X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Dunyo okeanining biogeografik oblastlari



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Dunyo okeanining biogeografik oblastlari
.
Okean suvining yuza qatlamida 
va dengiz ostining qirg’oqbo’yi qismida yashaydigan organik dunyo o’zining 
floristik va faunistik tarkibiga ko’ra bir qator biogeografik oblastlarni vujudga 
keltiradi. Suv yuzasida hayot sharoitining almashinishida orografik to’siq va keskin 


350 
chegara yo’qligi tufayli Dunyo okeanida ajratilgan biogeografik oblastlar miqyos 
jihatidan muayyan tabiiy geografik zonalarga yoki zonalar guruhiga to’g’ri keladi. 
Okeandagi biogeografik oblastlar nihoyatda yirik akvatorial birliklar bo’lib, 
materiklarda ajratiladigan tabiiy geografik oblast tushunchasidan bir muncha farq 
qiladi.
Dunyo okeanida A.G.Voronov (1963) tomonidan quyidagi biogeografik 
oblastlar ajratilgan: Arktika, Shimoliy Atlantika, Shimoliy Tinch okean, Tropik-
Atlantika, Tropik-Hind-Tinch okean va Antarktika. Ayrim hollarda Antarktika 
oblasti doirasida Notal-Antarktika kichik oblasti ham ajratiladi. Har qaysi 
biogeografik oblast litoral (qirg’oqbo’yi) va pelagial kichik oblastlarga bo’linali.
Arktika oblasti haroratining yil davomida pastligi, muz bilan qoplanganligi, suv 
sho’rligining nisbatan kamligi, flora va fauna tarkibining kambag’alligi va 
organizmlarning kam mahsuldorligi bilan xarakterlanadi. Faqat yoz faslida 
fitoplankton, zooplankton va boshqa hayvonlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit 
vujudga keladi. Arktika oblastida 3000 turga yaqin tirik organizmlar yashaydi. 
Shundan 150 turi baliqlar va 17 turi sut emizuvchilardir. Baliqlardan lasossimonlar, 
koryushkasimonlar, treskasimonlar va kambalasimonlar ko’p tarqalgan. Sut 
emizuvchilardan kitlarning ayrim turlari, Grenlandiya tyuleni, morjlar va oq ayiqlar 
uchraydi. Oblastning markaziy qismi yil bo’yi muz bilan qoplangan.
Shimoliy Atlantika va Shimoliy Tinch okean oblastlari Dunyo okeanining 
subarktika va mo’tadil zonalarida joylashgan. Ular boreal oblastlari deb ham ataladi. 
Bu oblastlarda Arktika oblastiga nisbatan suv haroratining yuqoriroq bo’lishi 
o’simlik va hayvonot olamining yaxshi rivojlanishiga va ularning turlarga boy 
bo’lishiga imkon yaratgan. Boreal oblastlar biomassaga nihoyat darajada boy bo’lib, 
Dunyo okeani oblastlari ichida biomassa miqdori jihatidan birinchi o’rinda turadi. 
Asosiy baliq ovlanadigan rayonlar ham shu oblastlarda joylashgan.
Shimoliy 
Atlantika 
oblastida 
baliqlardan 
treska, 
piksha, 
sayda, 
kambalasimonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Qisqichbaqasimonlardan langustalar, 
omarlar, krevetkalar ko’p, sut emizuvchilardan tyulenlar yashaydi. Shimoliy Tinch 
okean oblastida lasossimon baliqlar Uzoq Sharq sardinasi, umurtqasizlardan 
Kamchatka krabi ko’p ovlanadi. Sut emizuvchilardan dengiz mushugi, kalan, sivuch 
va kitsimonlar xarakterli.
Tropik-Atlantika va Tropik-Hind-Tinch okean oblastlari ekvatorial, 
subekvatorial va tropik zonalarda joylashgan. Ular tabiiy sharoiti jihatidan bir-biriga 
o’xshash, suv yuzasi Arktika va Antarktika oblastlariga nisbatan yorug’likni ko’p 
oladi, harorat yil bo’yi yuqori bo’lib, +20

S dan pastga tushmaydi. Bu yerda organik 
hayotning zichligi boreial oblastlariga nisbatan past, lekin faunasining tur tarkibi 
xilma-xil. Tropik-Atlantika oblasti faunaga boyligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadi. 
Tropik oblastlarning pelagial zonasida akulalar, tuneslar, tutashjag’lilar, laqqa 
baliqlar, uchar baliqlar, dengiz toshbaqalari, bental zonasida marjon riflari, kraplar, 
langustalar, qorinoyoqli va ikki tabaqali molyuskalar, sohillarida mangra 
chakalakzorlari ko’p uchraydi. Tropik-Hind-Tinch okean oblastining faunasi xilma-
xil, qadimiy turlarga boy, endemiklar ko’p, hayvonlarning sof tropik turlari keng 
tarqalgan. Sut emizuvchilardan kichik kashalotlar, del’finlar, dyugonlar xarakterli. 


351 
Har ikkala oblastda o’ziga xos litoral biosenozlarni vujudga keltirgan marjon 
koloniyalari yaxshi rivojlangan.
Antarktika oblasti tabiiy sharoiti jihatidan Arktika oblastiga o’xshash bo’lib, 
suvining harorati doimo past, muzlik rejim uzoq davom etadi va h.k. Uning janubiy 
qismi Sirkum qutbiy kichik oblastiga, shimoliy qismi Notal – Antarktika kichik 
oblastiga qaraydi. Antarktika suvlaridan dengiz olabug’asi, kit, kasholot, kasatkalar 
ovlanadi. Baliqlar va sut emizuvchilar keng tarqalgan qisqichbaqasimon krillar bilan 
oziqlanadi. Antarktika uchun pingvinlarning bir necha turlari xarakterli. Qirg’oqqa 
yaqin joylarda dengiz mushugi, dengiz fili, dengiz qoploni, tyulenlar yashaydi. 
Janub kiti, kichik kit, kurak oyoqlilarning ayrim turlari endemik hisoblanadi.
Dunyo okeanida o’simliklarning geografik tarqalishi ham biogeografik 
oblastlarning tabiiy sharoiti bilan chambarchas bog’liq. Tropik oblastlarda Sargasso 
va turli xil ohakli suv o’tlari rivoj topgan, Shimoliy Tinch okean oblastining 
Shimoliy qismida va Antarktika oblastining Notal-Antarktika kichik oblastida 
diatom suv o’tlari, Shimoliy Tinch okean va Antartika oblastlarida laminariy suv 
o’tlari keng tarqalgan.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish