X. Sanoqulov, D. Xodiyeva



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/158
Sana28.09.2021
Hajmi5,33 Mb.
#188464
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158
Bog'liq
Mexnat va uni o'qitish metodikasi. Sanoqulov X.

Dars  jarayonini 
amalga oshirish 
texnologiyasi
Uslub:  Og‘zaki  bayon  qilish,  tushuntirish,  tahlil  qilish, 
aqliy hujum.
Shakl: Amaliy mashg'ulot, savol-javob.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5  ballik tizimda baholash.
Dars jarayonini 
amalga oshirish 
bosqichlari 
Natija: (rasm)
Ш
Tashkiliy qism: 
10 daqiqa
Darsga hozirlik ko‘rish.
Uyga vazifani mustahkamlash.
Asosiy qism: 
25 daqiqa 
Aqliy hujum.
Mavzuni bayon qilish.
Amaliy ish.
Yakuniy qism: 
15 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash. 
0 ‘quvchilar bilimini baholash.
Uyga vazifa berish.
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
•  Salomlashish;
• davomatni aniqlash;
• uy vazifasini tekshirish;
•  ish joyi,  ish quroli va materiallarini tayyorlash.
Asosiy qism: Aqliy hujum
0 ‘qituvchi  darsning  boshlanishida  o‘quvchilami  kitob  muqovasi 
haqidagi bilim va tasavvurlarini aniqlaydi.
- Kitob bizga nima uchun kerak?
- Kitobni qanday asraymiz?
- Kitob  bizga do‘st bo‘la oladimi?
- Kitobni to‘g‘ri saqlash haqida nimalami bilasiz?
Qog‘ozdan  kitob  uchun  muqova  yasash  haqida  tushunchalar 
beriladi. Bunday foydali buyum tayyorlash orqali oila mablag‘iga  o ‘z 
hissalarini  qo‘shishIari  mumkinligini  aytiladi,  buning uchun qog‘oz- 
dan kitob uchun muqova yasash taklif etiladi.
Yangi mavzu  bayoni:
Kitoblarni  muqovalab  foydalanish  ularning  umrini  yanada  uzay-


tiradi.  Kitob  uchun  muqovani  o‘z  qo‘IIarimiz  bilan  tayyorlashimiz 
ham mumkin.
Amaliy  ishni  boshlashdan oldin o‘quvchilaming darsga tayyorligi 
o‘qituvchi tomonidan kuzatiladi, zarur ish materiallari tanlab olinadi.
Amaliy ish:  (darslik bilan ishlash)
Kitob  uchun  muqova  yasash  bosqichlari  darslikdan  kuzatiladi  va 
bajariladi.
• 
Kitob  uchun  muqova  yasash  uchun  birinchi  kvadrat  shaklidagi 
karton turi tanlab olinadi;
•  Kartondan  o'lcham  olish  va  kartonning  to‘rt  tomonini  o'lcham 
asosida burchak qilib kesiladi;
•  Hosil  bo‘lgan  shaklni  yon  tomonlarining kesilgan  qismini  ichki 
qismiga qaratib buklanadi;
• Tayyor bo‘lgan  shaklning o‘rtasini  belgilab,  o‘tkir tig‘Ii  buyum 
yordamida o‘rtasi sindiriladi;
•  Muqovaning  singan  qismidan teng  ikkiga to ‘rtburchak  shakliga 
keltirib buklanadi;
• Xuddi shu bosqichni keyingi uchlarida ham takrorlab, yuqoridagi 
uchlarini ichki qismiga buklab qo‘yiladi.


• 
Kitob  uchun  muqova  tayyor  bo‘ldi.  Muqovani  old  tomonini 
pastga qilib qo‘yib ochiladi va ichki qismiga yelim surtiladi va muqo­
va yopiladi, bu ish old tomoniga ham takrorlanadi. Kitob press ostida 
quritiladi.
Yakuniy qism.
Dars yakunida bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, o‘quvchilar bilan birga- 
likda tahlil qilinadi.
Har bir o‘quvchilar bajargan ishlariga qarab izohli baholanadi.
Uyga  kitob  uchun  muqovani  mukammal  yasash,  afce'f  yodlash 
vazifasi beriladi.
Muqovalami  yasash  ishlarini  boshlashdaii  oldin 
0
‘quvchilami  bos- 
maxonaga ekskursiyaga olib borish, undan keyin suhbat o‘tkazish kerak. 
Suhbat jarayonida 
0
‘qituvchi o‘quvchilar yozuvning paydo bo‘lishi, kitob 
ishlab chiqarish texnologiyasi borasida qanday bilimga ega ekanliklarini 
aniqlaydi.  U  o‘quvchilaming  bilimlariga  tayanib,  ulami  to‘ldiradi, 
aniqlashtiradi va tizimga soladi. Suhbat jarayonida u qog‘ozdan yasalgan 
ko‘pgina  narsalar:  daftarlar,  kitoblar,  rasmli  albomlar  mustahkamroq 
material-karton bilan muhofaza  qilinmasa tezda eskirishi, iflos boMishi, 
yaroqsiz holga kelishi mumkinligini tushuntiradi.
Savollar
1. Qog‘ozning turlari va xususiyatlari qanday?
2.  Kartonning  turlari va xususiyatlari qanday?
3. Qog‘oz  va kartonga ishlov berish usullari?
4. Qog‘oz bilan ishlashda qanday asboblardan foydalaniladi?

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish