X to‘xtaboyev kimyo 9



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/143
Sana11.03.2023
Hajmi3,01 Mb.
#918140
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143
Bog'liq
kimyo 9 uzb

Ishlatilishi. Òemir boshqa metallar orasida inson uchun eng 
katta ahamiyatga ega metalldir. Zamonaviy texnikaning barcha 
soha lari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog‘liq. 
Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari 
hisob lanadigan — po‘lat va cho‘yandan juda keng miqyosda 
foyda laniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular 
alohida — qora metallar deb boshqa metallardan ajratilgan. 
Po‘lat va cho‘yan bilan keyingi mavzuda tanishamiz.
FeSO
4
.
7h
2
O — temir (II)-sulfatning kristallgidrati (temir 
kuporosi) o‘simliklarning zararkunandalarga qarshi qishloq xo‘-
ja ligida ishlatiladi. Shuningdek, turli xildagi mineral bo‘yoqlar 
tayyorlashda xomashyo sifatida qo‘llaniladi.
Fe
2
(SO
4
)
3

9h
2
O — temir (III)-sulfat tuzini kristallgidrati 
suvni tozalashda muhim ahamiyatga ega.
FeCl
3
— temir (III)-xlorid tekstil sanoatida gazlama larni 
oqlash va bo‘yash uchun ishlatiladi.
biologik ahamiyati. Òemir biologik jihatdan eng muhim 
elementlardan biri hisoblanadi. Òirik tabiatda o‘simliklar, hay-
http:eduportal.uz


164
vonlar organizmlarida uchraydi, ko‘plab fermentlar tizimiga ki-
radi. Ba’zi oqsillar bilan birikmalari esa o‘ta katta ahamiyatga 
ega. Masalan, inson va hay vonlar organizmida qonning roli 
qan dayligi, uning funksiyalari bizga biologiya kursidan ma’lum. 
Qon ning kislorod tashiy olish qobiliyati undagi eritrotsit tana-
chalari bilan bog‘liq. Shu eritrotsitlarning asosini temir ioni 
va globin oqsili tashkil etadi: gemoglobinning bir molekulasida
to‘rtta Fe
2+ 
ioni bo‘ladi.
O‘simliklarda ro‘y beradigan va noorganik uglerodni organik 
uglerod birikmalariga aylantirish imkonini beradigan fotosintez 
jarayonida ham temirning roli katta.
O‘simliklarda temir yetishmovchiligidan xloroz kasalligi,
insonlar organizmida esa kamqonlik kasalligi vujudga keladi. 
Shuning uchun bunday holatlarning oldini olishda o‘simliklar 
parvarishi ratsionida mikroelement tarkibli o‘g‘itlar, inson orga-
nizmi ratsionida esa temir ko‘p bo‘ladigan olma, anor, behi, 
sabzavotlar, parrandalar tuxumi, hayvonlar jigari, tili, buyragi, 
talog‘i doimiy ravishda bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Òemir muskul to‘qimasida 0,018 %, ilikda (0,03–3,8) 

10
–2 
%, 
qonda 447 mg/l miqdorda bo‘ladi. har kuni ovqat bilan 6–40 
mg iste’mol qilinishi kerak. Zaharli miqdori 200 mg. O‘l di-
ruvchi miqdori 7–35 g. Inson organizmida (70 kg) o‘rtacha 4,2 g 
miqdorda bo‘ladi.
Temirning noorganik birikmalari bilan bir qatorda uning 
orga nik birikmalari ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, te-
mir ning tabiiy organik birikmasi gemoglobinning prototið shak-
li bo‘lgan, sintetik usul bilan olinadigan ferrotsen kimyo fani 
uchun butun bir yangi soha hisoblanib, keng tadqiqotchilar e’ti-
bo rini o‘ziga jalb qildi. Uning asosida hozirgi kunda amaliy 
aha miyatga ega bo‘lgan 100 dan or tiq kimyoviy birikmalar 
olingan.
Temirning ferrotsen birikmalari asosida o‘zbek olimlari 
A.G.Mah sumov, I.R.Asqarov, T.Y.Nasriddinov hamda ularning 
sho girdlari tomonidan sintez qilingan 10 dan ortiq biologik faol
moddalar temir yetishmasligi, kamqonlik kasalligini davolashda 
eng samarali dori sifatida tavsiya etilgan.
http:eduportal.uz


165

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish