X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Aralash o‘rmonlar.
 
Sharqiy Atlantika sektorida tayga bilan keng bargli 
o‘rmonlar o‘rtasidagi oraliq zonadir. Shuning uchun ham bu yerdagi o‘rmonlar bir 
necha tur bargli va bir necha xil igna bargli daraxtlardan tashkil topgan. Zona 
sharqda Atlantika okean sohillaridan, g‘arbda Red-River daryosi vodiysigacha 
davom etib, Buyuk ko‘llar hududini, Avliyo Lavrentiy daryo vodiysini va Shimoliy 
Appalachini o‘z ichiga oladi. Iqlimi mo‘tadil nam dengiz iqlim xarakteriga ega. 
Yillik radiasiya balansi 30 kkal/sm
2
atrofida. Yog‘in miqdori 600-700 mm dan 
oshadi. Namlik bug’lanish miqdoriga nisbatan ko‘p. Zonada eman, buk, yong‘oq, 
tog‘terak, juka, shumtol, oq va qizil qarag‘ay, sariq qayin, shakar zarang, Amerika 
qayrag‘ochi va boshqalar o‘sadi. Bularning ko‘pchiligi Yevropadagi va Osiyodagi 
daraxt turlariga o‘xshaydi. 
Aralash o‘rmonlar ostida o‘rmon chimli podzol va o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlari 
tarqalgan. Ular tayganing podzol tuproqlariga qaraganda chirindiga boy. 
Tuproqlarning unumdorligi uchun katta maydondagi o‘rmonlar kesib yuborilgan va 
ularning o‘rniga boshqa madaniy daraxtlar eqilgan va agrolandshaftlar barpo etilgan. 
Appalachi tog‘larida uncha katta bo‘lmagan o‘rmon massivlari saqlanib qolgan. 
Hozirgi vaqtda aralash o‘rmonlar Appalachining shimolida balandlik mintaqa 


168 
tariqasida mavjud bo‘lib, ular zarang, juka, buk, qayin, yel, xemlok, balzam pixtasi, 
tog‘ veymut qarag‘ayidan tarkib topgan. 
Keng bargli o‘rmonlar.
 
Materikning sharqiy Atlantika sektori qismida
aralash o‘rmonlardan janubda joylashgan. Bu zona Atlantikabo‘yi tekisliklarini, 
Buyuk ko‘llardan janubdagi yerlarni va Markaziy tekisliklarning sharqiy, Missisipi 
daryosining chap qirg‘og‘idagi qismini o‘z ichiga oladi. Zonada yillik radiasiya 
balansi 40-50 kkal/sm
2
dan oshadi. Yillik yog‘in miqdori 1000-1500 mm gacha 
ko‘payadi, bug’lanish yog‘in miqdoriga yaqin. Quruqlik radiasiya indeksi qariyb 
birga teng. 
Keng bargli o‘rmonlar (Appalachi o‘rmonlari) daraxt turlariga va ularning 
qadimgi relikt shakllariga nihoyatda boy. Zonada emanlarning o’nlab turlari, buklar, 
jukalar, zaranglar, bargini tukuvchi magnoliya, lola laraxti, likvidambar, chinorlar 
o‘sadi. Ilgari Appalachi keng bargli o‘rmonlirida kashtanlar (shabalutlar) keng 
tarqalgan bo‘lib, ularning quyi qismi kashtan o‘rmon zonasi deb atalgan. Hozir 
kashtanlar juda ham kam qolgan va ular tashkil etilgan qo‘riqxonada saqlanadi. 
o‘rmonlarning pastki yarusida olma, olcha va noklar ko‘plab uchraydi. Keng bargli 
o‘rmonlar tagida o‘rmon qo’ng‘ir tuproqlari yaxshi rivojlangan. Ularning tarkibida 
3-7% chirindi bor. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish