Bank xodimi
Bank xodimlari, davlat va nodavlat banklarining faoliyatini yo‘lga
qo‘yadilar. Bankda davlatning pul mablag‘lari aylanishi, fuqarolar
mablagining saqlanishi tashkil etiladi.
Bankir bankda ishlaydi,
U hisobni xushlaydi.
Kredit, lizing va foiz,
Joyida bo‘lmoq joiz.
Jurnalist kasbi
Ju m alist- biz sevib tomosha qiladigan televideniya ko‘rsatuvlarini
tayyorlab olib boradigan, qiziqib o ‘qiydigan gazeta-jurnallarimizga
lavhalar tayyorlab beradigan kasb egalaridir. Jurnalistlaming
tayyorlagan ma’lumotlari tanlangan mavzu mazmunini yoritib berishi
maqola yoki ko'rsatuvning dolzarbligini belgilaydi. Jurnalist o‘z
kasbining ustasi bo'lsa, xalqning ongi, bilimi oshadi.
Yurtimizda jurnalistlaming faoliyat yuritishi uchun barcha shart-
sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilgan.
Mahoratli jurnalist
Ma’lumotni judatez -
Qilar bizga havola,
Yozar qiziq maqola.
0 ‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash
masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni
shakllantirish, o'ziashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan
kuni uzaytirilgan guruhlaming samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan
tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy
faoliyatini to'ldiradi. Ulaming dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishign,
kasb-hunar tanlashiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi.
II bob. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MEHNAT TA’LIM I
DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Mavzu: Boshlang‘ich sinf m ehnat darslarini
tashkil etish texnologiyalari
Dars rejasi o‘quv yilining boshida yillik kalendar reja bo‘yicha taq-
simlanadi. Dars rejasi 4 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich
- tashkiliy qism, bunda qo‘ng‘iroq chalingandan boshlab yangi dars
bayon etilgan vaqtgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Ikkinchi bosqich -
uy ishini tekshirish va baholash, uchinchi bosqich - yangi mavzuning
bayoni, to‘rtinchi bosqich - darsning yakuni, bunga bajarilgan ishlarni
baholash, uyga vazifa berish va ish joylarini tozalashlar kiradi. Bir
soatlik dars misolida ko‘rib chiqamiz.
Mavzu: U rug‘lardan mozaika yasash
0 ‘qituvchiga tavsiya: Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda ish turlarining
usullari. Mozaika monumental dekorativ sa’nat turlaridan biridir. Tur
li davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan material-
lariga ko‘ra ham naqsh va rasmlarga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyat-
larga ega bo‘lgan. 0 ‘rta Osiyoda madrasalar, machitlar, saroylar mo
zaika usulida bezatilgan.
Hozirgi kunda mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlar
va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna,
sopol, plita bo‘laklardan foydalaniladi.
Mozaikaga mos shaklni chizib olish. Maydalangan rangli qog‘oz
bo‘laklarini tayyorlash. Kerakli shaklning konturini tasvirlash. Kontur-
ga maydalangan qog‘oz bo‘laklarini bosqichma-bosqich yelimlash.
Qo‘shimcha ishlov berish.
0 ‘qituvchi quritilgan urug'lardan tuzilgan naqsh namunalarini
ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |