Birinchidan, shunday shaxslar bor - ular davr bilan hamnafas, o‘zi yashagan zamonning yalovbardori sifatida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi toifa shaxslar o‘z davrining ruhi, maqsad va vazi- falarini anglay olmaydi, ya’ni zamondan orqada qoladi.
Uchinchi toifa insonlar yetakchilar sanalib, ular voqelikdan o‘zib ketadi, ayni paytda o‘z davrining ruhini chuqur his etadi va anglaydi. Bunday shaxs hayotiy qarashlari, g'oyasi va faoliyat yo'nalishida kelajakni ko‘ra oladi.
0‘qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo‘lgan, ma’- naviyati yuksak shaxs bo‘lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo‘lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o‘z ifodasini topadi, uning g'oyalari jamiyatga singadi.
Abu Ali ibn Sinoning fikricha: "0‘qituvchi matonatli sof vij- donli, rostgo'y, bolani tarbiyalash yo‘llarini, axloq qoidalarini yax- shi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. Muallim o‘quvchining butun ichki- va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kirol- mog‘i lozim”
"O'qituvchi — deydi A1 Forobiy, - o‘z or - nomusini qadr- lashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insonlikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi", deb ta’kidlaydi.
Yusuf Hojib Qoshg‘ariy: "A’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo'lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o‘n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo'ladilar», deb ta’kidlashlari bejiz emas.
Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy ham o'qituvchining yoshlaiga ta’sir o'tkazish mehnatini xolisona baholab: "Agar shogird nodo- nlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi", "Xalq yo‘lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila", - kabi satrlar bitgan.
Nasriddin Tusiy o‘zining "0‘qituvchilami tarbiyalash to‘grisi- dagi" nomli asarida: "0‘qituvchi nutqi hech qachon va qech qaerda zaharhandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin", — deydi.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
17
Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy pedagog-psixolog bo‘lmasligi jnumkin emas. Shuning uchUn ham yoshlar o'ttasidagi o‘zaro mu- nosabatlami yo‘lga sola olishi, jamoada ijtimoiy-psixologik mexa- nizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talabalari quyidagichadir:
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, mil- liy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklaming mohiyatini bilishi, yoshlami mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z vatani tabiatiga va oilasiga bo'lganmu- qabbati:
keng bilim saviyasiga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabar-dor bo'lishi;
yoshlar pedagogikasi, psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fizologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega boiishi;
o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustaqkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;
ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
yoshlarni bilishi, ulaming ichki dunyosini tushuna olishi, empatiya his-tuyg‘ulariga ega bo'lishi;
pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik takt (nazokat)ga ega bo‘lishi;
o‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik maqoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Наг bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo’lishiga intilishi kerak.
0‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xil- dagi ijtimoiy kuzatishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o‘qi- tuvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat be- radi.
Shunday qilib, milliy dasturdan ko'zlangan maqsadlar juda ko‘p. Awalo, bu maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi mamlaka- timizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o'zgarishiga olib keladi, jami- yatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi.
Ikkinchidan, yurtboshimiz so‘zi bilan aytganda: «Ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi», «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi... «Ta’limning
18
yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqa- rishda juda katta ahamiyat kasb etadi»I.
Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko'zlagan maq- sadlarga erishishi ta’lim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va awalo, o‘qituvchiga ham bog‘liqdir. O'z davrining ruhini chuqur anglagan, kelajakni ko'ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o'qituvchi tarbiyachilaming bosh vazifasidir. 0‘qituvchi va o'quvchi munosa- batidagi majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashiga erishmog‘imiz darkor. O'qituvchining bosh vazifasi: o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta’limiy-tarbiyaviy ish bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |