MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR
Quyidagi «..donolar bisotidan..» deb nomlanmish hikoyat- lardan parchalami o'qing va mushohada qiling.
36
Пт o'rganish fazilatlari haqida
•I
Allohning yerdagi elchisi Rasululloh aytmishlarki, ilm o‘rga- nish har bir mo‘min va muslima uchun farzdir. Ilm tolibi uchun borliq mavjudot, hatto dengizdagi baliqlar ham (o‘z) gunohlarini so‘rab istig‘for aylaydilar.
Ilm ibodatdan afzaldir, chunki u dinni tutib turuvchidir. Bilim olmoq ikki toifaga boMinur, ya’ni bin qalban ilmga tashnalikdur, bu foydali ilmdur. Bunday ilm kishi hayotini toabad nurafshon qiladur. Ikkinchi xildagi ilm esa faqat tildagidur.
Savol: Bu hikoyatda qanday ilm to‘g‘risida fikr bildirilyapti?
Farosat uchun maosh
Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlami har ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogaiga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo‘lib, biri ko‘p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og‘zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o'z ishlari bilan mashg‘ul bo’lar ekan.
Sabr kosasi to’lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to’kib solibdi.
Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo‘yin tovlagan yerim yo‘q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha ku- zatib biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim etmayotir, - debdi.
Xoja mirzaning so‘zini eshitib miyig‘ida kulibdida, uning da’vosi to‘g‘ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq gap- lashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi.
Bosh ustiga! - debdi mirza tavoze bilan o‘midan turarkan.
Bo'lmasa eshiting - debdi xoja. - Karvonsaroyga Bog‘dod- dan savdogarlar tushishibdi. Borib ulardan so‘rang-chi, bisotlarida baxmal matosi bormikan?
Mirza ko'ksiga kaftini qo‘yib: «Xo‘p bo‘ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha vaqt o'tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi.
Taqsir, bog'dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan! debdi.
Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi? - debdi xoja.
Yo‘q! Rangini so'ramabman.
37
Rangini bilib keling! - deb buyuribdi xoja mirzaga.
Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o‘tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi.
Bildim, taqsir! Rangini so‘rab bildim! Pistamagiz ekan, bax- mat rangi!
Yaxshi, - debdi xoja.
Baxmalning gazini necha so’mdan sotarkanlar Bog‘dodlik birodarlar?
Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga zing'illabdi va u erdan. baxmal narxini ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo‘lib qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?» - degan savolni ko’n-dalang qilib, uni mulzam etibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan ekan, xoja uni to‘x- tatibdi.
To'xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib, birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o'tgach, xoja va birinchi mirza o’tiigan erga kirib kelibdi.
To‘g‘ri taqsir! Karvonsaroyga Bog'doddan savdogarlar keli- shibdi. Bisotlarida baxmal matolari ham bisyor emish, - debdi.
Rangi qanday ekan uning?
Rangi pistamag‘iz, sifati ham soz!
Наг gazini qanchadan deyishmoqda?
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xoja- sining «Hammasi bo‘lib qancha baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi.
Shu paytdan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi:
Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini?
Maosh belgilashda xodim farosati xam e’tiborda tutilur. Kishi
farosatining maoshi bebahodir! - debdi.
Savol: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2) Mustaqil fikrlovchi inson bo‘lib shakllanishda farosatning o‘mi qanday? Sizning fikringizcha, xalq manfaatini ko'zlashda, vatan ravnaqini yuksaltirishda mustaqH fikrlash ko‘nikmalari zarurmi? Javobingizni asoslab beringI.
Do'stlaringiz bilan baham: |