65
qayd etish bosqichi
boshlanadi. Agar mavzular ko‗rib chiqilgan bo‗lsa yoki sherik
notinchlik alomatlarini namoyon qilgan taqdirda muloqotni yakunlash
zarur. Muloqotni doimo davom ettirish istiqboli bilan yakunlash kerak. Eng oxirgi
daqiqalar, yakuniy so‗zlar,
qarashlar, qo‗l siqishlar o‗ta muhimdir, ba‘zida ular
ko‗p vaqt davom etgan suhbat natijasini butunlay o‗zgartirib yuborishi mumkin.
Muloqot tuzilishida uch xil o‗zaro bog‗liq bo‗lgan tomonlar:
kommunikativ yoki kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai
nazarlarni
ajratib ko‗rsatadi.
1-topshiriq:
Venn diagramma jadvalini to`ldiring. Og‗zaki muloqot va uning
o‗ziga xos xususiyatlarini jadvalga to`ldiring.
Nazorat savollari
1.
Muloqot nima? Muloqotning qanday turlari bor.
2.
Og`zaki muloqot terminiga tar`if bering.
3.
Verbal muloqot nima? Misollar keltiring.
4.
Noverbal muloqot nima? Misollar bilan ta`riflab bering.
5.
Nutqiy faoliyat terminiga ta`rif bering.
MUSTAQIL TA`LIM MASHG`ULOTLARI
1. O‗zbеkiston Rеspublikasining ―Davlat tili haqida‖gi qonunlari hamda ―Kadrlar
Og'zaki
muloqot va
uning o'ziga
xos
xususiyatlari
66
tayyorlash milliy dasturi‖ kabi davlat hujjatlarida o‗zbek tilini Davlat tili sifatida
o‗qitish masalalari bo‗yicha ma‘lumot to‗plash.
2. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ―O‗zbek tilining
davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlar
to‗g‗risida‖gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo‗yicha
tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan
maqolalari bilan tanishish.
3. O‗zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. ―XXI asr
fizikasi‖ mavzusida ijodiy matn yaratish.
4. O‗zbek tili leksikasining boyish manbalari. Fizikaga xos o‗z va o‗zlashgan
so‗zlar tasnifi.
5. O‗zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug‗atlar bialn tanishish. O‗zbek
tilining izohli lug‗atida berilgan sohaga oid so‗zlar izohi bilan tanishish.
6. Fizikaga oid terminlar bo‗yicha nostandart testlar tuzish.
7. Fizikaning dolzarb masalalariga bag‗ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash.
Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‗zlar tahlili.
8. Soha olimlarining ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida
reproduktiv
testlar tuzish.
9. Badiiy nutq uslubi. O‗zbek she`riyati. ―Bir she`r tarixi‖ mavzusida esse yozish.
10. Badiiy asar tahlili (ixtiyoriy). O‗qilgan badiiy asarni ―Idrok xritasi‖ innovatsion
texnologiyasi asosida tahlil qilish.
11. So‗zlashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilish. Sohaga
oid ilmiy
mavzuning og‗zaki taqdimoti.
12. Publisistik nutq uslubi. Publisistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish.
―Men tanlagan soha va OAV‖ mavzusida esse yozish.
13. ―Fizika fanlari universiteti‖dan video reportaj tayyorlash.
14. Fizikaning dolzarb masalalariga bag‗ishlangan ilmiy-amaliy anjuman
materiallari bilan tanishish.
15. Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish.
16. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy mavzuda tezis tayyorlash.
17. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy maqolaga rezyume tayyorlash.
18. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash.
19. ―O‗zbekistonning fizik olimlari dunyo nigohida‖ mavzusida rasmli ko‗rgazmali
vosita tayyorlash va taqdim qilish.
20. ―Mutaxassis va davlat tili‖ mavzusini ―Nima uchun?‖ grafik organayzeri
asosida ochib berish.
21. ―Mutaxassislik tarixidan‖ mavzusini Klaster usulida yoritib berish.
22. Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish.
23. Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (rezyume, ariza, tavsifnoma,
ma`lumotnoma).
24. Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (bildirishnoma, hisobot, hizmat
yozishmalari).
25. Mavzuga oid tadqiqot va uni olib borish jarayonlari.
26. Sohaning innovatsion yangiliklari haqida taqdimot tayyorlash.
67
27. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to‗g‗ri foydalanish.
28. Ilmiy tadqiqot mavzusi bo‗yicha adabiyotlar bilan tanishish, ma`lumotlar
yig‗ish.
29. Bibliografiyani shakllantirish mezonlari bilan tanishish.
30. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash.
Himoya nutqi.
Do'stlaringiz bilan baham: