196
4)
Z4 – bilimlarni aks ettirish tillirida yozilgan bilimlar (produksion tillar,
semantik to’rlar, freymlar);
5)
Z5 – informasiyani saqlovchi vositalardagi bilimlar bazasi.
Predmet sohasi bo‘yicha aks etgan ma’lumotlar va bilimlar ko‘lamiga qarab
uning ramz, til, formal sistema va sun’iy intellekt darajasidagi modellarini farqlash
mumkin. Ramz (timsol, belgilovchi, ruscha – znak) –
biror predmetni bildiruvchi
moddiy-sezib idrok etiladigan predmetlar. Masalan: ko‘cha harakati qoidasi
ramzlari, so‘zlar, so‘z birikmalari, sonlar, nomlar, harflar, chiziqlar, imo-ishoralar,
tovushlar, rasmlar, sxemalar va shunga o‘xshashlar – ramzlardir.
Ramz sintaksis
(berilish, ifodalash qoidasi), semantika (ma’no) va pragmatika (ramz bilan undan
foydalanuvchi shaxs orasidagi munosabat) bilan xarakterlanadi va albatta
belgilanuvchi predmetni bildiradi. Ramzning simvoldan
farqi unga belgilanuvchi
predmet mos qilib olingani va shu bois u ma’noga egaligidir. Har qanday simvol,
litera, harf, sonni ramzga aylantirish uchun unga belgilangan predmetni ko‘rsatish
kifoya [5].
Tabiiy tilda (ona tili + matematika tili) ishlatiladigan so‘zlar, so‘z
birikmalari, sodda gaplar va ularni bildiruvchi va matematikaviy ifodalar predmet
sohasidagi ob’ekt, mohiyat, bog‘lanishlarda qatnashadigan unsurlarni belgilaydi va
bildiradi. Bu yerda avval aytganimizdek predmet deganda olamda nimaiki bor
bo‘lsa va fikrlanishi mumkin bo‘lsa o‘sha tushuniladi). Tabiiy tilda ob’ekt so‘z va
so‘z birikmasi bilan belgilanadi.
Misol:
Robot, a-nuqta, tuz, suv, tok, qarshilik, kuchlanish.
Mohiyat ramzi so‘z, so‘z
birikmasi, gap qismi yoki gap bilan belgilanadi.
Misol: turibdi, robot a nuqtada tursin (“robot”, “a nuqta”| ob’ekt bo‘lmagan
hol uchun), eriydi, tuz suvda eriydi (“tuz” va “suv” ob’ekt hisoblanmagan hol
uchun), teng, ko‘paytma teng, tokni qarshilikka ko‘paytmasi kuchlanishga teng:
(“tok”, “qarshilik”, “kuchlanish” ob’ekt hisoblanmagan hol uchun).
Bog‘lanish yordamchi so‘z, so‘z birikmasi, tinish belgilari bilan belgilanadi.
Masalan: va, yoki, emas, oqibat, demak.
197
Ob’ekt ramzini termin yoki ob’ektni ko‘rsatilgan term deymiz.
Matematikada, mantiq fanida va sun’iy tillarda ob’ektning (predmetning) simvoli
term deyiladi. Term – termin so‘zidan qisqartirib olingan bo‘lib, ma’nosi hisobga
olinmagan, belgilanuvchisi ko‘rsatilmagan belgilovchidir.
Mohiyat belgilovchisi umumiy holda «mohiyat ramzi» deb,
mohiyat xossa
yoki munosabat deb qaralganda esa “predikat ramzi” deb ataladi.
Predikat, lotinchada “predicatum” – “aytilgan” degani, tor ma’noda xossa,
keng ma’noda munosabat, ya’ni bir necha predmetning o‘zaro xossasi demakdir.
Mantiq fanida predikat-argumentlari o‘zgaruvchilar (to‘g‘rirog‘i, almashuvchilar)
bo‘lgan shunday predikat simvoli
bilan belgilangan funktsiyaki, uning
almashuvchilari aniqlanganda va predikat simvoli
predikat ramzi bilan
almashganda biror ma’noga ega tugal fikrni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: