0 ‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning
oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:
- o‘quvchilarni kasbga boMgan qiziqishlarini yanada takomil-
lashtirish;
- uni kasb tan lash darajasiga yetkazish;
-ko‘p qirrali qiziqishga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq
yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
- o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat
xislatlarini tarbiyalab borish;
- o'quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda
ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
- kasblar to‘g‘risida ma’lumotlami yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklami har tomonlama
tejash xislatlarni tarbiyalash;
- o'quvchilaming o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va
egallangan bilimlami amalda qo‘llashlariga erishish;
- o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu
jarayon to‘g‘ri tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat
subeykti sifatida shakllanishini ta’minlaydi.
Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va
milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib
qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga
boMgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlami sanoat, qishloq
xo‘jaligining boshqatarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik
kasblariga umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi darslarldn
yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan, boshlang'ich
sinf o‘quvchilarini mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida o'qililHdlgnn
«Loy va plastillin bilan ishlash» ish turiga oid, hayk«llm>nhllk.
kulolchilik, rassomchilik, «Gazlama va ip turlari bilan ishlttHh" Uh
turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, ipakchiJik, to‘quv-
chilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga
oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlikkasb-hunarlari
to‘g‘risida ma’lumotlar berish, darslarni xalq milliy qadriyatlari
asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘Iadi.
0 ‘quvchilami kasbga yo'naltirishning asosiy maqsadi har bir
o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoliyati sohasini
asosan va to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. 0 ‘quvchilami kasbga
у o‘ naltirish umumta’ lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma’ lumki,
agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy
ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yo‘Hash butun pedagoglar
jamoasi tomonidan hal etiladigan umum maktab vazifasi hisoblanadi.
Shu bilan birga, bu ishda mehnat ta’limr alohida o‘rinni egallaydi.
0 ‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va
ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni poli-
texnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ulami mehnat
va ijtimoiy faoliyatga, kasblami ongli ravishda tanlashga, moddiy va
ma’naviy boyliklami ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan
iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:
1.
0 ‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2 .0 ‘quvchilami xalq xo‘ja!igining turli tarmoqlari bilan tanishtirib,
ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan
tadbirlarni amalga oshirish.
3.
Kasb tanlashga yo‘Hash ishlarini olib borishdao‘quvchilarni aso
san maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji
uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo'llash.
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o ‘quvchilar uni
mustaqil hal qila olmaydilar. 0 ‘qituvchilarning ish tajribasi
0
‘quv-
chilarni kasb tanlashga yoMlashning farq va metodlarini belgilab bera-
di. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1.
D arslarda kasb tanlashgayoMIash. Masalan, o‘qituvchi
0
‘quv
chilami mehnat mashg‘ulotlaridabajaradigan ish bilan bog‘liq kasblar
bilan tanishtiradi. Chuninchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, durad-
gorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasblar haqida bilim oladilar
va tanishadilar.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash. Odatda, ekskursiya-
larda o‘quvchilami o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan
tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan o‘quvchilami
kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.
3. To‘g arak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yoMlash. To‘garak
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘p-
roq imkoniyatlar vujudga keladi.
4. H a r xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umum-
ta’lim maktablarni bitirgandan key in ishlab chiqarish sanoati muas-
sasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta
taassurot qoldiradi. Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilar turli kasb
egalari bilan tanishadilar.
5. H a r xil madaniy-ommaviy tad b irlar o‘tkazish. Kasb tanlashga
yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har
xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan ma’lum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlashda shaxsiy va jamoat fikri”
mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlami muhokama qilish
shular jumlasidandir.
6. K asblar mazmunini chuqur o‘rganish. 0 ‘qituvchi muayyan
kasblar to‘g ‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar
bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yaxshilab tanishish istagi
bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi. 0 ‘quvchilami
qiziqishlariga qarab guruh yoki mikrogumhlarga birlashtiradi. Bunda
ishning turli-tuman tashkiliy formalari qo‘llaniladi. 0 ‘quvchilar o‘z
kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar o ‘tkazadilar.
7. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ mash-
g‘ulotlarga ajratilgan soatlaming ma’lum qismidan kasb tanlashga
yoMlash ishi uchun foydalaniladi.
Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini
yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda
keltirishi mumkin.
Kasbga yo‘Hash, qiziqtirish hamda malaka vako‘nikmalarini shakl-
lantirishda o ‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat
kasb etadi. Binobarin mehnat ta’limi fanlari bo‘yicha tarbiynvly l*h-
laming o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalarining bcqlyot*
ahamiyati mavjud.
Kasbni to‘g?‘ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh
avlodning butun hayotidagi muvofaqqiyati ko‘p jihatdan kasbning
qanchalik to‘g‘ri tanlashiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |