Yorug‘Iik nurlanishi. Yadro portlashidan hosil bo‘lgan olovli
shardan chiqadigan va nihoyat darajada kuydiruvchi issiqlik energiyasi
tarqatadigan yorugiik nuri oqimidan iborat. Yadro portlashi jami
energiyaning taxminan 35% ni yorug'lik nurlanishiga to ‘g‘ri keladi.
Yorug‘lik nuri tarqalishi 10-15 sekund davom etadi, bu nur faqat
to ‘g ‘ri yo‘nalishda tarqaladi. ShafFof boim agan har qanday to‘siq
yorug'lik nurlanishi ta’siridan saqlab qoladi. Yorugiik nurlanishi
intraqizil, ultrabinatsha va ko'rinuvchan nurlardan iborat. Infraqizil
nur shikastlantiruvchi asosiy kuchga ega.
15
Yorug‘ lik ajralishi katta masofalarga bir lahzadayoq tarqalib,
turli materiallarni eritish, yondirish, himoyalanmagan odamlar
va hayvonlarni kuydirish yoki ularning himoyalanmagan terisini
turli darajada kuydirish, ko‘zni zararlash, o‘rmonlarda va ahoii
yashaydigan punktlarda yong‘in chiqarish xususiyatiga ega.
Shikastlovchi ta’sir darajasi nur (yorug‘lik) impulsi, ya’ni Ism2
yuzaga perpendikulyar ravishda olovli shar so‘nguncha tushadigan
energiya miqdori bilan belgilanadi va Ism2 ga to‘g‘ri keiadigan
kaioriyalarda (kal/Ism2) yoki kilodjoullar (kDj/m2)da o‘lchanadi.
Yorug‘lik nurlanishi ko‘zga tushganda (ayniqsa tunda, chunki
ko‘z qorachig‘i kengaygan bo‘ladi) ko‘z qamashishi kuzatiladi. Ko!z
qamashishi vaqtincha davom etadi. Bunga sabab k o ‘zdagi rodopsin
pigmentining, (to‘q qizil rang) kamayishidir. Agar nur yaqin
masofadan ko ‘zga ta’sir qilsa, ko‘zning to ‘r pardasi kuyadi va turg'un
ko‘rlik holati vujudga keiadi.
Shuning uchun osmonda birdan chaqnash yuz berganda unga
qarash mumkin emas. Yorug‘Jik nurlanishi impulsining kattaligiga
qarab odamlaming kuyishi to‘rt darajaga bo'iinadi:
1. I darajali kuyish - 100-200 kDj/m2 kattalikdagi yorug‘lik
impulsidan;
2. II darajali kuyish - 200-400 kDj/m2 kattalikdagi yorug‘lik
impulsidan;
3. Ill darajali kuyish - 400 kDj/m2 kattalikdagi yorug‘lik impul
sidan;
4. IV darajali k u y ish - 600 kDj/m2 dan yuqori kattalikdagi yorug‘lik
impulsidan.
lonlashtiruvchi nurlanish (o‘tuvchi radiatsiya) yadro portlash
zonasidan chiqqan gamma-nurlar va neytronlar oqimidan iborat.
Bunga yadro portlash energiyasining taxminan 5%i sarflanadi,
ta ’sir vaqti 15-20 sekundni tashkil qiladil Nurlanish o‘lchov birligi
(ekspozitsion doza) sifatida SI o'lchov birliklarida 1kg da kulon
(kl/kg) qabul qilingan. Amalda ekspozitsion dozani o ‘ichashda
reutgen (R) o'lchov birligidan foydalaniladi - bu nur energiyasining
quruq havo yoki gazlarni ionlashtirish uchun ketgan miqdorini
ko‘rsatadi. Yutilgan doza, ya’ni organizm to‘qimalari yutgan
ionlashtiruvchi nurlanish dozasi SI sistemasida rad yoki grey (Gr)da
o ‘lchanadi. 1 rad taxminan 1 R ga teng. lGr=100 R (rad).
Radiatsiya sathi yoki quvvati - bu nur energiyasini vaqt birligida
chiqishini ko‘rsatadi, birligi rentgen soat (R/s) yoki millirentgen soat
(mR/s);
Yadro reaksiyasi natijasida gamma-nurlari va neytronlar oqimiga
nisbatan alfa va beta zarrachalarining havoda bosib o‘tgan yo‘ii katta
bo‘lmaganligi uchun, ularda o'tuvchanlik xossasi kam.
Alfa-zarrachalar geiiy atomi yadrosidan iborat boiib, ikki proton va
ikki neytrondan tashkil topgan. Havoda bosib o‘tish yo‘li 10-1 Ism ga
teng bo‘lib ionlashtiruvchi qobiliyati kuchli hisoblanadi.
Beta-zarrachalar havoda 10-20 m, to ‘qimalarda esa 1 sm gacha
yo‘lni bosib o'tadi. Ust-bosh beta-zarrachaiarning o‘tuvchanIigini
ancha kamaytiradi, avtomobil oynalari yoki 1mm qalinlikdagi metal 1
to ‘siqlar beta zarrachalarni to ‘liq o'tkazmaydi. Gamma-nurlar nur
energiyasining ayrim fotonlari oqimidan iborat bo‘lib, to‘g ‘ri chiziq
bocylab yorug'lik tezligida (300000 km/'sek) tarqaladi. Gamma
nurlarining havoda bosib o ‘tgan yo‘li yuzlab metrlami tashkil qiladi.
Uning o ‘tuvchanlik xususiyati beta zarrachalarnikiga qaraganda 5 0 -
100 barobar kuchli rivojlangan, 20 kilotonnali atom bombasi havoda
portlatilganda uning o ‘tuvchan radiatsiyasi doirasi quyidagicha
boMadi: 800 m etrgacha- 100% o4im sodir bo‘ladi, (1000 R gayaqin
dozasi), 2 km I—II darajali nurlanish kasalligini (50-200 R dozasi)
keltirib chiqaradi.
Neytron bomba portlaganda o‘tuvchi radiatsiya juda kuchli rivoj-
lanadi. Agar bir ming trotil ekvivalentga teng bo‘-lgan neytron bomba
portlatilsa, uning zarba to‘lqini va yorug*lik nurlanishi faqat !3 0 -l 50
m doiradagi masofani zararlaydi. Uning gamma-neytron nurlanish
17
miqdori quyidagicha bo‘ladi: 1 km doirada 30 Gr gacha (3000 rad)
1,2 km gacha 8,5 Gr (850 rad). 1,6 km da - 4 Gr (400 rad) 2 km gacha
0,75-1 Gr (75-100 rad)ni tashkil qiladi.
0 ‘tuvchi radiatsiyadan nurlanishda nur kasalligi vujudga keladi:
1.1 (yengil) darajali nur kasalligi umumiy dozasi 1-2 Gr (100-200
R)ga teng bir marotabali nurlanish natijasida kelib chiqadi. Yashirin
davri uzoq, 4 hafta yoki undan ortiq davom etadi. Kasallikning
rivojlanish davri alomatlari aniq namoyon bo‘lmaydi.
2.
II (o‘rta darajali) nur kasalligi umumiy dozasi 2 -4 Gr (200-400
R)ga teng nurlanish natijasida kelib chiqadi. Organizmning nurlanish
reaksiyasi aniq namoyon bo‘ladi. Yashirin davri 2-3 hafta, lekin
rivojlanish davri alomatlari kuchli emas, organizimning buzilgan
funksiyasi 2-2,5 oyda tiklanadi.
Z. Ill (og‘ir) darajali nur kasalligi
umumiy dozasi 4-6 Gr
(400-600 R)ga teng nurlanish natijasida kelib chiqadi. Boshlang‘ich
davri alomatlari odatda kuchli namoyon boiadi. Nur ta’sir etgandan
30-60 daqiqa o ‘tgach zararlangan kishi ketma-ket qusadi, kuchli
bosh og ‘rishi paydo bo‘ladi, kuchli holsizlik holati rivojlanadi. Bu
davr 3 -4 sutkagacha cho‘zilishi mumkin. Yashirin davr 1-2 haftani
tashkil qiladi. Rivojlanish davrida (2-3 hafta) zararlanganlarning
ahvoli keskin yomonlashadi. Uzoq davom etadigan baland tana
harorati, badan titrashi va terlash holatlari kuzatiladi. Gemopoez
tezda buziladi. Gemorragik simptom paydo bo‘ladi. Teri, shilliq
qavatlar ostiga qon quyilishi, burundan, m e’dadan va ichaklardan
qon ketishi kuzatiladi. Soch to ‘kila boshlaydi va boshqa alomatlar
vujudga keladi. Markaziy nerv sistemasida zararlanish alomatlari
aniq namoyon bo‘lib boradi. Birinchi 4 -6 hafta moboynida kasallar
statsionar sharoitda davolanadi, ular maxsus tibbiy yordamga muhtoj
bo‘ladi!ar. Kasallik noxushlik bilan tugamasa, simptomlar sekin-asta
yo‘qolib boradi. Sog‘ayish juda sekin boradi (3-5 oy).
4.
IV (o ‘ta og‘ir) darajali nur kasalligi
umumiy dozasi 6 Gr
(600 R)ga teng undan baland nurlanish natijasida kelib chiqadi. 15
18
daqiqadan so‘ng zararLaganiarda kasailiklaming boshlang‘ich davri
kuchli rivojlana boradi. Odam beto‘xtov ravishda qusa boshlaydi,
adinamiya, kollaps rivojlanadi. Kasallikning boshlan-g‘ich davri aniq
chegaralarsiz birinchi kunlardayoq septik xarakterli tana harorati
ko‘tari!ishi, qon ishlab chiqarilishining tezda susayishi (suyak
ko‘migi aplaziyasi, pansitopeniya), gemorragiyaning va infeksion
oqibatlarning erta boshlanishi bilan ajralib turuvchi
rivojlanish
davriga o'tib ketadi. Paydo bo‘lgan dastlabki alomatlar 3-4 kun
davom etadi. Ikkinchi haftaning oxiriga borib o‘lim kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |