Ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan mehnat birligi miqdori
(raqamlar shartli)
|
Ekskovator, dona
|
Traktor, dona
|
Rossiya
|
600
|
2400
|
Ukraina
|
160
|
800
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Rossiya ikkala mahsulotni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Ammo, D. Rikardo nazariyasiga ko’ra Ukraina ham bu mahsulotlardan birini ishlab chiqarishda nisbiy afzallikka egadir. Bu masalani hal etish uchun ikkala mamlakatda ushbu mahsulotlarning muqobil narxlari qanday ekanligini aniqlashimiz lozim. Muqobil narx bu bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatni ikkinchi mahsulotni ishlab chiqarishga zarur bo’lgan xarajat orqali ifoda etilishi hisoblanadi.
Rossiyada 600 dona ekskovatorga 2400 dona traktor to’g’ri kelsa, 1 dona ekskovatorning muqobil narxi 4 dona traktor hisoblanadi va aksincha 1 dona traktorning muqobil narxi 0,25 dona ekskovatorga to’g’ri keladi. Agar Ukraina bo’yicha muqobil narxni aniqlasak, 1 dona ekskovatorning muqobil narxi 5 dona traktor hisoblanadi va aksincha 1 dona traktorning muqobil narxi 0,20 dona ekskovatorga to’g’ri keladi. D.Rikardo nazariyasiga muvofiq Rossiya ekskavatorlar, Ukraina esa traktorlar ishlab chiqarishda nisbiy afzallikka ega. Agar ushbu mamlakatlar xalqaro savdo jarayonida ishtirok etsa, Rossiya 1 dona ekskovatorni Ukrainada ishlab chiqarilgan 5 dona traktorga ayirboshlashi va Ukraina o’zida ishlab chiqarilgan 1 dona traktorni Rossiyada ishlab chiqarilgan 0,25 dona ekskovatorga ayirboshlashi mumkin bo’ladi. Bu savdo munosabatlari ikkala mamlakat uchun ham manfaatli bo’lib, bir tomondan foydani oshirish, ikkinchi tomondan harajatlarni tejash hisobiga naf ko’rishi uchun imkoniyat yaratadi. Demak, Rossiya traktor ishlab chiqarishga nisbatan ekskovator ishlab chiqarishga, Ukraina esa ekskovator ishlab chiqarishga nisbatan traktor ishlab chiqarishga ixtisoslashsa va uning savdosini yo’lga qo’ysa ko’proq foyda olishi mumkin.
Mahsulotlar narxi o’rtasidagi o’zaro nisbat aniqlab olingandan keyin, bu mamlakatlar manffaat ko’rishlari uchun o’zlari nisbiy afzallikka ega bo’lgan mahsulotlarini qanday narxda sotishlari kerakligini aniqlashlari lozim. Bu narx chegaralari orqali aniqlanadi va savdo sharti sifatida qo’llaniladi. Bu indeks ko’rinishida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Is = Pe/ Pi
Bu erda Is - savdo sharti indeksi, Pe - eksport narxlar indeksi, Pi esa import narxlar indeksi.
Indeksning o’sishi savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko’rsatadi. Ya’ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Biz yuqorida keltirgan misolimizda 1 dona ekskovatorning narxi 4 dona traktor va 5 dona traktor oralig’ida, 1 dona traktorning narxi esa 0,20 dona ekskovator va 0.25 dona ekskovator oralig’ida belgilanadi.
Ekskovator bo’yicha savdo sharti indeksi Rossiya uchun
Is = Pe/ Pi = 4/5 = 0,8
Ukraina uchun
Is = Pe/ Pi = 5/4 = 1,25
Traktor bo’yicha savdo sharti indeksi Rossiya uchun
Is = Pe/ Pi= 0,25/0,20 =1,25
Ukraina uchun
Is = Pe/ Pi = 0,20/0,25 = 0,8
Amaliyotda savdo sharoiti mahsulotlar narxi o’zgarishi hisobiga, unga bo’lgan talabning o’zgarishiga, ishlab chiqaruvchilar yoki mol etkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga, ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste’molidagi o’zgarishlarga bog’liq.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to’g’risida ma’lumotlar bersada, ko’pgina kamchiliklardan holi emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to’lov balansini yomonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |