lish, aqliy hujum.
ShakJ: Amaliy mashg‘ulot, savol-javob.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik tizimda baholash.
Dars jarayonini amalga
oshirish bosqichlari
Natija:
Tashkiliy qism:
10 daqiqa
Darsga hozirlik ko‘rish.
Uyga vazifani mustahkamlash.
Asosiy qism:
25 daqiqa
Aqliy hujum.
Mavzuni bayon qilish.
Amaliy ish.
Yakuniy qism:
10 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash.
0 ‘quvchilar bilimini baholash.
Uyga vazifa berish.
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
salomlashish;
davomatni aniqlash;
uy vazifasini tekshirish;
ish joyi, ish qurollari va materiallarini tayyorlash.
Asosiy qism: Aqliy hujum
0 ‘qituvchi darsning boshlanishida o‘quvchilarni qog‘o/,ni mttydrt
qirqish, quritilgan urug‘larni yelimlash orqali mozaika usuli haqidagi
bilim va tasavvurlarini savol-javob yordamida aniqlaydi:
- Mozaika usuli nima?
- Qog‘ozning mayda qirqimi, qurutilgan urug‘lari qanday yopish-
tiriladi?
- Qayerlarda mozaika usulida bajarilgan ishlami ko‘rgansiz?
- 0 ‘zbekistonda qanday gullar yetishtiriladi?
- Ulami tasvirlab bering?
- Ulaming shakli, rangi, hidi bir xilmi? va h. k.
Yangi mavzu bayoni:
Meva va sabzavotlar, poliz ekinlari urug‘lari, rangli ko‘zgu parcha-
lari, mayda qog'oz bo‘laklaridan ajoyib mozaika asarlari yaratilishi,
ulardan sovg‘a sifatida foydalanish, bu ish bo‘sh vaqtlar uchun yaxshi
mashg‘ulot bo‘lishi haqida tushuncha berish.
Poliz ekinlarining urug‘laridan foydalanib, mozaika usulida gullar
shaklini yasash mumkinligi tushuntiriladi.
Tabiatda har bir gul o‘z shakliga, o‘z hidiga, o‘z rangiga ega bo‘ladi.
Amaliy ish (darslik bilan ishlash).
Amaliy ishni boshlashdan oldin o‘quvchilaming darsga tayyorligi
o‘qituvchi tomonidan kuzatiladi. Kamchiliklar bartaraf etiladi.
Quritilgan poliz ekinlari urugMaridan mozaika usulida qo‘qongul
shaklini yasash bosqichlari tushuntiriladi va o‘qituvchi tomonidan
kuzatiladi.
Savollar
1. Dars ishlanmasi tuzishdan asosiy maqsad nima?
2. Qanday qo‘l mehnati ish turlari o‘rganiladi?
3. Mehnat darsida qanday metodlardan foydalaniladi?
4. Amaliy mehnat ta’limi qanday shakllarda tashkil etiladi?
5. Ish unumini oshirishda qaysi metodlar ko‘p qo‘llanadi?
Mavzu: Qog‘oz va karton bilan ishlash
d arslarini mazmunini tashkil etish metodikasi
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi
mashg‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash ke-
ladigan materiallar bilan ham tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjom-
lari: daftarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari bosiladigan qog‘oz turlari
- yozadigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan kitob va
gazeta qog‘ozlaridir. Qog‘oz va karton boshlang‘ich sinflar mehnat
darslarida eng ko‘p qo‘llanadigan materiallardir. 0 ‘quvchilar bu
materiallarga kundalik hayotda ham ko‘p marta duch keladilar.
Boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’limi dastur materiallarini tahlil
qilar ekanmiz, barcha sinflardagi ish turlaridan biri “Qog‘oz va karton
bilan ishlash” ekanligini ko'ramiz.
Boshlang‘ich sinfo‘quvchilari qog‘oz va kartonga ishlov berishning
quyidagi usullarni o‘rganadilar:
1. Qog‘ozni turi, navi, rangi, o‘lchamiga ko‘ra tanlash.
2. Qog‘ozdan maketlar yasaganda qog‘ozga ishlov berishning eng
oddiy usullari sifatida qog‘ozni o‘rtasidan buklab va to‘rtburchak qilib
buklash (uzunasiga va ko‘ndalangiga).
3. Ingichka qog‘oz parchalarini to‘g‘rilash, bukilgan joylarini ikki
tomonidan buklash.
4.45-90 gradus burchak qilib buklash.
5. Qog‘ozni buklab belgilangan chiziq bo‘yicha qaychi bilan qir-
qish, asbobni ushlash, xavfsizlik choralarini qo‘llash.
6. Qog‘ozni andoza bo'yicha belgilash. Qalam bilan chiziq bo‘yicha
oddiy belgilash.
7. Qaychi bilan kvadratlar, turli burchaklar, uchburchaklar, doiralar
qirqish.
8. Qaychi bilan murakkabroq shakllar. barglar, qo‘ziqorinlar, mev-
alarni qirqish.
9. Qog‘ozdan qirqilgan applikatsiya detallariga yelim surtish usul
lari.
10. Applikatsiya detallarini yelimlab yopishtirish. Tayyor mahsu-
lotlarni quritish.
11. Qog'ozning yelim surtiladigan qismlarini oldindan ko'chirib
buyum detallarini bir-biriga yopishtirish.
12. Turli o‘yinchoqlami kvadrat asos va to‘g‘ri burchak asosldttn
bukib yasash.
13. Daftar, kitoblarni muqovalash.
14. Qog‘ozni buklash va turli shakllar yasash.
0 ‘quvchilar ishlov berilayotgan materiallaming xususiyatlarini hi
sobga olib, ish usullaridan ongli foydalanishlari, mehnat jarayonida
fan asoslarini o‘rganish vaqtida egallagan bilimlarini qo‘llashlari lo
zim.
Birinchi sinfda o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mash-
g‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash keladigan
materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari: daftarlar,
kitoblar, o‘quv qo‘ llanmalari, bosiladigan qog‘oz turlari - yoziladigan,
muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va ro‘znoma
qog‘ozlaridir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli qog‘ozlaming aso
siy jismoniy xususiyatlari, rangi, qalinligi, zichligi, siyohni singdi-
rish xususiyati, sathining xarakteri - silliq, g‘adir-budirligi bilan tani
shadilar.
0 ‘quvchilar mashg‘ulotlarda qog‘oz varaqlarini buklaydilar va
to‘g ‘rilaydilar, ulami qismlarga bo'lib yirtadilar va qirqadilar, bo‘yay-
dilar. Shu bilan birga qog‘ozni buklash yo‘l bilan turli xil narsalarning
shaklini yasaydilar.
“Qog‘oz va karton bilan ishlash” o‘quvchilami garmonik rivojlan-
tirishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, rangli qog‘oz bian ishlash ijodni
rivojlantirshga yordam beradi fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik,
diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati,
chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘uiotlariga oldindan quyida-
gicha tayyorgarlik ko‘riladi: stolning ustiga qog‘oz yozib, o‘ng tomo-
niga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, avtoruchka, old
tomonlariga yelim, qiyqimlar uchun quti chap tomonlariga, ish vaqti
da xaiaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plamini qo‘yadilar. Har
bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerak bo‘la-
digan narsalarni yozib oladilar.
0 ‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosa
batda bo‘lishlari, o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejam
korlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o‘qituvchi
ko‘rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza vaozoda
saqlashlari, mashg‘ulotdan so‘ng sinfni tozalab qo'yishlari kerak.
г,
Barcha fanlarda qo‘llanilgani kabi mehnat darslarida ta’limning
ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida
turli xil namuna, rasm., chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning
modellari, shuningdek texnika vositalaridan foydalaniladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qog'oz va karton bilan ishlash
mashg‘ulotlarida
0
‘quvchilar qog‘ozni buklash y o ii bilan turli xil
narsalaming shaklini yasashni ham o‘rganib boradilar. Ana shunday
mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi quyidagi ko‘rgazmali qurollardan
foydalanishi mumkin. Shu bilan birga o‘quvchilar bu ko‘rgazmalaming
yasalish bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida o‘zlari
yasashlari ham mumkin.
Qog‘oz va karton faqat poligraf san’atidagina emas, balki, xalq
xo‘jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo‘Ilaniladi. Hozirgi
kunda ishlab chiqarish sanoatida qog‘oz va kartonning ikki yuzga
yaqin turi ishlab chiqarilmoqda.
Turli xii qog‘ozlardan kitoblar, oynomalar, ro‘znomalar chiqarish
uchun foydalanishini barcha o‘quvchilar yaxshi biladilar. Shuning
uchun ham mehnat ta’limi darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning diq-
qat-e’tiborini ular foydalanadigan qog‘ozning turmushda tez-tez uch-
raydigan va qo‘1 mehnati darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib
borishi lozim.
Bu qog‘ozlaming turlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |