Dastlabki nazorat - yangi mavzuni boshlashdan oldin uni o‘z- lashtirishga qanchalik tayyoigarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat turi.
Joriy nazorat - o‘quv jarayonining hamma jabhalarida judayam chuqur bo‘lmasa-da, tez-tez o'tkazilib turilishi zarur bo'lgan, uquv materiali ustida tizimli ishlashni ta’minlaydigan nazorat turi.
Mavzu asosidagi nazorat - o‘qituvchi tomonidan nazorat ish kichik va katta kollokvium, maxsus seminar shaklida bir mavzu
191
yoki bo‘lim tugagandan so‘ng, semestr mobaynida 3-5 marotaba o‘tkaziladigan nazorat turi.
Natijaviy nazorat - o‘quv fanining bir qismi yoki butunicha tugatilgandan keyin, agarda dastlabki, joriy tematik va bo‘sag‘ali nazorat natijasida kursga mo'ljallab tayyorlangan testlar bo'yicha o‘tkaziladi.
Nazorat jarayonini faollashtirish maqsadida turli nazorat shak- Ilarini o'ziga qamrab oluvchi mezon - reyting uslubi xisoblanadi.
Reyting - baholash, tartibga keltirish, klassiflkaciyalash, birorta hodisani oldindan belgilangan shkala buyicha baholash tushuniladi.
Shkalalash - (ingl. - o‘lchov birligini aniqlash) - real jarayon- lami raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Reyting bo‘yicha nazoratni amalga oshirishda test usulidan ham foydalaniladi.
O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash quyidagi pedagogik sharoitlarni bajarish asosida amalga oshiriladi:
Obyektivhk.
Loyiqalash.
Modellashtirish.
Oshkoralik.
MazmunlUik.
Tadqiqotchilik.
Izchillik.
Individuallik.
Differensiatsiya.
Jamiyatimizda tarbiyaviy ishlami tashkil qilishda bosh omil- yoshlami Vatanga muqabbat, milliy g'urur, muloqot odobi, o‘zbek va jahon madaniyati, san’ati, xalq yodgorliklarini tushunish va ardoqlash kabi yuksak insoniy fazilatlami shakllantirish, shaxs mil- liy dunyoqarashini kamol toptirishdir. Shu sababli bugungi kunda diagnostika ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshirishda, muhim tarbiyaviy vazifalami hal etishda yetakchi o'rinni egallab kelmoqda.
Pedagogik diagnostikaning natijalari kadrlar tayyoriash va ular- ning kasbiy malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tashxis- lashda mavjud pedagogik muammolar ravshanlashadi, ulaming yechimini topish zarurati borligi aniqlanadi. Muammolar yechimi
192
faoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalarni oqilona taqsimlashda o‘z aksini topishi murnkin. Pedagogik diagnostika funksiyalari (vazifalari) aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |