YAKUNIY XULOSALAR
Miqdоriy аnаlizning kimyoviy metodlari turli-tuman moddalarning tarkibini
aniqlashga imkon beradi. Lekin kimyoviy metodlar ishlab chiqarishni nazorat
qilishning talablarini ba’zi hollarda qanoatlantirolmaydi. Masalan, tekshirilayotgan
moddalar tarkibidagi ba’zi bir qo’shimchalarni aniqlashda kimyoviy metodlarning
sezgirligi yetarli darajada bo’lmaydi. Bundan tashqari, gravimetrik aniqlashlar
ko’p vaqt talab qilsa, titrimetrik analizlarning qo’llanilishi ham chegarali
hisoblanadi. Shu sababli, hozirgi davrda analizning yangi, sezgirligi yuqori bo’lgan
va tez bajariladigan metodlarini yaratishga e’tibor berilmoqda. Bu jihatdan fizik-
kimyoviy va fizikaviy metodlar istiqbolli hisoblanadi.
Gravimetrik analizda cho’ktirish usuli muhim ahamiyatga ega. Bu
usul kimyoviy reaksiya natijasida elementni biror qiyin eruvchan aniq tarkibli
birikma tarzida cho’ktirib, hosil bo’lgan cho’kma massasini aniq tortishga
asoslangan.
Gravimetrik analiz asosida modda tarkibiga kiruvchi elementlar massalari
nisbatlari doimo bir xilligini ifodalovchi tarkibning doimiylik qonuni va reaksiyada
87
ishtirok etuvchi elementlar massalarining bir-biriga nisbati o’zgarmasligini
ifodalovchi ekvivalentlar qonuni yotadi.
Kimyoviy usullardan tashqari, fizik-
kimyoviy analiz usullari-elektrogravimetriya va termogravimetriya ham keng
qo’llaniladi. Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementli modda eritmasini
elektroliz qilish natijasida elektrod yuzasida ajralib chiqqan metalning massasini
tortishga asoslangan.
Gravimetrik analiz nisbatan aniq metod, lekin uning qo’llanilishi
chegaralangan, chunki amalda erimaydigan anorganik moddalarning soni ko’p
emas. Cho’ktiriluvchi sifatida organik moddalarning qo’llanila boshlanishi bu eski
metodning foydalanish ko’lamini ancha kengaytirdi.
Hajmiy analizning asosiy afzalligi aniqlashlarning tez bajarilishi, ya’ni
reaktivning aniq konsentratsiyali standart ishchi eritmasi yoki titrlangan eritmasi
bilan reaksiyaga sarflangan hajmi aniq o’lchanadi.
Titrimetrik metodning aniqligi gravimetrik metodning aniqlik darajasidan
kamroq bo’lishiga qaramay, uning aniqlik darajasi texnik maqsadlar, shuningdek,
ilmiy maqsadlar uchun yetarlidir.
Fan bo’yicha yechimini kutayotgan ilmiy muammolar.
Eslatma: yechimini kutayotgan ilmiy muammolar har bir mavzuda berilgan.
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati:
1. Аlеksеyеv V.N.. «Miqdоriy аnаliz». T., «O’qituvchi», 1975- yil.
2. Mirkоmilоvа M. «Аnаlitik kimyo». T., «O’zbеkistоn», 2002-yil.
3. Rasulov K.R. «Аnаlitik kimyo». T., G’.G’ulom nomidagi NMIU, 2004-yil.
4. Fаyzullаyеv О. «Аnаlitik kimyo». S., SаmDU nаshri, 2000-yil.
5. Barsukova Z.A. «Аналитическая химия». М., «Высшая школа», 1990.
6. Пиккеринг У.Ф. «Современная аналитическая химия». М., «Химия»,
1998.
7. Turobov N., Boboyev N. «Аnаlitik kimyo». Ma’ruzalar matni T.,
O’zbekiston Milliy universiteti,, 2000-yil.
Mundarija
So’z boshi 2
Fanning maqsad va vazifalari 3
Fan bo’yicha reyting ishlanmasi va baholash mezoni 4
Miqdоriy аnаlizning vаzifаsi vа mеtоdlаri. 6
1-mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari 14
Tоrtmа аnаlizning mоhiyati. Cho’kmаlаrgа qo’yilаdigаn tаlаblаr… 15
2-mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari 28
Hаjmiy аnаliz vа uning mеtоdlаri. Titrlаngаn eritmаlаr tаyyorlаsh. 29
3-mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari 36
Nеytrаllаsh mеtоdining mоhiyati………………………………………… 38
4-mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari 50
Оksidlаnish-qаytаrilish (rеdоksimеtriya) mеtоdlаri…………… 51
88
5-mavzu bo’yicha
mustaqil ish topshiriqlari 67
Laboratoriya mashg’ulotlari………………………………………….… 68
Miqdоriy аnаlizdа qo’llаnilаdigаn lаbоrаtоriya jihоzlаri vа
idishlаr……………………………………………………………………… .68
№1. Bаriy хlоrid kristаllоgidrаti tаrkibidаgi kristаllizаtsiоn suvni
аniqlаsh.……………………………………………………………………… 70
№2. Tuprоqning nаmlik dаrаjаsini aniqlаsh 73
№3. Xlorid kislotaning standartlashtirilgan ishchi eritmasini tayyorlash va u
yordamida eritmadagi ishqor miqdorini aniqlash……. 76
№5 Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini permanganatometriya metodi bilan
aniqlash. …………………………………………………… 80
Talabalar mustaqil ish topshiriqlari 82
Nazorat savollari 86
O’tilgan mavzular bo’yicha yakuniy xulosalar 93
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 94