ikkinchidan, ularning tarbiyalanganlik darajasini tashxislay- digan va xulqiy nuqsonlarini qorrekciyalaydigan mavjud metodi- kalar chuqur taqlil etilib, ulardan amalda foydalanish tizimi ishlab chiqilganda;
187
uchinchidan, yoshlar uchun yaxlit uzluksiz tarbiya tizimini ta’minlaydigan metodik majmualar yaratilganda; -
to 'rtinchidan, turli tarbiyaviy tadbirlar (suhbatlar, kechalar, treninglar, sport-shoulari, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bellashuvlar) uyushtirilib, ularning imkoniyati, qiziqishlari, kamolot bosqichlari, jinsiy tafovutlari inobatga olingan holda turli jamiyat, klub va to‘- garaklarga jalb qilinganlarida;
beshinchidan, ularning intellektual rivojlanishlari va qobili- yatlari, oila, mahalla, guruh va o‘quv muassasadagi pedagogik-psi- xologik muhit atroflicha o‘rganilganda, oliy va o'rta ta’lim maktabi bilan oila hamkorligi rivojlantirilganda;
oltinchidan, ijtimoiy pedagog nufuzi va imtiyozlari yuqori darajaga ko‘tarilganda;
уettinchidan, barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasa- larida ijtimoiy pedagog ishchi o‘mi joriy qilinib, ularning maxsus dastur va reja asosida faoliyat ko'rsatishlari uchun qulay imko- niyatlar yaratilsa, pedagogik diagnostika va korreksiyalash markaz- lari tashkil qilinsa, yoshlaming bilim olish va tarbiyalanganlik da- rajasini diagnostika qilish va xulqini korreksiyalash jarayoni sa- marali kechishi mumkin.
«0‘zining maqsadi, vazifalari, tatbiq qilish sohasi bo'yicha pedagogik diagnostika hamisha mustaqil yo'nalish bo'lgan. Ammo hanuzgacha pedagogik diagnostikani mavhum va turli bahs-muno- zaralarga sabab bo'luvchi yo'nalish, uni «dastur sifatidagina qabul qilish mumkin», - deb hisoblaydigan olimlar ham yo‘q emas. Shu sababli bugungi kunda «pedagogik diagnostika» atamasining bir necha talqinlari mavjud bo‘lib, ular mazmun-moqiyatiga ko‘ra xilma-xildir.
Bir qator tadqiqotchi olimlar (G. Royleke, R. Rollet, K. Leon- gard, A. Bass, A.E. Lichko, A. Shmelev) pedagogik diagnostikani: «Pedagogik faoliyatni optimallashtirishda, qulaylashtirishda zarur bo‘lgan axborotni qo‘lga kiritish jarayoni» (34, 54), - deb ta’kidlay- dilar.
X. Feger, N. Petillon, V. Bogaskiylar pedagogik diagnostikani psixologik diagnostikadan ajralib chiqqan, degan fikmi ilgari suri- shadi.
* Ya. Yirasek, A. Kern yoshlaming bilim olishga moyilliklarini aniqlovchi yo'naltiruvchi testlari, D.B. Elkoninning «Grafik dik-
188
Maktab yoshidagi bolalarni qaddi-qomatini to‘g‘ri-mutanosib shakllantirish, suyak-bo'g'inlarini va muskullarini uyg‘unlashgai> tarzda rivojlantirish, yurak-qon tomir hamda nafas olish a’zolarini, asab tolalari majmuasini mustahkamlash muhim.
Tana a’zolarini mo'tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriy- dir. Qadimda xalqimiz badantarbiyani riyozat deb atashgan Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog‘liqni saqlashda ulug'- vor usuldir», deydiki, bu fikr: «Kimki qilsa harakat-sog‘lig‘ida bo‘- lar barakat» degan naqlni eslatadi. Ulug‘ mutafakkiming «Tibbiy doston» («Uijuza») asarida riyozat-badantarbiyasi haqida batafsil fikr bildirilgan. Olim jismoniy mashqlar bilan o'rtacha shug'ullanish sog'liqqa foydali ekanligini bunday ta’riflaydi:
«Bilsang riyozat turlari necha-necha Sharofatli bo‘Iur esa u o'rtacha.
To‘g‘ri va mo'tadil bo'lib o'sgay badan Kir-chir ila chiqindidan qutular tan».
Buyuk donishmand jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xidlaming yig'ilishiga sabab bo'lishini alohida uqtirib, bunday deb yozadi:
«Riyozatsiz yotishdan ko'p topma rohat,
Bu rohatdan topolmassan hech manfaat.
Jim yotsang iflos xilt-la to'lar badan,
G'izocha hech hozirlanmas biror maskan».
Jismoniy mashqlaming sihat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D. Adisson bunday ta’riflaydi: «Mutolaa asl uchun qancha zarur bo'lsa, jismoniy mashqlar ham badan uchun shuncha zarur deydi.
Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila ba- danimning muvozanatini to'g'rilab olaman.
Shuni ham aytish kerakki, o'quvchilaming sog'lig'ini jismoniy tarbiya darslari hamda maktab sharoitlarida o'tkaziladigan maxsus tadbirlar hisobigagina mustahkamlash qiyin. Chunki bu jarayon ota-ona, tarbiyachi, butun pedagoglar jamoasining ishi bo'lib, sog‘- lomlashtirish bilan bolalarni muntazam ravishda, butun yil davo- mida shug'ullantirish kerak.
177
0‘quvchilarda yangi harakat turlariga qiziqish, ko'nikma va malakalar hosil qilish, ulami maxsus bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 0‘sitish jarayonida o‘quvchiiar harakat, ko'nikma va malakalarini egallaydilar. Bu malaka va ko'nikmalar jismoniy tarbiyalar bo‘yicha tuzilgan o'quv dasturida nazarda tutil- gan bo‘lib, ulardan ba’zilari, masalan, tez yurish, yugurish, sak- rashlar amaliy mashqlardir. Shu bilan birga, bu mashqlar gimnas- tika asbob-anjomlarida mashq qilish, akrobatika, badiiy gimnastika harakatlarini muvofiqlashtirishga, shuninigdqk, yangi harakatlarini osonroq va qisqa vaqt ichida o‘iganib olishga ko'maklashadi, ko‘- nikma va malakalar hosil qiladi.
Jismoniy tarbiya darslarining asosiy vazifalaridan bin - o‘quv- chilaming yoshiga, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish. Yuqorida aytilgan jismoniy sifatlar alohida mavjud bo‘lmay, balki ulardan bid u yoki bu faoliyat turida yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, harakatli va sport o‘yinlarida-chaqqonlik, qisqa masofaga yugurishda-tezkorlikni aytish mumkin. Maktab dasturi o‘quvchila- rining harakatlari, sifatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda ularining jismoniy rivojlanishlari va umumiy ish qobiliyatlarining ortishi uchun kerakli sharoitini yaratadi, albatta. Shu bilan birga, o‘quvchilarda ahloqiy-irodaviy sifatlarini tarbiyalash, xulq-atvor madaniyati ko'nikmalarini tarkib toptirish kerak.
0‘quvchilarda o‘z sog‘lig‘iga ongli munosabatni tarbiyalash zaruriy bo‘lib, bu ulaming ozoda-sarishtalik tartibida, gigiyena qoi- dalariga rioya qilishlarida, ertalabki gimnastika bilan shug'ulla- nishlarida hamda sport mashg‘ulotlarida muntazam qatnashishla- rida namoyon bo‘ladi. Badantarbiyaning sihat-salomatlikka foyda- sini o‘quvchi qancha yaxshi bilib olsa, unga bo‘lgan qiziqishi shun- chalik ortadi.
Mo‘tadil ravishda, o‘z vaqtida badantarbiya bilan shug‘ulla- nuvchi odam davolanishga muhtoj bo‘lmasligini chuqur anglab oli- shi kerak.
Olim va shifokorlarning kuzatishUaricha, badantarbiya tug'ma issiqlikni oshiradi. Chunki ular yengilgina issiqligini paydo qiladi, a’zolardan to'planuvchi chiqindilami yo‘qotadi.
Badantarbiya mashqlari tartibli va yo‘li bilan bajarilsa, fikmi uyg'unlashtiradi, qon yurishiga yordam beradi, hazmni yaxshilay-
178
di, asabni quwatlantiradi, tana haroratini orttiradi, zehnni charh- laydi.
Inson jismoniy sog‘lom va bardam-baquwat bo‘lsa, hayot go‘- zalliklarini idrok etadi, aql-zakovati yuksala boradi, atrof-muhitni ziyrak bo‘lib kuzatadi. Shu nuqtayi nazardan, insonning sog‘lom- baquwat boMishida badantarbiya muhim omil ekani aniq. Demak, bu tarbiya asliy, ahloqiy va estetik tarbiyaning zamini ekan. Ta’bir joiz bo'lsa, bir yerda turib qolgan ko'lmak suv hech foydasiz deyilsa, harakatsiz odam ham ko'lmak kabidir, sharqirab oqqan suvning o‘zi go‘zal bo‘lishi bilan biiga, dala-bog‘larini yashnatgani kabi, serharakat, jismoniy mashqlar bilan shug'ul-lanadigan odam- ning ham o‘zi (jismonan) go'zal, ham aqli go‘zal, ham odob-axloqi go'zal bo'ladi.
Badantarbiya insonni har tomonlama tetik, hushyor, qobilyatli bo‘lib kamolga yetkazadiki, donolar jismoniy tarbiya-go'zallik tar- biyasidir, deb bejiz aytishmagan.
Inson jismonan sog‘lom, har tomonlama yetuk rivojlanishi uchun ma’lum maqsadni ko'zlagan holda tejamli harakat qilishi, tabiat qo‘ynida yoki ozoda-shinam sport zalida harakatli mashqlar bilan shug‘ullanishi-bularning hammasi unda nafosat his-tuy- g‘usini, aqliy tushinchasini va didini tarbilaydi. Shubha yo‘qki, xilma-xil, aniq, ifodali bajarilgan jismoniy mashqlar estetik kechin- ma, hislami yuzaga keltiradi. Jismoniy mashqlami bajarish jarayo- nida harakatlar maqsadining ham shakl, ham mazmun jihatidan bir-biriga mos kelishi esa uning go‘zaligini ta’minlaydi.
Go‘zallik - bu awallo, harakatlarning sodda, yengil, izchil va tugal boMishidirki, o‘qituvchi ham o‘quvchi ham bunga intilsalar, nafosatga erishiladi. Albatta, jismoniy tarbiyaning vazifasi o‘quv- chida faqat go'zallikni idrok etishgina shakllantirish bo‘lib qolmay, balki ulami kishi harakatidagi bolalami jismoniy chiniqtirishda sinf rahbarlarining ma’suliyati katta. U jismoniy tarbiya o'qituvchisi bilan hamkorlikda bolalami muntazam ravishda ertalabki badan tarbiya qilishga odatlantiradi, maktabda jismoniy tarbiya bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga jalb etadi. Bolalami chiniqtirish masalasini faqat jismoniy tarbiya darslarida hal etib bo‘lmaydi. Jismoniy tarbiya bo'yicha olib boriladigan ishlar darsdan tashqari vaqtlarda, sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar jarayonida amalga oshiriladi.
179
Sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasida «Sport tinchlik elchisi», «Olimpiadachilar oramizda», «Donolar sport haqida», «O'zbek sportchilari - bizning faxrimiz» kabi mavzularda suhbatlar, sinf so- atlari, mashhur sportchiiar bilan uchrashuvlar tashkil etsa, bolalar jamoasida sog'lom turmush tarzini taig‘ib qilishga zamin yaratiladi.
Yosh avlodni jismonan chiniqtirishda o‘quv yurtlari rejasi bo'yicha o'tiladigan jismoniy tarbiya darslarining roli, ahamiyati beqiyos kattadir. To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya, shaxsning me’yoriy jismoniy taraqqiyotini ta’minlaydi, salomatligini mustah- kamlaydi, yoshlami mehnatga, turmushga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |