X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va


GIPOKSIYANING ZO ‘RIQISHDAN YUZ BERADIGAN TURI



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

GIPOKSIYANING ZO ‘RIQISHDAN YUZ BERADIGAN TURI
Gipoksiyaning bu turi to'qima kislorod bilan yetarli yoki ortiq 
darajada ta’minlanganda hosil bo'ladi. Ammo, a’zoning ko'proq 
ishlashi va kislorodga bo'lgan talabning sezilarli oshishi, talabga 
mos kelmagan kislorod ta’minotiga olib keladi va haqiqiy kislorod 
yetishmovchiligiga xos bo'lgan metabolik o'zgarishlarni yuzaga 
keltiradi. Bunga sport mashqlarida ortiqcha harakat qilish, tez ba- 
jarilgan og'ir jismoniy mehnat misol bo'ladi.
GIPOKSIYANING SUBSTRATGA BOG‘LIQ TURI
Bu gipoksiya biologik oksidlanishning normal kechishi uchun 
muhim bo'lgan modda (substrat)larning yetishmovchiligida 
kuzatiladi. Amalda bu gipoksiya aksariyat hollarda glukozaning 
taqchilligi bilan bog'liqdir. Ochlik, yog' kislotalarining yetish­
movchiligi ham gipoksiyaning shu turini keltirib chiqarishi mum­
kin.
ARALASH GIPOKSIYA
Gipoksiyaning bu turi bir vaqtning o'zida to'qimani kislorod 
bilan ta’minlaydigan bir necha sistema faoliyati buzilishi bilan ifoda­
lanadi. Misol uchun, o g 'ir jaro h a td a bir vaqtning o 'zid a 
aylanayotgan qonning hajmi kamayadi (sirkulator gipoksiya), 
nafas olish yuzaki va tez bo'lib qoladi (respirator gipoksiya), nati­
jada alveolada gaz almashinuvi buziladi. Agar jarohat tufayli qon 
yo'qotilsa unda gemik gipoksiya ham kuzatiladi.
171


GIPOKSIK HOLATLARNING OLD INI OLISH VA DAVOLASH
Gipoksiyani davolash bir qancha tadbirlarni o'z ichiga olib, 
gipoksiyaning turiga, bosqichiga va darajasiga hamda organizmning 
gipoksiyaga qarshi javob reaksiyasiga bog'liqdir. Birinchi navbatda 
kislorod yetishmovchiligiga olib keladigan asosiy sababni yo'q qilish 
zarur. To'qimada kislorod yutilish qobiliyati buzilmaganda kislorod 
yuborish asosiy mezon hisoblanadi. Bir qator kasalliklarda kislo­
rodni baland bosim ostida yuboriladi (giperbarik oksigenatsiya). Bu 
esa qonda va to'qimada fizik eritilgan kislorod zaxirasini tashkil etadi. 
Bu usul is gazi va barbituratlardan zaharlanganda, tug'ma yurak 
poroklarida hamda yurak operatsiyalarida, vaqtinchalik qon aylanishi 
va nafas olish to'xtatib qo'yilganda qo'llaniladi.
Kuchsiz gipoksiyada qon aylanish va nafas olish sistemalari 
tom onidan himoya reaksiyalarini oshirish maqsadida asab 
sistemasini rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega. Organizmning 
umumiy chidamliligini oshiradigan buyrak usti bezi po'stlog'i va 
gipofiz gormonlarining ishlatilishi patogenetik jihatdan isbotlangan. 
Gipoksiyada patologik o'zgarishlaming to'xtashiga, anaerob alma- 
shinuvdagi zaharli moddalarni zararsizlantirishga qaratilgan tad- 
birlar muhim ahamiyatga ega.
To'qima va hujayralardagi buzilishlarning oldini oladigan, 
gipoksiyaga qarshi ishlatiladigan dorilar ishlab chiqarishga katta 
ahamiyat berilmoqda. Nafas olish zanjiridagi elektronlami tashuvchi 
sun’iy dorilar (sitoxrom C, gidroxinon) ishlab chiqarilmoqda. 
Fosforlangan karbonsuvlarning tekshiruvi o'tkazilmoqda, ular 
anaerob yo'l bilan ATF hosil bo'lishiga sharoit tug'dirishi mumkin. 
Glikolizni kuchaytiruvchi va organizmni kislorodga bo'lgan talabini 
pasaytimvchi moddalami ishlatish ham maqsadga muvofiqdir.
Gipoksiyada chiniqtirish usuli organizm chidamliligini faqat 
shu ta’sirotga oshirib qolmasdan, balki boshqa ko'pgina noqulay 
omillarga, jumladan, jismoniy zo'riqishga, tashqi muhit harorati 
o'zgarishiga, infeksiyaga, zaharlanishga nisbatan ham oshiradi. 
Bir so'z bilan aytganda, gipoksiyaga chiniqtirish organizmni 
umumiy nospetsifik chidamliligini oshiradi.
172


ImmunTistemaning patologiyasi haqida fikr yuritilganda, gap 
birinchi navbatda allergiyaga oid ilmiy va amaliy, ayniqsa uning 
klinik ko'rinishlariga, turlari va nihoyat davolash masalalari, 
awalo immun sistemasining anatomik, morfologik tuzilmalari 
hamda fiziologik faoliyatiga doir masalalarga borib taqaladi. Ilmiy 
tibbiyotda allergiya ta’limoti XX asrda (1902-y.) Porte va Rishe- 
larning anafilaksiyaga oid izlanishlari (1906-y.) Pirkening aller­
giya tushunchasini tibbiyotga kiritishidan boshlangan deb hisob- 
laydilar. Aslida esa, tarixiy nuqtayi nazardan qaralsa, qadimiy 
yunon olimlari (Gippokrat va uning maktabi) bu haqda sodda 
bo'lsada; o'z fikr-mulohazalarini qo'lyozmalarda aks ettir- 
ganliklari ma’lum.
0 ‘rta asrda Ibn Sinoning bugungi kunda ham o‘z mavqeini 
yo‘qotmagan bronxial astma kasalligi haqidagi fikri va tasnifi bilan 
tanishib, hayratda qolish mumkin xolos. Angliyalik shifokorlar 
Jon Bostok va Charlz Bleyush (1873) pichan isitmasining klinik 
belgilari va uning kelib chiqishida gullar va o'tlar changining 
etiologik roli bo‘yicha tadqiqotlarida Ibn Sino bergan m a’lu- 
motlarini yuqori baholab e’tirof etganlar.

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish