-
aholining FV sharoitiga har tomonlama oldindan tayyorgar/ik
ко‘rib qo‘yishlarini.
Sunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining
va iqtisodiyot
obyektlari boshqaruv tashkilotlarining FM boshlig'i bo'lgan
rahbarlari tashkil etadilar va o‘tkazadilar. Aholini, moddiy va
madaniy boyliklarni ko‘chirish, ishiab chiqarish, hududiy yoki
ko‘chirish qoidasiga ko‘ra rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga
oshiriladi. Ko‘chirishning tarqoq holda joylashtirishdan farqi
shundaki, aholi maxsus farmoyish bo‘Igunga qadar yangi tumanda
doimiy yashab turadi va yo‘l masofasi hisobga olinmaydi.
Shahardan chetdagi hudud deganda, dushman quroli ta’siridan
chetdagi hudud tushuniladi. Buzilishi mumkin bo‘lgan hudud - bu
yirik shahar atrofidagi hudud bo‘lib, uning territoriyasida dushman
hujumi natijasida uy-inshootlarining buzilishi va aholi orasida
yo‘qotishlar bo‘lishi kuzatiladi. Buzilishi mumkin bo‘lgan hudud
chegarasi shahar ahamiyati va aholi soniga qarab o ‘rnatiladi.
Shahardan chetdagi hududni tinchlik davrida tayyorlashga
kirishadi. Harbiy harakatlar vaqtida amalga oshiriladigan ko‘chirish
tadbirlari zamonaviy ko‘chirishdan farq qiladi, chunki ilgari
ko‘chirish faqat bir tomonga, dushmanga nisbatan qarama-qarshi
tomonga olib borilgan. Hozirgi zamonda yadro quroli borligi
sababli, xavfsiz boigan hamma tomonga ko‘chiriladi. Ko‘chirish
shahar aholisi zichligini kamaytiradi.
Harbiy davrda o‘z faoliyatini
shahardagi xalq xo‘jalik
obyektlarida davom ettirayotgan ishchi-xizmatchilar ko‘chirilganda,
buzilish ehtimoli bor hududdan keyingi tumanda joylashadilar,
ishga kelib-qaytib ketish uchun sarflanagan umumiy vaqt 4 soatdan
oshmasligi talab qilinadi. Joylashish tumanlari temiryo‘l stansiyasi,
avtomobi 1 yo‘l magistraliga yaqin bo‘lishi kerak.
Shahardan chetdagi yaqin hududda, zararlanish o‘chogbida,
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, qaytadan
tiklash ishlarini o ‘tkazish uchun, tarqoq holda joylashgan aholi uchun
161
shaharga yaqinroq tuman belgilanadi. Birinchi navbatda (eshelonda)
harakat qiluvchi FMni, turli tuzilmalardan iborat boigan, harbiy
davrda shaharda ishlab-chiqarish faoliyatini davom ettirayotgan
obyektlardagi dam olayotgan smena ishchi-xizmatchilari tashkil
etadi.
Ko‘chirilayotgan aholi uchun joy odatda
tarqoq holda joylashish
tumanidan keyin belgilanadi va bu ishlamaydigan aholi hamda
shaharda harbiy davrda o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki shahardan
chetga ko‘chirilgan obyektlardagi ishchi-xizmatchilar uchun
moijallanadi. Shahardan uzoqroq tumanlarga ko'chiriladigan aholi
hisobidan odatda shu shahar manfaati uchun FMning ikkinchi
navbatdagi (eshelondagi) kuchlar guruhi tashkil etiladi.
Ko‘chirish va tarqoq holda joylashtirish, dushman hujumi xavfi
paydo boiishi bilan Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga
binoan olib boriiadi. Ko‘chirish va tarqoq holda joylashtirishga
tinchlik davrida oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Shu maqsadda
Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar, tuman hokimiyatlarida va
xo‘jalik obyektlarida ko‘chirish hay’ati tuziiadi.
Tadbir o‘tkazilish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko‘chirishni
2 turga ajratadilar:
- oldindan oikaziladigan ko‘chirish;
- shoshilinch (kechiktirib boimaydigan) ko‘chirish;
Do'stlaringiz bilan baham: