X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot



Download 438 Kb.
bet26/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

X↓


P↑ Xn↓→ AD↓
M↑
Yuqorida sanab o’tilgan omillar yalpi talabning narx ommillari deb ataladi, chunki milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zgarishlari bunday hollarda narxlarni pasayishi yoki o’sishi bilan bog’liq hamda yalpi talab egri chizig’ining faqat bir yo’nalishidagi harakatini keltirib chiqaradi. U egiluvchan narx modeli deb ataladi.
P
AD1
Y
  1. chizma. Yalpi talab egri chizig’iga narx bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan omillar ta’siri


Yalpi talabning o’zgarishiga nafaqat narxlar darajasining o’zgarishi, balki bir qator boshqa sharoitlar ham ta’sir ko’rsatadi.
Ularni narxlarga bog’liq bo’lmagan omillar yoki yalpi talab determinantlari
deb ataladi.
Madomiki, yalpi talab uy xo’jaligi, korxonalar, hukumat va xorijiy sheriklar talablaridan tashkil topar ekan, unda ulardan birining yoki bir nechtasining harajatlaridagi har qanday o’zgarishlari (narxlarning bir xil darajasida) yalpi talabning miqdorida o’z aksini topadi hamda uning egri chizig’ini yo o’ngga, yoki chapga suradi (8-chizma).
Shunday qilib, jami talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan omillari qatoriga quyig’dagilar kiradi:

  • iste’mol harajatlaridagi o’zgarishlar (C)

  • investitsiya harajatlaridagi o’zgarishlar (I)

  • davlat harajatlaridagi o’zgarishlar (G)

  • eksport sof hajmiga harajatlardagi o’zgarishlar (Xn).



Narxlar darajasi
Milliy mahsulotning real hajmi
  1. chizma. Narxlarga bog’liq bo’lmagan omillari ta’siri natijasida yalpi talab egri chizig’ining siljishi


Iste’mol harajatlari narxlar darajasini o’zgarishidan qat’iy nazar quyig’dagi hollarda mustaqil ravishda o’zgarishi mumkin:

  • iste’molchilar qo’lidagi moddiy qiymatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, yer, ko’chmas mulkning real qiymati o’sayotgan bo’lsa, ya’ni iste’molchilarning moddiy faravonligi yaxshilanib borayotgan bo’lsa, narxlarni umumiy darajasiga ta’sir etmagan holda, aktsiya kurslari yoki yer qiymati ko’tarilayotganda;

  • iste’molchilar kelajakda o’z daromadlarining ko’payishini kutish hisobiga ko’proq harid qilishni afzal ko’rsalar;

  • iste’molchilarning ilgari nasiyaga olgan haridlari natijasida to’planib qolgan qarzlari kamaysa va bu ularga hozirgi kundagi haridlarini ko’paytirish imkonini bersa;

  • daromad solig’i stavkasi kamaysa va natijada sof daromad, demakki, haridlarning soni ko’paysa iste’mol harajatlarining muayyan narxlar darajasidagi o’sishi, milliy mahsulot real hajmiga bo’lgan talabning oshib borishini bildiradi va AD1 egri chizig’ini o’ngga siljishiga, ya’ni AD2 egri chiziq holatiga kelib qolishiga sabab bo’ladi.

Lekin, bu omillar iste’mol harajatlariga, shuningdek yalpi talabga teskari ta’sir ko’rsatishi ham mumkin – ularni kamayishi yalpi talab egri chizig’ini chapga siljib, AD3 holatiga kelishiga olib keladi.
Narxlarga bog’liq bo’lmagan ikkinchi omil – bu investitsiya harajatlari yoki ishlab chiqarish vositalari haridini o’zgarishidir. Bu o’zgarishlar quyig’dagi shartlar: foiz stavkasi, investitsiyalardan kutilayotgan foyda, korxonalardan olinadigan soliq, texnologiya, rezervdagi quvvatlar o’zgarishi natijasida ro’y beradi. Masalan, foiz stavkasi narxlarni muayyan bir xil darajada mamlakatdagi pul massasining o’zgarishiga bevosita bog’liq – pul massasini ko’payishi bilan u oshib boradi va shunga muvofiq investitsiya harajatlari qisqaradi. Bu harajatlar korxonalarni kelajakdagi olishi mumkin bo’lgan foydalari yoki korporatsiyalarining foydalariga soliqlarni ko’payishini oldindan belgilash
natijasida ham qisqarishi mumkin va aksincha, bu omillarni kamayishi yangi texnologiyalarni joriy etish va korxonalarni etishmayotgan rezerv quvvatlarini to’ldirish zaruriyati kabi investitsiya harajatlarini o’sishiga olib keladi. Shunday qilib, yuqoridagi aytib o’tilgan narxlar bilan bog’liq bo’lmagan omillar ta’sirida, iste’mol harajatlari kabi, investitsiya harajatlari ham muayyan narxlar darajasida yalpi talabning egri chizig’ini yo o’ngga, yo chapga siljishiga olib kelishi mumkin. Narxga bog’qliq bo’lmagan uchinchi omil – mamlakat hukumati qarori bo’yicha davlat harajatlaridagi bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlardir. Masalan, hukumat mudofaaga yoki kasalxonalar qurilishiga harajatlarni ko’paytirishga qaror qilgan bo’lsa, narxlarni muayyan darajasida davlat harajatlari va natijada yalpi talab hajmi ham oshadi. Bu esa chizmada egri chiziqni o’ng tomonga siljishiga olib keladi va aksincha, harajatlarning kamaytirilishi yalpi talabni qisqarishiga va egri
chiziqni chap tomonga siljishiga sabab bo’ladi.
Yalpi talabning narx darajasi bilan bog’liq bo’lmagan keyig’ngi omili – sof eksport harajatlari hisoblanadi. Bu harajatlar eksport va import o’rtasidagi farqdan iborat. Uning hajmiga xorijiy mamlakatlar milliy daromadlaridagi o’zgarishlar hamda valyuta kurslarini tebranib turishi ta’sir etadi. Boshqa mamlakatlar milliy daromadlarini o’sib borishi, xorijiy iste’molchilar talabini ko’payishiga va xorijga mol etkazib berishni kengaytirishga olib keladi. Natijada esa, yalpi talab hajmi o’sadi. Valyuta kurslarini o’zgarishi eksport va importni tartibga solib turadi: milliy valyuta kursini pasayishi eksportni rag’batlantiradi va importning nafliligini kamaytiradi. Uning ko’tarilishi esa, eksport va importga teskari ta’sir ko’rsatadi.
Shunday qilib, narxlar darajasidagi o’zgarishlar foiz stavkasi, boylik va import haridlari samarasiga olib kelib yalpi talab egri chizig’i ko’rinishini belgilasa, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillar yalpi talab egri chizig’ining o’zini u yoki bu tomonga siljishiga sabab bo’ladi. Davlat o’z harajatlarini o’zgartirish yoki boshqa harajatlarga bilvosita ta’sir etib, yalpi talabni va u orqali butun makroiqtisodiy vaziyatni tartibga solib turishi mumkin.

    1. Download 438 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish