Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati
Karimov IA. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: “Sharq”, 1997.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar. T.: «0‘zbekiston», 2000.
Karimov I.A. Sog'lom avlod - xalqimiz kelajagi. «Xalq so‘zi» gazetasi, 8 dekabr 1999y.
0‘zbekiston Respublikasining «Ta’Iim to‘g‘risida»gi Qonuni. - Toshkent, 1997.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. — Toshkent, 1997.
Oliy ta’lim me’yoriy hujjatlari. - Toshkent, 2001, 41-67-b.
Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika. 0‘quv qo‘l- lanma - T:, «Fan», 2005, 2531-b.
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: «Cho'lpon» nashriyoti, 1992.
MAVZU: PEDAGOGIKANING PREDMETI,
MAQSADI VA VAZIFALARI
Barkamol avlod - 0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi.
Milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning oTni.
0‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh
qilish zararati
0‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayot- gan islohotlar jamiyatda sodir bo’layotgan demokratik o'zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo'lidan dadil etaklovchi, harakatlan- tiruvchi ichki kuchga aylanmoqda. «Ta’lim-tarbiya tizimini o'zgar- tirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ulaming turmush tarzini ham o'zgartirish mumkin emas»I - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.Karimov.
Yurtboshimiz ta’lim-tarbiya islohotining zarurligi va muhimligi haqida o‘zining qator nutqlarida ham qayta-qayta to’xtab o’tadi. 1997 yil Oliy Majlis IX sessiyasida so‘zlagan nutqida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski shoTolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to’liq qutila olmaganligimiz, ikkin- chidan, o'zgarishlar yuzaki bo‘lib, ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayon- larining tarkibini, bosqich-larini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini echib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimi- miz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar ta-
lablariga javob bera olmasligi...1 kabilar ham bu islohotni zarurli- gini ko‘rsatdi. 4
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da "Ta’lim to’grisidagi"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Mil- liy dasturi" qabul qilindi. Bu qonun hujjatlariga asosan, respublika- mizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o'zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishning qonuniy asoslari belgilab olindi. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Ana shu sessiyada Prezident I.A.Karimov "Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida nutq so'zlab, quyidagi g’oyalami ilgari surgan edilar:
Maktablarning moddiy bazasini mustahkamlash.
Bilimli, mahoratli tarbiyachi o'qituvchilami tayyorlash, ular- ning hayotiy talablarini qondirish.
0‘quv jarayoniga tegishli bo‘lib boshlang’ich sinflarda va undan keyingi bosqichlarda o'qiyotgan bolalarga qaysi sinfda nima- ni o'qitish maqsadga muvofiqligini ilmiy nuqtai nazardan asoslash.
Boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qaramaslik, chunki bolaning dunyoqarashi, didi saloqiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflaiga eng etuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo’yilishiga katta e’tibor berish.I II
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy tuzum o'zgardi. Ijtimoiy tuzumning o'zgarishi shu tuzumning maqsadi, vazifalariga mos keladigan va uni amalga oshiradigan kadrlar tayyorlash vazi- fasini qo’ydi. Demak, ta’lim-tarbiyaning tashkiliy-uslubiy asoslarini yaratish davr talabi bo'lib qoldi. Ana shu davr talabiga muvofiq barkamol avlodni tayyorlab voyaga etkazishning qonuniy asosi bo’lmish "Ta’lim to’grisidagi”gi qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |