X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V


Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining amaldagi sug‘urta shartnomalari soni



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana21.10.2019
Hajmi0,87 Mb.
#23947
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
sugurta ishi


Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining amaldagi sug‘urta shartnomalari soni
bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlari (%)
I x t i yo r i y 
shaxsiy sug‘urta 
mol-mulk sug‘urtasi  
javobgarlik 
sug‘urtasi 
Majburiy 
sug‘urta 
y i l l a r  b o‘ y i ch a 
Sug‘urta 
tashkilotlarining 
nomi 
19
99 
20
00 
20
01 
20
02 
19
99 
20
00 
20
01 
20
02 
19
99 
20
00 
20
01 
20
02 
19
99 
20
00 
20
01 
20
02 
«O‘zbekinvest» 
EIMSK 
0,7  4,3  0,3  0,1  0,2  6,4 
0,1 
0,1  23,5  0,6  1,2  8,0  0,2  0,1 
0,2 
2,0 
«O‘zagrosu-
g‘urta» DASK 
67,2 50,8 75,5 40,5 78,3  91,6  86,3  88,5  46,4  0  68,1 72,8 92,6 97,4 92,6495 76,8 
«Kafolat» 
DASK 
25,3 15,0 18,2  8,4  21  0,8  13,545  11,3  0,8  0,1  10,6 10,2  7,1  2,4 
7,1 
20,7 
«Madad» SA 
0,4  0,2  0,1  0,1  0,2  0,005  0,001  27,8  98,8 16,1  7,4  0,1  0  0,05 
0,5 
 
Boshqa sug‘urta 
tashkilotlari 
6,6  29,5  5,8  50,9  0,4 

0,05  0,099  1,5  0,5  4,0  1,6  0 
0,1  0,0005  0,0 
Manba: O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
tashkilotlari hisobotlari asosida tayyorlangan.
Boshqa barcha sug‘urta tashkilotlarining shartnomalar soni
bo‘yicha ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lib, keltirilgan yillarda
majburiy sug‘urta bo‘yicha 7,4; 2,6; 7,4; 23,2 foiz; ixtiyoriy shaxsiy
sug‘urta bo‘yicha 33,8; 49,2; 24,5; 59,5 foiz; ixtiyoriy mol-mulk
sug‘urtasi bo‘yicha 21,7; 7,4; 13,7; 11,5 foiz; ixtiyoriy javobgarlik
Yirik sug‘urta
kompaniyalarida
sug‘urta shartnomalari
soni va sug‘urta
majburiyatlari
ko‘rsatkichlari tahlili

8 1
sug‘urtasi bo‘yicha 53,6; 10,0; 31,9; 27,2 foiz ulushlaridagi
shartnomalar soni to‘g‘ri kelgan.
4-jadval
Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtaviy javobgarlik
bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlari (%)
I x t i yo r i y 
shaxsiy sug‘urta 
mol-mulk sug‘urtasi  
javobgarlik 
sug‘urtasi 
Majburiy 
sug‘urta 
y i l l a r  b o‘ y i ch a 
Sug‘urta 
tashkilotlarining 
nomi 
19
99
 
20
00
 
20
01
 
20
02
 
19
99
 
20
00
 
20
01
 
20
02
 
19
99
 
20
00
 
20
01
 
20
02
 
19
99
 
20
00
 
20
01
 
20
02
 
«O‘zbekinvest» 
EIMSK 
3,7  17,6  0,9  2,1  63,8  80,7  97,1  39,7  65,8  69,8  4,0  9,0  15,2 28,6 27,8  49,2 
«O‘zagrosu-
g‘urta» DASK  48,1  55,0  23,6  34,7  23,6  10,8  1,3  15,0  0,3  0,5  0,3  2,5  69,0 58,0 56,6  30,7 
«Kafolat» 
DASK 
44,1  22,2  8,8  8,5  5,6  3,0  1,0 
5,8  0,2  0,2  0,6  4,6  14,5  9,7  8,9  12,5 
«Madad» SA 
2,8  2,3  0,4  0,4  0,6  0,6  0,03  0,04  14,6  12,7  9,4  6,1  1,3  3,7  5,3  7,6 
Boshqa sug‘urta 
tashkilotlari 
1,3  2,9  66,3  54,3  6,4  4,9  0,57  39,46 19,1  16,8  85,7 77,8  0 
0  1,4  0,0 
Manba: O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
tashkilotlari hisobotlari asosida tayyorlangan.
Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtaviy javobgarlik
bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlari tahlili (4-jadval) shuni
ko‘rsatmoqdaki, majburiy sug‘urta bo‘yicha keltirilgan yillarda,
mos ravishda, «O‘zagrosug‘urta» DASK 69,0; 58,0; 56,6; 30,7,
«O‘zbekinvest» EIMSK 15,2; 28,6; 27,8; 49,2, «Kafolat» DASK
14,5; 9,7; 8,9; 12,5, «Madad» SA 1,3; 3,7; 5,3; 7,6 foiz ulush-
larga egadir. Bu yetakchilik holati ularning faoliyat yo‘nalishla-
ridagi o‘ziga xoslikning o‘rni bilan izohlanadi.
Sug‘urtaviy javobgarlikning ixtiyoriy shakli bo‘yicha shuni qayd
etish mumkinki, keltirilgan yillarda uning ko‘lami ortgan.
Xususan, ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtaviy
javobgarlikning eng ko‘p ulushlari keltirilgan yillarda 63,8; 80,7;
97,1; 39,7 foizlarda «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga, boshqa
sug‘urta tashkilotlari («O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» DASK
hamda «Madad» SAlar bilan birgalikda) hisobiga, uning mos
ravishda, 36,2; 19,3; 2,9; 60,3 foiz ulushlari to‘g‘ri kelgan. Bu
ko‘rsatkich boshqa sug‘urta tashkilotlarining bu boradagi ulushlari
2001-yilda 1999-yilga nisbatan 12 martaga kamayganligini
ko‘rsatadi. Buning sababi «O‘zagrosug‘urta» DASKning 2001-
7 — Sug‘urta ishi

8 2
yildagi ulush ko‘rsatkichlari 1999-yilga nisbatan 18, «Kafolat»
DASKniki 6 martaga kamayib ketganligidir. 2002-yilda bu borada
katta ijobiy siljish bo‘lganligi kuzatildi. Xususan, 2001-yilga nisbatan
«O‘zagrosug‘urta» DASK 11,5; «Kafolat» DASK 5,8; (tadqiqot
obyekti bo‘lgan 4 ta sug‘urta tashkilotlaridan tashqari) boshqa sug‘urta
tashkilotlari hisobiga 65,8 martaga ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
bo‘yicha javobgarlik hajmi ortganligini ta’kidlash lozim. Shunday
natijalarga erishilganligi sababli, «O‘zbekinvest» EIMSKdan tash-
qari, boshqa sug‘urta tashkilotlarining umumiy javobgarlik hajmidagi
ulushlari 60,3 foizni tashkil etganligi kuzatildi.
2002-yil ma’lumotlari tahlilidan kelib chiqib, shuni qayd etish
lozimki, mol-mulkni risklardan sug‘urtalashga talab ortib borayotgan
hozirgi vaqtda, ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta
tashkilotlarining sug‘urtaviy javobgarlikni («O‘zbekinvest» EIMSKdan
tashqari) ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari faollashib bormoqda.
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy javobgarlik
sug‘urtasi bo‘yicha javobgarlik hajmining ortishi tadbirkorlik risklari
sug‘urtasi bilan uzviylikda kechadigan jarayon bo‘lib, bu borada
«O‘zbekinvest» EIMSKning 1999-yilda 65,8; 2000-yilda 69,8 foiz
ulushi bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yilda bu ko‘rsatkich 2000-yildagiga
nisbatan 17 martaga kamaygan, 2002-yilda oldingi yilga nisbatan
2,2 martaga ortganligiga qaramasdan, u hamon 2000-yildagiga
nisbatan 12,9 martaga kamdir. Bu borada «Madad» SA ham 1999-
yilda 14,6; 2000-yilda 12,7 foiz ulushlariga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2001—
2002-yillardagi uning bu ko‘rsatkichi oldingi yilga nisbatan o‘rtacha
35 foizga kamayganligi kuzatildi. Bu holat ular o‘z o‘rinlarini boshqa
sug‘urta tashkilotlariga bo‘shatib berayotganliklarini ko‘rsatadi.
Boshqa sug‘urta tashkilotlarining 1999-yildagi jami ulush
ko‘rsatkichlari 19,1; 2000-yilda esa, u 16,8 foiz bo‘lgan yoki oldingi
yilga nisbatan 2,3 punktga kamaygan. 2001-yilda boshqa sug‘urta
tashkilotlarining ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha
ko‘rsatkichlari 85,7 foizni tashkil etgan yoki 2000-yildagiga nisbatan
5,1 martaga keskin o‘sishi, 2002-yilda 2001-yilga nisbatan 7,9
punktga kamayishi kuzatilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, shuni
ta’kidlash lozimki, mamlakat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtaviy
javobgarlik bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sishga
erishishlari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta
bo‘yicha mukofot tushumlaridagi ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlili

8 3
ularning keltirilgan yillarda mos ravishda o‘sib borayotganligini
ko‘rsatdi. Xususan, «O‘zbekinvest» EIMSK 2000-yilda oldingi yilga
nisbatan 2,3; 2001-yilda 1999-yilga nisbatan 7,7; 2002-yilda esa 15,9
martadan ortiqroq summadagi mukofotlar tushumiga ega bo‘lgan.
Ammo «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» DASKlar, «Madad» SA va
boshqa sug‘urta tashkilotlari tomonidan barqaror ravishda mukofot
tushumlari o‘sishiga erishilmagan yoki mukofot summalari birmuncha
kamayishiga ham yo‘l qo‘yilgan. Masalan, «Kafolat» DASK bo‘yicha
2000-yilda oldingi yilga nisbatan 3,2; 2001-yilda 1999-yilga nisbatan
14,8 foiz mukofot tushumlari kam jamlanganligi aniqlandi. 2002-
yilda kompaniyaning bu boradagi ko‘rsatkichi 55,9 foiz o‘sganligi
kuzatildi.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha qoplama to‘lovlaridagi ulush
ko‘rsatkichlari o‘sishi «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga 2000-yilda
oldingi yilga nisbatan 7,2; 2001-yilda 1999-yilga nisbatan 10; 2002-
yilda 41,1 martadan ko‘proq summadagi to‘lovlar to‘g‘ri kelgan.
«O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» DASKlar, «Madad» SA
tomonidan 1999-yilga nisbatan 2001-yilda amalga oshirilgan qoplama
to‘lovlari summasining foiz ko‘rsatkichlari kamayganligi kuzatildi.
Masalan, «Kafolat» DASK tomonidan 2001-yilda 1999-yilga nisbatan
bu ko‘rsatkich 36,6 foizga kamaygan. 2002-yilda «Madad» SA
bo‘yicha 1999-yilga nisbatan 4,6 martaga qoplama to‘lovlari ortgan
bo‘lsa, «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» DASKlar tomonidan qopla-
ma oldingi yillarga nisbatan ko‘proq to‘langanligini qayd etamiz.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha keltirilgan yillarda amalda
bo‘lgan shartnomalar sonidagi o‘sishlar turlicha bo‘lgan. Xususan,
2001-yilda 1999-yilga nisbatan amalda bo‘lgan shartnomalar soni
«O‘zbekinvest» EIMSKda 60,9; «Kafolat» DASKda 28,1; boshqa
sug‘urta tashkilotlari bo‘yicha 11,7 foizga kamaygan. 2002-yilda
shartnomalar 1999-yilga nisbatan «Kafolat» DASK tomonidan
47,1; «Madad» SA tomonidan 72,2 foizga kam tuzilgan. Bu holat,
asosan, yakka tartibda tuzilgan shartnomalar soni kamayishi
hisobiga yuz berganligi bilan izohlanadi.
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtaviy javobgarlik
ulushidagi o‘sishlar faqat «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga 1999-
yilga nisbatan 2000-yilda 126,5; 2001-yilda 152,2 foizga, 2002-
yilda 5,6 martaga ortganligi kuzatildi. 2001-yilda «O‘zagrosug‘urta»
va «Kafolat» DASKlar hamda «Madad» SA bo‘yicha sug‘urtaviy
javobgarliklar hajmi keskin kamaygan. Masalan, «O‘zagrosug‘urta»

8 4
DASKda 94,5; «Madad» SAda 94,3 foiz miqdorida kamayganligi
kuzatildi. 2002-yilda «O‘zagrosug‘urta» DASK bu borada keskin
o‘sishga erishganligi aniqlandi.
Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
bo‘yicha mukofot undirilishidagi ulush ko‘rsatkichlari 1999—2002-
yillardagi o‘sishining tahliliga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki,
«O‘zbekinvest» EIMSK tomonidan bu borada samarali faoliyat olib
borilganligi natijasida 2000-yilda oldingi yilga nisbatan 16,5; 2001-
yilda 1999-yilga nisbatan 62,9 foizga, 2002-yilda bu ko‘rsatkich bazis
yiliga nisbatan 8,7 martaga ortganligi aniqlandi. «O‘zagrosug‘urta»
va «Kafolat» DASKlarning ko‘rsatkichlari, mos ravishda, 2000-yilda
oldingi yilga nisbatan 24,5; 16,9; 2001-yilda esa, 1999-yilga nisbatan
57,8; 39,7 foizga kamayganligi kuzatilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar
2002-yilda 2,4; 3,5 martaga ortganligi aniqlandi. 1999—2001-yillar
nisbatida «Madad» SAning ko‘rsatkichlari keskin kamaygan, ya’ni
2000-yilda oldingi yilga nisbatan 91,7; 2001-yilda 1999-yilga nisbatan
94,7 foiz mukofot kam jamlangan. 2002-yilda esa, bu ko‘rsatkich
1999-yilga nisbatan 37 punktga pasaygan. Bu ko‘rsatkich agentlik
uchun 2001-yilga nisbatan ijobiy hisoblansa-da, bu borada u o‘z
faoliyatini takomillashtirishi lozimligi ko‘zga tashlandi.
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari
tomonidan amalga oshirilgan qoplama to‘lovlaridagi ulush
ko‘rsatkichlarining o‘sishi 1999-yilga nisbatan 2000-yilda «Kafolat»
DASKda yaqin 6,2 marta ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, «O‘zagrosug‘urta»
DASK hisobidan to‘langan qoplama summalari 4,3 foizga
kamaygan, «Madad» SA tomonidan 1999—2001-yillarda amalga
oshirilgan qoplama hajmi o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 2002-yilda
oldingi yillarga nisbatan qoplama summasi 32,9 foiz kam to‘langan.
«O‘zbekinvest» EIMSK tomonidan 1999-yilga nisbatan 2000-
yilda 98,5 foiz; 2001-yilda 64,5 foiz darajasidagi qoplama to‘lovlari
summasi mijozlarga to‘langan. 2002-yilda kompaniya tomonidan
qoplama to‘lovlari 1999-yilga nisbatan 4,1 martaga keskin ortgan.
Boshqa sug‘urta tashkilotlari hisobidan 2000-yilda oldingi yilga
nisbatan qoplamalar 63,6 foizda amalga oshirilgan. 2001-yilda
1999-yilga nisbatan qoplama 2,2 martaga kam to‘langan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2002-yilda 11,8 martaga ortganligi aniqlandi. Kel-
tirilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 1999—2002-yillarda
mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatgan sug‘urta tashkilotlari turli
summalarda qoplama to‘lovlarini amalga oshirgan. Ehtimollikka

8 5
ko‘ra, qoplama to‘lovlari summasini oldindan aniqlashtirib borish
orqali risklar darajasi va ko‘lamiga mos ravishda sug‘urta zaxirasini
shakllantirish sug‘urta tashkilotlari faoliyatining moliyaviy bar-
qarorligini ta’minlashning muhim omili bo‘lib qolmoqda.
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi shartnomalari sonidagi o‘sishlar
ko‘rsatkichiga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, 1999—2002-
yillarda «O‘zagrosug‘urta» DASK tomonidan 1999-yilga nisbatan
2000-yilda 17,0; 2001-yilda 10,2; 2002-yilda 27,0 foizga son
jihatdan ko‘proq shartnomalar tuzilishiga erishilgan. Ixtiyoriy mol-
mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzishda 2000-yilda oldingi
yilga nisbatan «O‘zbekinvest» EIMSK 32,0; «Madad» SA 2,0;
boshqa sug‘urta tashkilotlari 2,5 marta son o‘sishiga erishgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich «Kafolat» DASKda 96,2 foizga kamaygan. 2001-
yilda «O‘zagrosug‘urta» DASKdan boshqa barcha sug‘urta tashki-
lotlarida shartnomalarning son ko‘rsatkichlarida kamayish an’anasi
kuzatilgan bo‘lsa, 2002-yilda «O‘zbekinvest» EIMSK 26,5;
«O‘zagrosug‘urta» DASK 27,2 foiz darajasidagi o‘sishga erishilgan.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan 1999—2002-yillarda ixtiyoriy
shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtaviy javobgarlikning o‘sish
ko‘rsatkichlari 2000-yilda, asosan, «O‘zbekinvest» EIMSKda 4,7
marta; «O‘zagrosug‘urta» DASKda 14,3 foizga; boshqa sug‘urta
tashkilotlarida («Kafolat» DASKda va «Madad» SAdan tashqari)
2,3 martaga ortganligi kuzatildi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi mulkiy sug‘urta bo‘yicha
ko‘p sug‘urta mukofoti yig‘ishga erishgan?
2. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi mulkiy sug‘urta bo‘yicha
ko‘p sug‘urta qoplamalari to‘lashga erishgan?
3. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi mulkiy sug‘urta qilish
bo‘yicha ko‘p sug‘urta shartnomalari tuzishga erishgan?
4. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi shaxsiy sug‘urta bo‘yicha
ko‘p sug‘urta mukofoti yig‘ishga erishgan?
5. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi shaxsiy sug‘urta bo‘yi-
cha ko‘p sug‘urta qoplamalari to‘lashga erishgan?
6. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi shaxsiy sug‘urta qilish
bo‘yicha ko‘p sug‘urta shartnomalari tuzishga erishgan?
7. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi javobgarlik sug‘urtasi
bo‘yicha ko‘p sug‘urta mukofoti yig‘ishga erishgan?
8. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi javobgarlik sug‘urtasi
bo‘yicha ko‘p sug‘urta qoplamalari to‘lashga erishgan?

8 6
9. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi javobgarlik sug‘urtasi
qilish bo‘yicha ko‘p sug‘urta shartnomalari tuzishga erishgan?
10. Eng yirik sug‘urta kompaniyalaridan qaysi biri majburiy sug‘urta bo‘yicha
sug‘urta mukofotlari to‘plashga erishgan?
11-mavzu. Sug‘urta bozori infratuzilmasi
Sug‘urta bozori infratuzilmasi tushunchasi va uning vazifalari.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining tarkibi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy is-
lohotlar sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarilmoqda. Bu jarayonda sug‘urta
faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topmoqda.
Sug‘urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida
uning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan,
sug‘urta faoliyatida risklar transferi ham, o‘z navbatida, bozor
infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
Shu o‘rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug‘atlarda
turlicha: masalan, «asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat
ko‘rsatuvchi iqtisodiy tarmoqlar yig‘indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa
xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi
tarmoqlar majmuasi»
1
 kabi ma’nolarda qo‘llanilishini qayd etish
mumkin. Xususan, sug‘urta bozori infratuzilmasining mazmun-mo-
hiyatini ochib berishda, iqtisodiyot subyektining samarali faoliyat
yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari
majmuasi nazarda tutiladi. Ma’lumki, sug‘urta mahsuloti sotilishining
o‘ziga xos jihatlari mavjud va bu jarayon:
— sug‘urta riski haqida axborot to‘plash va uni aniqlashtirish;
— sug‘urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini
ta’minlash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Sug‘urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari
o‘ziga xos bilimni talab etadi. Ayni vaqtda obyektiv va subyektiv
sabablarga ko‘ra, ma’lum qisqa davr oralig‘ida talab etilayotgan
mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga kiritilishi iqtisodiy
jihatdan samarasiz hisoblanishi ham mumkin. Shuning uchun
kompaniya o‘z faoliyatida, odatda, boshqa soha mutaxassislari
Sug‘urta bozori
infratuzilmasi
tushunchasi va uning
vazifalari

Ïîä. ðåä.
 Òóðáèíîé Ê. Å. «Òåîðèÿ è ïðàêòèêà ñòðàõîâàíèÿ», Ó÷åáíîå
ïîñîáèå, Ì.: «Àíêèë», 2003,  ñ. 173.

8 7
xizmatidan foydalanadi. Demak, ta’kidlash mumkinki, sug‘urta
bozori infratuzilmasi uning professional ishtirokchilari va boshqa
soha mutaxassislari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifatida
sug‘urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini
ta’minlovchi omil sanaladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining o‘ziga
xosligidan kelib chiqib, shuni qayd etish
mumkinki, uning tarkibiga sug‘urta vosi-
tachilari, sug‘urtachilar uyushmasi, avariya komissari, syurveyer,
aktuariy, sug‘urta auditori, maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar
hamda baholovchi firmalar kabi subyektlar kiradi (8-chizma). Shu
o‘rinda, London sug‘urta bozori infratuzilmasi tarkibiga sug‘urta
anderrayterlari ham kiritilganligini qayd etish mumkin.
Sug‘urta bozori infra-
tuzilmasining tarkibi
8-chizma. Sug‘urta bozori infratuzilmasining subyektlari.

8 8
Ularning har biri sug‘urta bozorida o‘ziga xos o‘ringa egadir.
Masalan, aktuariy sug‘urta xizmatlari narxini aniqlashda
qatnashuvchi subyekt sanaladi. Bunda, u katta sonlar va ehtimollik
qonunlari, shuningdek, statistik ma’lumotlardan foydalanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari aktuariy
faoliyatisiz sug‘urta xizmatlariga iqtisodiy asoslangan narxlarning
belgilanishini ta’minlay olmaydi. Aktuariy sug‘urta faoliyatini stra-
tegik rejalashtirish, sug‘urta sohalari, klass(tur)lari, shuningdek,
kompaniya bo‘yicha sug‘urta portfeli tarkibi va sifatining tahlili
kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda sug‘urta
tashkilotining hisoboti, uning vakolatli shaxslaridan tashqari,
aktuariy tomonidan ham tasdiqlanishi talab etiladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining yana bir asosiy subyekti —
bu avariya komissaridir. U sug‘urta hodisasi yuz berganidan so‘ng
shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatda
ishtirok etadi. Ta’kidlash mumkinki, avariya komissari sug‘urta
tashkiloti bilan tuzgan shartnomasi asosida faoliyat yuritadi. U
sug‘urta tashkilotining vakili sifatida sug‘urta hodisasi oqibatida
zarar ko‘rgan mulkni ko‘rikdan o‘tkazadi, uning ko‘lami va sa-
bablarini aniqlaydi hamda avariya sertifikatini tuzadi. Ba’zi
mamlakatlarda sug‘urta tashkiloti tomonidan avariya komissariga
ma’lum limit doirasida yo‘qolgan mulkni qidirish xarajatlarini
amalga oshirish huquqi ham berilishi mumkin.
Mamlakatimizda aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotining o‘zi
yoki hodisaning turiga qarab, tegishli tashkilot (yo‘l patrul xizmati,
baholovchi tashkilot va boshqa)lar tomonidan avariya
komissarining vazifasi bajarilmoqda. Bu holat, albatta, sug‘urta
xizmatining sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozori jadal sur’atlar bilan
rivojlanmoqda. Mazkur jarayonda avariya komissari faoliyatining
yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi turli subyektlarning sug‘urtaga
bo‘lgan ishonchlari ortishiga omil bo‘ladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida avariya komissari bilan
«yonma-yon» syurveyer va dispasherlar kabi subyektlar ham
faoliyat ko‘rsatadi. Syurveyer — bu maxsus ekspert bo‘lib, u
sug‘urta obyektlarini sug‘urta tashkiloti so‘roviga asosan ko‘rikdan
o‘tkazuvchi subyekt sanaladi. U sug‘urtalanuvchi tomonidan
obyektni ko‘rikdan o‘tkazish uchun jalb etilishi ham mumkin.
Ta’kidlash lozimki, uning avariya komissari bilan o‘zaro o‘xshash

8 9
hamda o‘ziga xos farqli tomonlari ham mavjud. Bundan tashqari
syurveyerning ixtisoslashganlik darajasi, odatda, avariya
komissariga nisbatan yuqori hisoblanadi. Shuning uchun avariya
komissari ham ba’zan syurveyer xizmatidan foydalanadi.
Sug‘urta bozorida avariya komissari va syurveyer bilan
birgalikda dispasher ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Mazkur
faoliyat dengiz sug‘urtasi bilan bog‘liqligi sababli asosan dengiz
bo‘yi davlatlarida rivojlangan. Mol-mulk yoki boshqa obyektlar
dengiz orqali manzilga yetkazilish jarayonida yuz berishi ehtimol
bo‘lgan, turli risklardan sug‘urtalanadi. Ma’lumki, dengiz
transportida bir necha subyektlarning mol-mulki yuklangan hamda
ular sug‘urtalangan bo‘lishi mumkin. Dengizda sug‘urta hodisasi
yuz berishi oqibatida mulklarning zararlanishi umumiy avariya
deb nomlanadi.
Umumiy avariya holatida har bir mulk egasi qancha zarar
ko‘rganligini aniqlash lozim bo‘ladi. Aynan shunday faoliyatni
dispasher amalga oshiradi hamda u ko‘rilgan zararni hisoblash va
uni xolisona taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi.
Zarar hisobi bo‘yicha tuzilgan hujjat 
dispasha deb ataladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida sug‘urta vositachilari
professional ishtirokchilar sifatida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.
Ular sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik
faoliyatini amalga oshirish borasida muhim subyektlar hisoblanadi.
Sug‘urta vositachilarining tarkibiga sug‘urta agentlari, sug‘urta
va qayta sug‘urta brokerlari kabi subyektlar kiradi. Xususan,
sug‘urta agenti bu sug‘urta tashkilotining nomidan yoki uning
topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining tuzilishi va uning
ijro etilishini tashkil etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Sug‘urta brokeri esa sug‘urtalanuvchining nomidan yoki uning
topshirig‘iga asosan shartnomani tuzish va uning amal qilishi bilan
bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadi.
Sug‘urta vositachilari sug‘urta mahsulotini sotish bo‘yicha maxsus
tizimga ega bo‘lib, sug‘urta bozorining o‘ziga xos infratuzilmasini
tashkil etadi.
Sug‘urtachilar uyushmasi unga a’zo bo‘lgan subyektlarning
manfaatlariga xizmat qilish maqsadida (masalan, 1985-yildan
boshlab faoliyat ko‘rsatayotgan Britaniya sug‘urtachilar
assotsiatsiyasi singari) tashkil etilishi mumkin bo‘lgan sug‘urta
bozori infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mazkur

9 0
uyushma (assotsiatsiya) ning vazifasi keng ko‘lamli bo‘lib, u sug‘urta
sohasiga oid bilimlarni ommalashtirish, maxsus bukletlar, statistik
ma’lumotlarni nashr etish kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida auditorlik tashkilotlari ham
o‘ziga xos o‘ringa ega. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-
mayda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga
muvofiq sug‘urta tashkilotlari ham auditorlik tekshiruvidan o‘tishlari
majburiy qilib belgilab qo‘yilgan. Auditorlik tekshiruvi sug‘urta
tashkilotining so‘roviga asosan amalga oshiriladi. Uning natijasiga
ko‘ra, auditor sug‘urta tashkilotining moliyaviy ahvoli yuzasidan
o‘z xulosasini beradi. Mazkur xulosada sug‘urta tashkilotining
moliyaviy holati aks ettiriladi. Sug‘urta tashkiloti auditor taqdim
etgan xulosadan kelib chiqib, o‘zining moliyaviy holatini yaxshilash
strategiyasini ishlab chiqadi hamda uni amalga oshiradi.
Sug‘urta faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lib,
maxsus (masalan, tijorat banklari buxgalteriyasi kabi) buxgalteriya
hisobini yuritish tartibini ishlab chiqishni talab etadi.
Shuni qayd etish lozimki, sug‘urta faoliyatini tekshiruvchi
auditor bu soha yuzasidan maxsus bilimga ega bo‘lmasa, tomonlar
o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan,
sug‘urta faoliyatini rivojlantirishda uning o‘ziga xos bo‘lgan
buxgalteriya hisobini yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan tashqari, maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar
ham sug‘urta bozori infratuzilmasining subyekti sifatida faoliyat
yuritishlari mumkin. Mazkur subyektlar jumlasiga ixtisoslashgan
va keng qamrovli maslahat byurolari, advokatlik hamda baholovchi
firmalarni kiritish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash mumkinki,
mamlakatimizda maslahatchilik xizmatining rivojlanganlik dara-
jasi hozirda yuqori emas va mazkur mutaxassislar sug‘urta faoli-
yatida deyarli ishtirok etishmayapti.
O‘zbekistonda 2004-yilning yakuniga ko‘ra, sug‘urta muko-
fotlari 32,9 mlrd so‘mga yaqin summani tashkil etdi. 2005-yil bu
ko‘rsatkich yanada ortdi. Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston sug‘urta
bozorining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganidan dalolat
beradi. Mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish
uning xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni hamda ularning sifati-
ni oshirishni taqozo etadi.
Xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor
infratuzilmasi sug‘urta bozori infratuzilmasini shakllantirish bilan

9 1
bir butunlikda kechadigan jarayondir. O‘zbekistonda sug‘urta
bozori infratuzilmasining shakllantirilishi birmuncha o‘zgacha
tarzda kechmoqda.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida alohida mustaqil faoliyat
ko‘rsatishi lozim bo‘lgan sug‘urta vositachilari, auditorlari, sug‘urta
obyektlarini baholovchi (ekspert)lar hamda boshqa subyektlar,
xorijiy amaliyotdagidan farqli ravishda, mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga biriktirilgan. Garchi,
sug‘urta bozori infratuzilmasining rivojlanishi sust kechayotgan
bo‘lsa-da, sug‘urta tashkilotlarining o‘z infratuzilmasini rivojlan-
tirishga bo‘lgan harakatlari ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, bu
borada «O‘zbekinvest» EIMSKning yetakchi bo‘layotganini, uning
qoshida «Sug‘urta olami» nomli sug‘urta biznesini o‘qitish va
«Innovatsiya va sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish» markazlari,
«O‘zbekinvest Eksiminform» marketing hamda «O‘zbekinvest
Assistans» servis agentliklari «O‘zbekinvest Sarmoyalari»
investision kompaniya, shuningdek, boshqa sho‘ba korxonalar
samarali faoliyat ko‘rsatayotganligini qayd etish mumkin.
Sug‘urta bozori infratuzilmasini shakllantirish va uning
subyektlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillash-
tirish O‘zbekistonda sug‘urta bozori taraqqiyotini yangi rivojlanish
bosqichiga olib chiqadi. Xususan, mamlakatimizda sug‘urtachilar
uyushmasini tashkil etish, aktuariy, syurveyer kabi subyektlarning
faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu jarayon sug‘urta bozori infratuzilmasi
subyektlarining alohida ixtisoslashuvini hamda ularning faoliyatini
o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish