X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot


Tariflarni yoqlovchi hamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va ishlab chiqarish subsidiyalari



Download 438 Kb.
bet95/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

Tariflarni yoqlovchi hamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va ishlab chiqarish subsidiyalari


Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import tariflari:

  • mamlakat mudofaa sanoati tarmoqlarini himoya qilish imkonini beradi;

  • mamlakatda resurslarni band etish darajasini oshirishga imkon beradi va ayniqsa, ishlab chiqarishning davriy pasayish bosqichi yaqinlashayotgan davrda juda ham muhim bo’lgan yalpi talabni rag’batlantiradi. Importning cheklanishi natijasida yalpi talabning tarkibiy qismi hisoblangan sof eksport miqdori nisbatan o’sadi va joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi holati yaxshilanishiga olib keladi;

  • milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;

  • davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai sifatida qatnashadi;

  • milliy ishlab chiqaruvchilarni dempingdan himoya qilish uchun zarur va h.k.

Milliy iqtisodiyotda o’z ishlab chiqaruvchilarining mavqeini oshirish hamda ularni chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida ko’pgina davlatlar protektsionizm siyosatini qo’llaydilar.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoya qilinadi. Tarmoqni tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Masalan, O’zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 20 foizni tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 10 foiz miqdorida o’rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 6000 AQSH dollariga teng bo’lsa, ya’ni bitta avtomobil uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarining narxi 4500 AQSH dollarini, qo’shilgan qiymat esa 1500 AQSH dollarini tashkil etsin.
Avtomobil importiga 20 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 1200 AQSH dollariga o’sib, tarif bilan birga 7200 AQSH dollarini tashkil etadi. Ehtiyot qismlar importiga 10 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 450 AQSH dollariga oshirib 4950 AQSH dollariga etkazadi. Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 450 AQSH dollariga oshdi. Qo’shilgan qiymat esa 750 AQSH dollariga (1200 - 450 = 750) o’sdi. Shunday qilib, tarif kiritilgandan
so’ng mahsulot birligiga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 2250 AQSH dollarini (1500 + 750 = 2250) tashkil etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.
Er= ( Et- E0 ) / Et.
Bu srda: Er - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi; Et - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo’shilgan qiymat;
E0 - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo’shilgan qiymat.
Er = ((1500 + 750)- 1500) / 1500 = 750 / 1500 = 0,50 yoki 50 foiz
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 20 foizli tarif va ehtiyot qismlarga 10 foizli tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni haqiqatda 50 foizli tarifli himoyalanganligini ta’minlaydi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga qarama-qarshi bo’lgan mulohazalar ham mavjud bo’lib, ular tariflarni qo’llanilishi salbiy oqibatlarni ham yuzaga keltiradi va ko’zlangan natijalarga boshqa vositalar yordamida kamroq yo’qotishlar hisobiga erishsa bo’ladi, degan fikrlarni asosladilar. Ular quyidagilarni asos sifatida keltirdilar.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil vositasi ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha o’sishini ta’minlasa (31- chizma), ikkinchi tomondan, iste’molning mutloq kamayishiga olib kelmaydi, chunki ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Rd, jahon
narxlari Rw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga teng, tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan bo’lar edi. Mamlakat farovonligidagi mutloq yo’tqotish esa «b» sohasidangana iborat bo’ladi.



    1. Download 438 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish