Ekspertiza natijasida quyidagicha qarorqabul qilinishi mumkin:
-
mahsulot ovqat mahsuloti sifatida hech qanday to‘siqsiz
ishlatilishiga ruxsat;
- mahsulot sog‘ odamlar tomonidan ma’lum vaqtgacha agar
radioaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar konsentratsiyasi, miqdori
maksimal ruxsat etilgan dozadan oshmasa iste’mol qilish mumkin. Bu
mahsulot bolalar va davolash muassasalariga yuborilishi mumkin emas.
- mahsulotni iste’mol qilsa boiadi, ammo jamoa ovqatlanishi
sistemasi orqali, agarda kulinariya va texnologik ishlovidan keyin
radioaktv moddalar, zaharlovchi moddalar konsentratsiyasi ruxsat
etilgan maksimal dozadan oshmasa.
Bakterial vositalar esa to‘la yo‘qotiladi.
Sanitar ekspert bunday qaror chiqarishdan oldin nazoratli ovqat
pishirishga farmoyish berish va tayyor ovqat mahsulotini tayyorlash
texnologiyasi yozuvini olishi kerak. Bundan keyin tayyor ovqat
mahsuloti 2-marotaba laborator tekshiruvidan o‘tadi. Agar tayyor
ovqatdaradioaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar konsentratsiyasining
miqdori ruxsat etilgan maksimal normadan oshmasa, bakterial vositalar
umuman yo‘q boisa shundan keyin yakun chiqariladi.
Mahsulot zararsizlantirilishi lozim (dezaktivatsiya, degazatsiya,
dezinfeksiya) yoki qoldiriladi (tabiiy zararsizlantirish), shundan so‘ng
qaytadan ekspertiza o‘tkazish zarur. Agarda ovqat mahsuloti tabiiy
zararsizlantirishga qoldirilsa, alohida saqlanadi va har 3 oyda bir marotaba
tekshirishdan o‘tkaziladi. Mahsulotni iste’mol qilish mumkin emas,
ammo texnik ehtiyoj uchun foydalansa bo‘ladi (ishlatishga beriladi).
Mahsulot iste’mol uchun yaramaydi va yo‘qotilishi lozim.
237
Shaxsiy ovqat mahsulotlari zaxirasi, uni o'tkazish iloji yo‘qiigi va
iqtisodiy nomaqsadligi keraksizligi sababli, sanitar ekspertiza qilinmaydi.
Sanitar ekspert radioaktiv moddalar, zaharolovchi moddalar
va
bakteriologik
vositalar
bilan
zararlangan
mahsulotlami
zararsizlantirilishi to‘g‘risida qaror chiqarishda albatta zararsizlantirish
usuli va metodlarini ko‘rsatishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini
zararsizlantirish tadbirini shu obyekt, FM boshlig‘i tashkil etadi, sifatli
o‘tishini o‘sa FMTX boshlig‘i nazorat qiladi.
Zararsizlantirish
sun’iy
va
tabiiyga
bo‘linadi.
Tabiiy
zararsizlantirishda ovqat mahsuloti va ichimlik suv uzoq vaqt
qoldiriladi. Shu davr, mobaynida mahsulotda o‘zini zararsizlantirish
ketadi (radioaktiv moddalar, zaharolovchi moddalarning tabiiy
parchalanishi). Bu usul odatda mahsulotlarga va ichimlik suviga
zaruriyat bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Qoldirilgan joyda «Zararlangan» belgisi qo‘yiladi, kuzatuv va
laborator nazorati tashkil etiladi.
Bakterial vositalar bilan zararlangan mahsulot va ichimlik
suvi tabiiy zararsizlantirishga qoldirilmaydi. Sun’iy ravishda
zararsizlantirish mahsulot turi, qo‘llangan qurol turi (RM, ZM, BV)
va aniq vaziyatga qarab turli usullarda olib boriiadi.
U quyidagi usullarda olib boriiadi:
- idishni suv yoki sovunli eritma bilan yuvish, vositalar yordamida
ishlov berish va keyin artib qo‘yish;
- mahsulotni toza idishga o ‘tkazish;
- mahsulotning zararlangan qatlamini olib tashlash;
- suyuq mahsulotlami tinitish (radioaktiv moddalarlar bilan
zararlanganda yuqori qismidagi suyuqlikni to‘kib tashlash);
- termik ishlov berish (zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar
bilan zararlanganda);
- UB-nur yordamida ishlov berish.
Ovqat mahsulotlarini kimyoviy usulda zararsizlantirish mumkin
emas, chunki. zararsizlantirish uchun qo‘llanadigan kimyoviy
moddalar mahsulotning rangini, ta’mini, sifatini buzadi, bundan
238
tashqari ulaming o‘zi ko‘p hollarda inson uchun zaharli hisoblanadi.
Tomchi suyuqlik holidagi zaharlovchi moddalar bilan zararlangan
ovqat mahsuloti degazatsiya uchun noloyiq, iste’mol uchun yaroqsiz
hisoblanadi va yo‘qotilishi lozim.
Ichimlik snvi quyidagi usullarda zararsizlantiriladi:
о tindirish;
о koagulyatsiyalashdan keyin tindirish;
о sorbent va ionit orqali filtrlash;
о qaynatish;
о parlatishdan so‘ng kondensatsiyalash;
о xlorlash.
Bundan tashqari suvni tozalash uchun:
о mexanizatsiyalashgan avtofiltrlovchi stansiya (MAFS-7500);
о harakatchan tozalovchi moslama;
о mato-ko‘mirli filtr (TUF-200) qo‘llaniladi.
Quduqlami zararsizlantirish uchun, uning suvi 8-10 marotaba
tortib olinib, osti tozalanib, qaziladi.
Bakterial vositalar bilan zararlangan mahsulotlar va ichimlik suvini
zararsizlantirishning eng unumli usuli - qaynatish. Qattiq yog‘lar
eritish va kuydirish orqali zararsizlantiriladi. Go‘sht qaynatish bilan 2
soat va bo‘lagi 1 kg dan oshmasligi kerak. Zararlangan shakar sirop
yoki mevalar, povidlo, djem, kompot tayyorlashga ishlatilsa boiadi.
Zararsizlantirilgandan keyin bakteriologik, kimyoviy yoki radometrik
nazorat o‘tkaziladi, javobgarlik tibbiyot xizmatiga yuklatiladi. Ovqat
mahsulotlari normadan oshmagan zararlangan holda iste’molga
chiqarilsa idishi va yo‘llanma hujjatiga R-RM yoki «R-ZM» ruxsat
zararlangan RM yoki ZM belgi qo‘yiladi. Bakterial vositalarda
zararlangan mahsulot to ia zararsizlantiriladi. Zararlangan mahsulot
kuydirish yoki ko‘mish orqali yo‘qotiladi. Kuydirish maxsus joylarda
olib boriiadi. Ko‘mish esa kamida 1,5 m chuqurlikda o‘tkazilib, oldin
lizol, xlorli ohak, kerosin bilan olib boriiadi.
Sanitar
profilaktik brigada - Respublika Favqulodda
vaziyatlar shoshilinch tibbiy yordam markazidagi epidemiyaga
239
qarshi tezkor brigada boiib, epidemik holatni darhol o‘rganib,
baholash va shu hududda malakali epidemiyaga qarshi tadbirlarni
tashkil etish va ta’minlash uchun mo‘jallangan. Zaruriyat boiganda
brigada kuchaytirilgan rejimga o‘tkaziladi. Tezkor (harakatchan)
brigada 0 ‘zbekiston Respublikasi Sogiiqni saqlash vazirligining
topshirigiga binoan ilmiy tadqiqot institut bazasida yuqori malakali
mutaxassislardan
tuziladi.
Brigada
favquiodda
vaziyatlarda
Respublika shoshiiinch tibbiy yordam markaziga to‘g ‘ridan to‘g‘ri
bo‘ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |