X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
maydonda 10 kkal. dan
 
qo’yi geografik kengliklarda 80 kkal. gacha 
o’zgaradi (Ilova, 16-rasm). 
Qishda Yevrosiyo materigining kuchli sovub ketishi munosabati bilan 
Mongoliya ustida barqaror yuqori atmosfera bosimi markazi - Osiyo antisikloni 
shakllanadi. Uning bir tarmog’i shimoli sharq tomon yo’nalib Sharqiy Sibir
 
antisiklonini 
 
vujudga keltiradi. Osiyo antisiklonining katta
 
tarmog’i g’arb tomon 
yo’nalib, Qozog’istonning markaziy, Rossiya tekisligining janubiy, Dunaybo’yi 
pastekisligining o’rta polosasi bo’ylab, Fransiyaning janubiy qismigacha boradi. 
G’arbda esa, Azor maksimumining bir
 
tarmog’i Yevropaning janubiy va markaziy 
rayonlariga ta’sir etib Osiyo antisikloni bilan tutashadi va materikning yuqori 
bosimli katta o’qini (Voeykov o’qi) hosil qiladi. Osiyo antisiklonining boshqa 
tarmoqlari Eron va Sharqiy Xitoygacha ham yetib boradi. Yoz oylarida isigan 
materik ustida past atmosfera bosimi vujudga keladi. Uning asosiy markazi O’rta 
Osiyodan janubda Eron va
 
Hindiston yarim orolining shimoli-g’arbiy qismi 
hisoblanadi. Yozda havo massasining sirkulyasiyasi va atmosfera harakat 
markazlarining materikka nisbatan joylashishi ham kuchli o’zgaradi. Qishki Osiyo 
antisikloni yemirilib, uning o’rnini yozgi past atmosfera bosimi egallaydi. Azor 
maksimumi ham kuchsizlanib, O’rta dengiz va Old Osiyo o’lkalarida qurg’oqchil va 
issiq havo bilan almashinadi. 
Janubiy Xitoyda, Hindiston va Hindixitoy yarim orollarida hamda Malay 
arxipelagida yozgi subekvatorial mussonlarning namoyon bo’lishi bu hududlarga 
juda ko’p namlik olib keladi. Ayniqsa tog’ tizmalarining okeandan keladigan nam 
havo massalariga ro’para turgan yon bag’irlariga juda katta miqdorda yog’in tushadi. 
Binobarin, materikning Yevropa qismida yozgi haroratning ko’tarilishi bilan 
siklonlar faoliyati kuchsizlanadi, quyoshli issiq kunlar boshlanadi, Osiyoning ichki 
qismlarida va Arabiston yarim orolida jazirama issiqlar uzoq davom etadi. Namlik 
Yevrosiyoning shimoliy qismida odatdagiday mo’tadil bo’ladi, O’rta dengiz 
atrofidagi o’lkalarda kamroq, Arabiston, O’rta va Markaziy Osiyo polosasi bo’ylab, 
to Gobi cho’llarigacha nihoyatda kam bo’ladi. Janubiy va Sharqiy Osiyoda musson 
yomg’irlari juda ko’p yog’adi. 
Yevrosiyoda harorat rejimi juda xilma-xil bo’lib, shimoldan janubga va 
g’arbdan sharqqa tomon o’zgarib boradi. Materikning Yevropa qismida termik rejim 
asosan quyosh issiqligining zonal taqsimlanish qonuniyatiga to’g’ri keladi. Yoz 
oylarida iyulning o’rtacha harorati Fenoskandiyaning shimoliy qismida +10°S 
bo’lsa, Markaziy Yevropada +18°S, Fransiyaning janubida +20°S va Dunay 
tekisliklarida +22°S bo’ladi. Yevropaning eng issiq joylari O’rta dengiz atrofi va 
Rossiya tekisligining janubi-sharqiy qismi hisoblanadi. O’rta dengiz regionidagi 
yarim orollarning shimolida iyulning o’rtacha harorati +23°S dan janubida +26°S, 
Kaspiybo’yi pastekisligida +27°S ga yetadi. Tog’oralig’i botiqlarida esa +28°S ga 
ko’tariladi. Yeropaning qish oylarini termik rejimi sharoiti bevosita Atlantika 


218 
okeanidan va O’rta dengizdan keladigan iliq havo oqimiga bog’liq. Shuning uchun 
G’arbiy Yevropaning aksariyat qismida yanvarning o’rtacha harorati musbat 
bo’ladi. Bu yerda 0°S li izoterma 70° sh.k gacha ko’tariladi. U Skandinaviya yarim 
orolining g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab janubga meridional ravishda yo’nalib, Al’p 
tog’larining g’arbiy etaklarigacha keladi. Fransiyaning Atlantikabo’yi tekisliklarida 
va Britaniya orollarida yanvarning o’rtacha harorati +7°S. Sharqqa tomon harorat 
pasayib, Reyn vodiysida 0°S ni, Polshaning sharqiy qismida -3°S ni tashkil qiladi. 
Bu ko’rsatkichlar Kola yarim orolida -8°-10°S gacha va Sharqiy Yevropa 
tekisligining sharqiy qismida -16°-20°S gacha pasayadi. Eng yuqori qishki 
haroratlar Yevropaning O’rta dengiz hududlari uchun xarakterli. Yanvarning 
o’rtacha harorati janubiy yarim orollarning shimolida 0°S dan janubida +10°+12°S 
gacha ko’tariladi. 
Evropaning katta hududi atmosfera yog’inlari bilan yaxshi ta’minlangan. Lekin 
yillik yog’in miqdori, taqsimlanishi va namlanish xarakteri ko’proq rel’efga bog’liq. 
O’rta Yevropa tekisligida o’rtacha 550-750 mm, Markaziy massivda 1000-1500 mm 
yog’in tushadi. Al’p, Pireney va Karpat tog’ tizmalarida namlik miqdori bir muncha 
ko’payib, ularning g’arbiy yon bag’irlarida 2000 mm dan ham oshagan holda, 
mumkin bo’lgan bug’lanish miqdori esa atigi 600-700 mm ni tashkil etadi. 
Yevropaning sharqiy va janubi-sharqiy qismlariga borgan sari yillik yog’in miqdori 
kamayib boradi. O’rta Dunay tekisligida 500 mm, Qo’yi Dunay tekisligida 300 mm 
va 
Kaspiybo’yi
pastekisligida 200 mm atrofida yog’in yog’adi va mumkin bo’lgan 
bug’lanish miqdori esa 800 mm dan 900 mm gacha ko’payadi. Shuning uchun bu 
tekisliklarda atmosferada namlanish yetarli darajada emas. Yevropaning janubiy 
qismida maksimal yog’in qish mavsumiga tug’ri keladi, yoz oylari quruq bo’ladi. 
Pireney yarim orolining shimoli-sharqida, Shimoliy va Janubiy Apenninda 1500-
2000 mm yog’in yog’adi, Minor yassi tog’ligining g’arbiy qismida 5000 mm dan 
oshadi. Al’p tog’larining janubi-sharqiy yon bag’irlari genuya siklonlari ta’sirida 
bo’lganligi tufayli yillik yog’in miqdori 4000 mm dan kam bo’lmaydi. O’rta dengiz 
orollarida atmosfera yog’inlari 500-350 mm ga kamayadi. 
Materik Osiyo qismining iqlimi Yevropa iqlimidan nihoyatda xilma-xilligi 
bilan farq qiladi. Bunga sabab Osiyo hududining arktika kengliklaridan ekvatorial 
kengliklargacha cho’zilganligi, maydonining kattaligi, tog’ rel’efining keng 
tarqalganligi va boshqalar. Osiyo iqlimining shakllanishida okeanlarga nisbatan 
quruqlikning ta’siri juda katta. Hududining kattaligi, yaxlitligi, balandligi, tog’-botiq 
rel’efi yoz va qish mavsumlarida kontinental havo massalarining shakllanishiga 
sharoit yaratadi. Osiyoda dengiz iqlimiga nisbatan ko’proq kontinental iqlim tiplari 
hukmronlik qiladi. Qishda manfiy radiasiya balansi G’arbiy Yevropada 70°sh.k. dan 
shimolroqda kuzatilsa, Osiyoning sharqida 35° sh.k. dan shimolda kuzatiladi. Bu 
regionda 0°S li izotermaning janub tomon siljishiga sabab Osiyo iqlimining 
shakllanishida Osiyo antisikloni (Mongoliya va Sibir maksimumi) ning ta’sir doirasi 
kattaligidadir. Yanvarning o’rtacha harorati Sibirda -50°S dan janubda ekvatorial 
yoni o’lkalarida +25°S gacha o’zgaradi. Osiyoning eng sovuq joylari Sibir o’lkalari, 
ayniqsa Sibirning shimoli-sharqiy rayonlari bo’lib, eng past harorat Verxoyansk va 
Oymyakonda kuzatilgan. Bu rayonlarda yanvarning o’rtacha harorati -50°S ga teng. 


219 
Mutloq minimal harorat -71°S Oymyakonda kuzatilgan. Shuning uchun bu joy 
shimoliy yarim sharning 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish