib bormoqda. Okean va dengiz suvlarining tabiiy omil ta’sirida ifloslanishi 
qirg’oqlarning o’pirilishi, kuchli to’lqinlar natijasida qirg’oqlarning yuvilishi, 
zilzilalar va sunami kabi tabiiy ofatlar bilan bog’liq. Okean suvlarining antropogen 
omil ta’sirida ifloslanishi inson xo’jalik faoliyati tufayli yuzaga keladi. Tabiiy va 
antropogen omillar integrallashgan holda Dunyo okeani suvlarini ifloslantirib va 
ekologik sharoitini buzib juda katta miqdorda moddiy zarar yetkazadi. Yuzaga 
kelgan salbiy ekologik oibatlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish va okean 
akvatoriyasining ekologik holatini optimallashtirish uchun juda katta mablag’ talab 
etadi.
Dunyo okeani va dengizlarining ifloslanishida neft va neft mahsulotlari alohida 
o’rin tutadi. A.M.Ryabchikov va boshqalarning ma’lumotiga qaraganda okeanga har 


355 
yili 15 mln. t. neft to’kiladi. Neft mahsulotlari suv yuzasida erimagan holatda bo’lib, 
ularning har bir tonnasi dengizning 12 km
2
maydonini qoplab oladi. Neft tarkibidagi 
og’ir metallar, oltingugurt, parafin va boshqa moddalar suv ostiga cho’kib, suvda 
erigan katta miqdordagi kislorodni yutadi. Bunday holat okean florasiga va 
faunasiga katta zarar yetkazadi. Akvatoriyada hosil bo’lga neft pardasi gidrosfera 
bilan atmosfera o’rtasida gaz almashinishini, suvning yuqori qatlamiga 
yorug’likning o’tishini qiyinlashtiradi. Natijada okeanda biologik mahsuldorlik 
kamayadi.
Okean suvlarini neft bilan ifloslantiruvchi bir necha manbalar mavjud. Bular 
shel’flarda neft quduqlarini parmalash va ekspluatisiya qilish, neft va neft 
mahsulotlarini tankerlarda tashish va ularning to’qnashishi, neft sisternalarini yuvib 
iflos suvni okeanga tashlash kabilardir. Masalan, neft mahsulotlarini ortish va 
tushirish jarayonida okeanga yiliga 200 ming. t. neft to’kiladi, neft sisternalarini 
yuvish natijasida Dunyo okeaniga taxminan 1 mln. t. neft va neft mahsulotlari 
tushadi. Faqat O’rta dengizning o’ziga yiliga 300 ming. t. neft to’kiladi. Shuning 
uchun ko’p mamlakatlarda bunday suvlarni dengizga quyishni man etuvchi Xalqaro 
konvensiya qabul qilingan. 
Okean suvining ifloslanishi Shimoliy Atlantikada ancha yuqori. Ayniqsa 
Irlandiya, Shimoliy, Tirren, Sargasso dengizlarida, Meksika va Biskay qo’ltiqlarida 
neft mahsulotlarining kontsentrasiyasi juda katta va tuxsat etilgan me’yordan o’nlab 
marta ziyod. Bundan tashqari okean va dengizlarga daryo suvlari, yomg’ir va qorlar 
katta miqdorda simob, kobalt, margumush va boshqa zaharli moddalar olib keladi. 
Ular o’simlik va hayvon organizmlarida to’planib, organik hayotga salbiy ta’sir 
etadi. Irlandiya, Portugaliya va Yaponiya qirg’oqlari yaqinidagi suvlar tarkibida 
simob, AQSH qirg’oqlari yaqinida kobalt va fosfor, Shimoliy dengiz va O’rta 
dengizda mis, margimush, rux kabi elementlarning ko’p to’planganligi aniqlangan. 
Dunyo okeanining organik hayoti o’z o’zini tiklash va rivojlanish qobiliyatiga 
ega. Lekin hayvonlarni maqsadga muvofiq ravishda ov qilinmasligi ularning 
zahirasining, hatto turlarining kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 
Komandor orollari yaqinida keng tarqalgan dengiz sigirlari ko’plab ovlanishi 
natijasida XVIII asrning oxirlariga kelib butunlay qirilib ketdi. Dengiz mushuklari 
yo’qolib ketish arafasida, kitlarning soni juda kamayib bormoqda. Sanoat 
ahamiyatiga ega bo’lgan losossimon baliqlar, okean seldlarining mahsuldorligi 
ancha kamaygan. Dunyo okeani tabiatini muhofaza qilish va ekologik sharoitini 
optimallashtirish xalqaro miqyosdagi dolzarb muammodir. Bunday muammoni 
bartaraf etish faqat ilmiy jihatdan asoslanagan tadbir-choralarni ishlab chiqish, 
sanoat korxonalarini zamonaviy texnikalar bilan jihozlash, ekologik jihatdan toza 
ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va boshqa amaliy ishlarga katta mablag’ sarf qilish 
yo’li bilan amalga oshirish mumkin. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish