Yozuvdagi knmchiliklarni tuzatish. O’qituvchi bolalarning daftaridagi xato-kamchiliklami o’z o’mida aniq ko’rsatmasligi natijasida bolaning yozishiga nisbatan e’tiborsizlik yuzaga keladi.
Husnixatga doimiy e‘tabor. Aniq va to’g’ri husnixatda yozishga nafaqathusnixat darsida, balki barcha dars turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida,yozma ariza, ular tomonidan tayyorlanadigan ko’rgazmalar (devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va h.zo) amal qilish kerak.
Orfografik - to’g’ri, aniq va tushunarli qilib yozishni talab etish jarayonida o’qituvchi o’quvchining pala - partish yozuvini va ikki varaq qog’ozga yozgan yoma ishini ham nazorat qilib borishi lozim. Har bir o’quvchining daftari tartibli bo’lishiga erishish kerak.
Harflaming yozilishi sodda va to’g’ri bo’lishi kerak. Pedagogik amaliyotda, boshlang’ich 1-2- sinflarda o’rganiladigan shriftlarning namunasi ishlab chiqilgan. 3 va 4- sinflar amaliyotida qo’llanadigan tez yozuv malakasining boshlang’lch sinflaridagi yozuvdan anchagina farq qiladi. Xarakıerli jiharlaridan biri shundaki, tez yoziladigan yozuvda ayrim so’zlar qog’ozdan qo’I uzmasdan yoziladi.
husnixatga o’rgatish izchil va ketma-ketlik xarakteriga ega bo’Iishi lozim. O’rgatish jarayonida o’qituvchining dastur materialini, o’quvchini soddaroq shakliy ko’rinishga ega bo’1gan harfiardan, murakkabroq ko’rinishga ega harflarga o’tkazishga va yirik hamda sekin yozuvdan, mayda va tez yozuvga o’tkazishda e’tibor beriladi.Husnixat mashqlarini o’zaro bog’liqlikda muntazam uyushtiriladi.
Shuni yodda tutishi kerakki, bolani sekin yozuvda harfûi to’g’ri yozishni
28
o’rganib olmaguncha tez yozuvga o’tkazish mumkin e-mas. Shuning uchun ham dasmrda tez yozish ko’nikmalari 3-4-sinflarda shakllantiriladi.
Individualyordam. Ayrim o’quvchilaming yozuvidagi individual farqlikni kuzatib boorish mumkin. Bu farq o’ta qiya yozilishda va hokazolarda kuzatiladi.
Dastlabki yozuvga o’rgatish paytida individual ko’p ko’zga tashlanmaydi, bu hol ko’proq yuqori sinflarda tez yozuvga o’tgan paytda kuzatiladi.
Yozuvdagi individuallik o’ziga xoslikni 4- sinflarda o’tkaziladigan mashg’uIotlar jarayonida aniqlash mumkin, chunki bu davrda o*quvchilar mustaqil ravishda bir chiziqli daftarga yozishga o’tgani bo’ladi.
O'quvchida aniq va ravon yozuv hosil bo’lishi uchun o’qituvchi o’quvchining butun diqqatini harfning grafik shakliga, boshqa harf bilan qo’shilib ketmasligiga, har biri bir - biridan o’ziga ko’rsatilgan o’lchamga e’tiborini qaratishi lozim.