Ma’naviy-axloqiy tarbiyada vijdonning o‘rni
Tarbiyada vijdon eng oliy ma’naviy-insoniy sifatdir. Vijdon tushunchasi, insonning vijdoniy sifati, uning ongi, qalbi, aqli va irodasiga bog'liqdir. Chunki insonning ichki ruhiy kechinmalarida yaxshilik va yomonlik doimo kurashda bo‘ladi. Agar inson biror ma’naviy vaziyatda o‘z qalbiga quloq solib, irodasini ishga solsa, g‘arazgo‘ylik, mansabparastlik, molparastlik kabi g‘ayri insoniy illatlardan ustun chiqib oqilona ish ko‘rsa uning vijdoniy sifati yuqoriligini ko'rsatadi. Inson qalbida g‘ayri insoniy illatlaming ustun bo'lishi aslida ma’naviy kasallikdir. «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida shunday deyiladi: «Milliy mafkura insonga faqat moddiy boyliklar va ne’matlar uchun emas, awalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash Iozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo’lini yoritadigan mayoqdir»1.
Har bir kishi o‘z-o‘ziga, kasbiga, davlatiga, xalqiga, insoniyat- ga, olamga vijdoniy munosabatda bo'lishi lozim.
1 Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - T., «O'zbe- kiston», 2000, 6-b.
157
Jamiyat mafkurasi - milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta гоГ o‘ynaydi. Ularning merosini o'rganish talabalarni ruhiy- ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalashga katta yordam beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturning ilmiy-amaliy, ma’naviy- ma’rifiy qimmati, eng awalo, shundan iboratki, u jamiyatda mus- taqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Mamla- katimiz Prezidenti «Tafakkur» jumali bosh muharririning savol- lariga bergan javobida aytgandek, bunday odamlar uyushgan jami- yatni, u barpo etgan ma’naviy-ruhiy muhitni soxta aqidalar, baqi- riq-chaqiriqlar, havoyi shiorlar bilan aslo buzib bo‘lmaydi. Ulami aql-idrok va qalb amri bilan o'zlari tanlab olgan hayotiy maq- sadlaridan ham chalg‘itib bo‘lmaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan asosiy maq- sadlardan yana biri insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihat- dan tarbiyalash bilan bog'liq bo’lgan uzluksiz ta’lim, ya’ni maktab- gacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’- limi, oliy ta’lim va oily o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimi or- qali har jihatdan barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishdan iborat- dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |