356
2.
Dunyo okeani tushunchasi va dunyo okeani to’g’risida ma’lumot
bering?
3.
Okean suvining sho’rligi, suv balansi va harorati qanday o’zgaradi?
4.
Dunyo okeanida hayotning rivojlanishi,
geografik tarqalishi qanday
omillarga bog’liq?
5.
Dunyo okeanining biogeografik oblastlariga tavsif bering?
6.
Okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari nimalarda o’z
aksini topadi?
7.2.
TINCH OKEANI
Umumiy ma’lumotlar:
Okeanning dengizlar bilan maydoni
– 180 000 000 km
2
Okean suv hajmi –
710 400 000 km
3
O’rtacha chuqurligi –
3 960 m
Maksimal chuqurligi
- Mariana cho’kmasi, 11 022 m
Dengizlar soni
– 26 ta
Eng yuqori suv ko’tarilishi
– Penjin qo’ltig’i, 13,2 m
Eng katta qo’ltiq
– Alyaska, 384 000 km
2
Tayanch so’z va iboralar:
f
ord,
abrazion, akkumulyativ qirg’oqlar
,
Shel’f
muzliklari
,
“Vityaz
” va “
Tinch okean
” ilmiy asar,
dengiz oqimlari dinamikasi, suv
osti rel’efi
,
suv osti botiqlari, chuqur cho’kmalar, platolar
,
marjon riflari
,
geosinklinal mintaqa
,
cho’kindi jinslar
,
terrigen yotqiziqlar, gil cho’kindilar
,
ohak
jinslar
,
musson shamollari
,
tayfunlar
, dovullar,
dengiz to’lqinlari
,
biologik resurslar.
Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari
.
Dunyo
okeanining regional
differensiasiyalanishida Tinch okeani alohida o’rin tutadi. U maydoni va vujudga
kelishi jihatdan okeanlar o’rtasida eng kattasi va eng qadimiysi hisoblanadi. Tinch
okeani maydoni 178,7 mln km
2
bo’lib, Dunyo okeanining 50% va Yer yuzining 29%
maydonini egallagan. Umumiy suv hajmi 710 mln. km
3
ga teng. Bu okean kattaligi
nuqtai nazaridan
Buyuk yoki Ulug’ okean
deb ataladi. Buyuk okean
degan nomni
1752 yilda frantsuz geografi J.N.Byuash bergan. Tinch okean g’arbdan Yevrosiyo
va Avstarliya materiklari bilan, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari
bilan o’ralgan, janubda Antarktida bilan chegaralangan. Shimolda Chukotka va
Alyaska yarim orollarini bir-biridan ajratib turgan Bering bo’g’izi orqali Shimoliy
Muz okean bilan tutashib turadi. Okean shimoldan janubga tomon qariyb 16 000 km
va g’arbdan sharqqa 20 000 km masofaga cho’zilgan.
Eng keng joyi ekvator
kengligiga to’g’ri keladi - shu sababli u eng issiq okean ham hisoblanadi (Ilova, 18-
rasm).
Okeanning qirg’oq chiziqlarining tuzilishi hamma tomonida bir xil emas. Ular
o’zining tuzilishiga ko’ra asimmetrik xarakterga ega. Shimoliy va Janubiy Amerika
materiklarining g’arbiy sohillari ko’p parchalanmaganligi tufayli okeanning sharqiy
qirg’oq chiziqlari ancha tekis. Faqat Alyaska va Kaliforniya yarim orollari atrofida
hamda Janubiy Amerikaning eng janubiy sohillarida qirg’oq chiziqlari birmuncha
murakkablashgan. G’arbiy qirg’oq chiziqlari aksincha juda murakkab tuzilgan.
357
Chunki, Yevrosiyo materigining sharqiy sohillari kuchli parchalangan. Aksariyat
hollarda fordli va abrazion, qisman-akkumulyativ qirg’oqlar
uchraydi, tropik
mintaqada esa marjonli qirg’oqlar ham bor. Okeanning janubiy qirg’oq chiziqlari
shel’f muzliklari bilan qoplangan.
Do'stlaringiz bilan baham: