X ibragimov, sh. Abdullayeva


Qur’oni Karim va Hadisi Sharif huquqiy munosabtalami tash- kil etish manbayi sifatida



Download 0,76 Mb.
bet68/125
Sana12.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#781927
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
Qur’oni Karim va Hadisi Sharif huquqiy munosabtalami tash- kil etish manbayi sifatida. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqi ko‘p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg’ambar alayhissalom vafotlaridan so‘ng islom ola- mida yangi qonun va qoidalarning paydo bo'lish jarayoni to'xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammolar Qur’oni Karimda va Payg’ambar alayhissalom sunnatlarida ko‘rsatib bergan qonun va qoidalar asosida hal etilib huquqiy tarbiya beriladigan bo‘ldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni Karim va sunnati Naboviya asosida shakllanadi va sunnatning negizini tashkil etuv- chi hodisalami jamlab kelajak avlodning huquqiy ehtiyoji vujudga keladi. Buyuk islom olimi faqih Burhonuddin-al Marg'iloniy Qur’oni Karim va hadis ilmini mukammal egallab, fiqh-islom hu­quqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo'lgan va hu­quqiy tarbiya sohasida beqiyos durdona hisoblangan «А1 Hidoya» asarini 573-yil (milodiy 1170-y) da yozgan. «А1 Hidoya» bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlarida, jumladan Mar­kaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asosiy manbalardan biri bo‘ldi.
Bugungi kunda mamlakatimiz mustaqil demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan borayotganligini quyidagicha asoslab berish mumkin:

  • istiqlol mafkurasi umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etishi va ulardan oziqlanishida ham ko'rish mumkin;

  • qonun ustuvorligi;

  • inson haq-huquqlari va hur fikrlilik;

  • turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;

  • diniy bag‘rikenglik;

  • dunyoviy bilimlaiga intilish, ma’rifatparvarlik;

165
• o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish va hakozo.
0‘zbekiston insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning hu- quqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat. 1992-yil 8- dekabrda qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy tarbiyada asosiy dastur bo‘Iib xizmat qiladi. 0‘zbekiston Respublikasining mustaqil boMishi munosabati bilan maktablardagi ta’lim-tarbiya ishlari rivojlanib takomillashib borayotir. Mamlaka- timizda juda katta o'zgarishlar ro‘y berganligi yangi jamiyat barpo etilganligi natijasida qonunchilik va huquq tartibotini yanada mus- tahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hi- moya qilishni kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Har bir pedagog ta’lim bilan tarbiya berishga jiddiy e’tibor berishi lozim. 0‘quvchi yoshlaiga tarbiya berishda ularga yuksak fiiqarolik his-tuyg‘ularni sifat va xislatini tarkib toptirishda ta’lim va tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etgan. Maktabda o‘qiti- ladigan har bir fanning o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va imko- niyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foy- dalanish o‘qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, izlanishiga bog‘liq. Ta’limiy-tarbiyaviy omil va vositalar ko‘p. Shulardan biri davlat ramzlaridan darslarda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o'rinli foydalanishdir. Davlat ramzlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta’lim va tarbiya jarayonida ulaming ahamiyatini o‘quvchilaiga tushuntirish, ulaming xulq atvoriga chuqur ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda Davlat ramzlaridan foydalangan holda o‘quv tarbiya ishlarini tashkil etish muhim masalalardan biri. Hayotga qadam qo‘yuvchi har bir o‘smir o‘z respublikasining qomusini bilishi, unga amal qilishi kerak. 0‘quvchilarda 0‘zbekiston respub­likasi Madhiyasi, Gerbi va Bayrog‘iga nisbatan hurmat tuyg‘ulari tarbiyalanishi zarur.
Hozirgi davrda bolalar va o'smirlar o'rtasida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlaming yangi shakllari qo'llanilmoqda. Yoshlar o‘rta- sida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan hu- quqbuzarliklarni oldini olish borasida pedagogik faoliyatni yanada kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
166

  1. Umumiy ta’lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ'ib qila- digan xonalar tashkil etishga alohida ahamiyat berish.

  2. Barcha maktablarning sud, prokuratura, advokatura, birin- chi navbatda esa voyaga yetmaganlar inspeksiyasi va voyaga yet- maganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar bilan aloqa- larini mustahkamlash.

  3. Doimiy ravishda yangi tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ulami hayotga keng tatbiq etish. To‘pIangan ilmiy bilimlardan pedagogik tajribalarda oqilona foydalanish, o‘smirlarga davlatimiz qonunlariga muntazam rioya qilish ko‘nikmalarini singdirish huqu­qiy tarbiyaning samarali amalga oshirish garovidir.

Asrlar davomida insoniyat bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘ri-kenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.
Insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon er- kinligi ham qonun yo‘li bilan kafolatlanadi. "Taraqqiyotning o‘zbek modeli" - yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh qilishning chu- qur ilmiy asoslangan tamoyillaridan birida shunday deyiladi: «Jami- yat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlami hech istis- nosiz hamma hurmat qilishi va ulaiga og'ishmay rioya etishi lo- zim»I.
Shunday ekan, o‘quv-tarbiya jarayonida fuqarolik va vatan- parvarlik tarbiyasini amalga oshirish uchun o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ulami xalq, vatan, jamiyat uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish