Pedagogik diagnostika va korreksiya jarayonida shaxsning ta- fakkuri, ongi, hissiyoti, irodasi, qarashlari e’tibordan chetda qolsa, u holda maqsadga erishish qiyinlashadi.
«Muayyan bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mo- qiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi. U o'quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki illatini yo‘qotish maqsadida rejalashtiriladi»,- deb yozadi Fleyk Xobson o‘zining «Развитие ребёнка и его отношение с окружающими» asarida (82,185). Uning fikricha, shu xislatlami tarbiyalash yoki illatlami yo‘qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab to- piladi va belgilangan maqsadni ro‘yobga chiqarishga xizmat qila- digan nazariy va amaliy manbalaming qaysisini va qaerda ishlatish mumkinligi rejalashtiriladi.
Reja asosida o‘tkazilgan tarbiya moqiyati ta’lim-tarbiya tizi- mini, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyatini tashkil qiladi. Pedagogik diagnostika va korreksiya reja asosida, tizimli va maqsadli olib borilsa, komil insonni tarbiyalashdek asr- lardan beri azaliy orzuni amalga oshirish istiqbollari, imkoniyatlari ko'lami yanada kengayadi.
Islom Karimovning: «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, awalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon- irodasini, e’tiqodini mustapkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli kuchni tasav- vur qilaman» (5,73) deyishida chuqur nazariy va ilmiy ma’no bor.
Respublikamiz olimlari: R.Q. Jo'raHev, R.G‘. Safarova, X.I. Ibragimov, U.Q. Musayevlar tomonidan yaratilgan «Pedagogika fani Koncepsiyasi»da ham pedagogika fani ta’lim-tarbiya darajasi ham- da shaxsning ma’naviy qiyofasi, uni sotsiokorreksiya qilish yo‘llari va qonuniyatlari, insonning intellektual salohiyati orasidagi aloqa- dorlikni har tomonlama o'rganib, ilmiy jihatdan asoslab beri-shi kerakligi aloqida ta’kidlangan. «Bunda pedagogik diagnostika ham- da diagnostikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri-kognitiv diagnostika usulidan foydalanish ko‘zda tutiladi», deb alohida qayd etiladi. Xuddi shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda, o‘quv muassa- salari ta’lim-tarbiya ta’sirchanligini oshirish yo'llarini tadqiq etish taqozo etiladi.
185
7-b.
«Pedagogikada ilgari yetarli darajada e’tibor berilmagan yo‘na- lish-pedagogik diagnostika shaxsning ma'naviy qiyofasini sotsio- korreksiyalash, xususan, o‘qish va xulq-atvordagi nuqsonlami bar- taraf etish masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo'lib borishi bilan belgilanadi va u quyidagilarda o‘z aksini topadi:
Mafkuraviy tizimning o‘zgarishi, ijtimoiy yangilanish tar- biyalanganlikka yangicha yondashish, qarash, munosabat, mezon, talab, mohiyat, mazmun, shakl, atribut taqozo etishi.
Milliylik bilan diniylikning uyg'unlikka ega ekanligi, mil- latlararo munosabatlardagi bag‘rikenglik tarbiyalanganlik fenome- nologiyasi ko'lamini yanada kengaytirishni talab qilishi.
Bilimdonlik va tarbiyalanganlik zamonaviy pedagogik texno- logiyalar, interfaol yondashuv asosida talqin qilinishiga ijtimoiy zarurat tug‘ilishi.
Pedagogik tadqiqotlarda psixologik nazariya va amaliy-ilmiy apparatni qo'llanilishi, muhitga muvofiqlantirilishi tendensiyasi ku- chayishi.
Test, testologiya (prinsiplari, funksiyalari, parametrlari, in- terpretatsiyasi) hamda matematik statistika imkoniyatlaridan foy- dalanilishi, diagnostika, korreksiya turkumlari tatbiqiyligi namoy- ish etilishi.
Xulq-atvorda og‘ish, ya’ni deviant holati ko'lami kengayishi va uni bartaraf qilish ehtiyoji umumbashariy ahamiyat kasb etishi kabilar.
Yoshlar jamoasida pedagogik diagnostika va pedagogik korrek- siya ishlari metodik jihatdan to‘g‘ri yo'naltirilganda jamiyatning har bir a’zosi ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda, ulaming o'zligini anglashda, vatanpar- varlik va fidoiylik tuyg‘ularini, millatlararo totuvlikni, diniy bag‘- rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos boMgan fazilatlarni: sofdillik, to‘g‘ri so'zlik, adolatparvarlik, saxo- vatlilik, or-nomuslik, tantilik sifatlarini tarkib toptirishda ijobiy samaralaiga erishish mumkin.»I Bu yo'nalish mustaqil 0‘zbekis- tonning har tomonlama rivojlanishida, jamiyat a’zolarining ma’-
naviy-ma’rifiy hayotida paydo bo‘lgan muammolarini muvaffa- qiyatli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik diagnostikaning ilmiy-nazariy yo‘nalishini belgilash- da xorijiy olimlardan: Karixaync Ingenkamp, Ingo Xartman, Linert, Frike, Lyumann, Rorshax, Diderix, Xeginger, Baxmayr (Germa- niya); Bol’sho, Burk, Rollet, Royleke (Angliya); Joij Fisher, Jeyms Rays, T.Stoun (Amerika); A.V. Mudrik, V.D. Semyonova, G.N. Filova, S.D. Smirnov I.V. Dubrovina, Y. Langmeyer, G.M. Breslav, L.P. Fridman, E.I. Rogov (Rossiya), va tadqiq qilinayotgan muammoga daqldor o‘quv-uslubiy adabiyotlar, respublikamiz olim- lari: M. Quronov,R. Safarova, O. To'raeva, R. Mavlonova, V. Karimova, X.I. Ibragimov, O. Musurmonova, O. Qasanboeva, K. Zaripov va L. Maxmudovalarning pedagogik diagnostikaga oid tad- qiqotlari, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari, qarashlari salmoqli o‘rin tutadi.
Oliy, o‘rta maxsus va umumiy o'rta Ta’lim muassasalari taqsil oluvchilarining bilimdonlik darajasini diagnostika qilish masalalari muayyan darajada o'rganilgan bo‘lsa-da, lekin bugungi kunga qadar yoshlaming tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish va xulqiy nuqsonlarini korrekciyalashni ta’minlaydigan yaxlit pedagogik na- zariyasi va amaliyotga tatbiq etish yo'llari tadqiq etilmagan.
Pedagogik diagnostikaning jamiyatimizdagi yosh avlod ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdagi ahamiyatini ilmiy asoslab berish, ularning ma’naviy qiyofasi, ulami sotsiokorreksiya qilish yo'llari va qonuniyatlari, intellektual saloliiyati orasidagi aloqa- dorlikni aniqlash, mavjud ma’naviy-ma’rifiy ishlaming bugungi holatidan kelib chiqqan holda uning ta’lim bosqichlari aro uzviylik va uzluksizligini ta’minlaydigan metodikani yaratish dolzarb mu- ammo hisoblanadi.
Agar:
- birinchidan, yoshlaming ma’naviy-ma’rifiy soqadagi bilimlari, ularning individual-psixologik xususiyatlari, motivatsion sohasi atroflicha o‘rganilganda;
Do'stlaringiz bilan baham: |