X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Mo’tadil iqlim mintaqa.
Yevrosiyoning eng keng va katta hajmdagi qismi 
mo’tadil iqlim mintaqasida joylashgan. U g’arbda Atlantika okeani sohillaridan 
boshlanib, sharqda Tinch okean sohillarigacha davom etadi. Mintaqaning janubiy 
chegarasi Biskay qo’ltig’ini janubiy qirg’og’idan, Qora va Kaspiy dengizlarining 
o’rta qismidan, Koreya yarim orolining shimolidan va Xonsyu orolining o’rtasidan 
o’tadi. Mo’tadil mintaqada iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan 
keladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib topgan kontinental havo 
massasi va Tinch okeanidan keladigan musson havosi yetakchi rol o’ynaydi. 
Shuning uchun bu yerda mo’tadil iqlim mintaqasining dengiz, kontinental va 
musson iqlim variantlari hosil bo’ladi. Yevrosiyoning g’arbiy qismida Atlantika 
okeanidan keladigan havo massalarining ta’siri tufayli mo’tadil mintaqaning qishi 
yumshoq, yozi salqin bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati 0°S atrofida, iyulniki esa 
+15°+20°S ga teng. Yog’in yil davomida bo’lib turadi va uning o’rtacha yillik 
miqdori 1000 mm dan oshadi. Mumkin bo’lgan bug’lanish miqdori esa 800 mm ga 
yetmaydi. Shu sababli Yevropaning Atlantikabo’yi rayonlari uchun serob namlanish 
xarakterli. Quyoshli kunlar yozda ham kam, bulutli va yog’inli kunlar esa ko’p 
bo’ladi. Qishda qor kam yog’adi va tez erib ketadi. Iqlimning bunday xususiyatlari 
mo’tadil mintaqaning dengiz iqlim variantiga xosdir. 
Sharqqa borgan sari Atlantika okeanining ta’siri kamaya boradi, iqlimning 
kontinentalligi orta boradi. Sharqiy Yevropa tekisligida mo’tadil mintaqaning 
dengiz iqlimidan kontinental iqlimga o’tishdagi o’tkinchi iqlim varianti hukmronlik 
qiladi. Yoz oylari iliq, qish esa sovuq bo’ladi. Ural tog’lariga yaqin joylarda kattiq 
sovuqdar tez-tez takrorlanib turadi. Yanvarning o’rtacha harorati -8°S dan -20°S 


221 
gacha pasayadi. Qishda ayozli kunlar iliq kunlar bilan almashinib turadi. Yozda 
yog’inlar Sharqiy Yevropa tekisligining g’arbida ko’p bo’ladi. Ural tog’laridan 
sharqda mo’tadil mintaqaning iqlim sharoiti kontinental havo massalariga bog’liq. 
Yozda yer yuzasi qattiq isiydi, harorat +25°+30°S gacha ko’tariladi, qishda esa juda 
sovuydi va harorat -50°-60°S gacha pasayadi. Dengiz havo massalari bu yerlarga 
nam keltirmaydi, yog’in 200-300 mm atrofida tushadi. Qishda qor kam yog’adi va 
qattiq sovuq yer yuzasini ancha chuqurgacha muzlatadi. Bunday xususiyat mo’tadil 
mintaqaning keskin kontinental iqlim variantiga xosdir. 
Mo’tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohillarida, Katta Xingan 
tog’ tizmasidan sharqda, Shimoli-sharqiy Xitoyda, O’rta va Quyi Amurbo’yi 
tekisliklarida, Quyi Primoreda, Koreya yarim orolining shimolida, Xokkaydo 
orolida va Xonsyu orolining shimoliy qismida musson iqlim hukmronlik qiladi. 
Musson havo massalarining asosiy xususiyati shundan iboratki, ular fasllarga qarab 
almashinib turadi va mo’tadil mintaqaning musson iqlim variantini hosil qiladi. 
Yog’in asosan yoz oylarida bo’ladi, qishda esa aksincha kam tushadi. Musson iqlim 
faqat mo’tadil iqlim mintaqasida emas, balki subtropik va tropik iqlim mintaqalarida 
ham mavjud. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish