X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


I Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi.  I.Nigmatov, M.Tojiyev.  38-bet



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

I Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi.  I.Nigmatov, M.Tojiyev.  38-bet.
11


Bu  yerda  portlash  ikki  bosqichda,  y a’ni  parchalanish  -   sintez 
bosqichlda  o ‘tadi.  Neytron  bomba  portlatilganda  oldin  uran  yoki 
plutoniy  yadro zaryadlari  zanjirli  reaksiyaga  kirishadi.  Keyinchalik 
vodorod  izotoplaridan  termoyadro  reaksiyasi  natijasida  geliy  yadro 
sintezi  ro‘y  beradi.  Ajralib  chiqqan  energiyaning  asosiy  qismini 
neytronlar  oqimi  tashkil  qiladi.  Neytron  bomba  portlatilganda  80% 
portlash energiyasining kuchini neytron hamda gamma nurlanish va 
qolgan 20% ini boshqa shikastlovchi omillar tashkil qiladi. Bu bomba 
portlatilganda  ancha  kuchsiz  zarba  to ‘lqini  hosil  bo‘ladi.  Bundan 
tashqari  neytron  bombadagi  detonator  vazifasini  o ‘taydigan 
qurilm ada  yadro  reaksiyasidan  foydalanilganda  ham  bo‘linuvchi 
moddaga  transplutoniy  elementlarini  qo‘shib  kritik  massani  ancha 
kamaytirish  mumkin.  Shuning  uchun  neytron  bomba  portlaganda 
radioaktiv chang miqdori ancha kam b o ‘ladi. Portlash q u w a ti bir 
xil  b o ‘lgan  atom va neytron  bombalarning portlash markazidan bir 
xil uzoqlikda bo‘lgan obyektlarga ko‘rsatilgan ta’siri quyidagicha:
1. Neytron  bomba  portlaganda  vujudga  keladigan  nurlanish 
dozasi  atom  bombasi portlagandagi dozadan 5-10 barobar ko‘p;
2. Neytron bomba portlagan vaqtda ochiq joy da  bo‘lgan odamlar 
ish qobiliyatini atom bombasi portlagan vaqtdagiganisbatan taxminan 
to‘rt barobar ko‘p yo‘qotadi.
Yadro  portlatish  yer  yuzida,  yer  ostida,  suv  ostida,  suv  ustida, 
havoda va kosmik bo‘lishi mumkin.
Yadro  quroUning  shikastlovchi  omillariga:  zarb  to‘lqini  yoki 
zarba  to‘lqini,  yorug‘likning  nurlanishi,  yorib  kiruvchi  radiatsiya, 
joylarning radioaktiv zararlanishi,  elektromagnit impuls kiradi.
12


2-mavzu. ZARB TOVLQINI, K)N LASHTIRUVCHI 
NURLAR, Y O R U G 'L IK A JR A L IS Ifl, 
JA B R LA M SII ZONALARITAVSIFI
Z arb   to‘lqini  -   portlash  markazidan  hamma  tomonga  tovush 
tezligidan  ham  katta  tezlikda  tarqaladigan,  juda  katta  bosimda 
siqilgan havo zonasidan iborat. lining manbayi portlash markazidagi 
ortiqcha bosimdir.
Zarb to‘lqinini aniqlovchi shikastlovchi parametr -  atmosferadagi 
ortiqcha  bosim  hisoblanadi.  Buni  odamlar  zarba  deb  tasaw ur 
qiladilar va  havoning tezlanish  oqimi,  shu  sababli  odamlar  yiqilishi 
yoki og‘ib ketishi mumkin. Siqilgan havoning oldingi chegarasi zarba 
to‘lqinming  fronti deb  ataiadi.  Siqilgan havo zonasida hosil bo'lgan 
eng  katta  havo  bosimi  (Rf)  va  atmosfera  orasidagi  (Ro)  bosimning 
farqi zarba to‘lqini frontidagi yuqori bosim (oRf)ni tashkil qiladi.
13


Zarba  to ‘lqini  o‘tib  ketgandan  so‘ng  bosim  tezda  pasaya 
boshJaydi  va  bir  necha  vaqtdan  so‘ng  atmosfera  bosimidan  ham 
pasayib  ketadi.  Vaqt  o ‘tishi  bilan  oldingi  holatiga  qaytadi,  ya’ni 
atmosfera bosimi tiklanadi.
Zarba to'lqini natijasida paydo bo‘lgan bosim atmosfera bosimiga 
qaraganda  uzoqroq  tursa  zichlanish  fazasini,  atmosfera  bosimidan 
kamroq vaqt tursa siyraklangan  fazani tashkil qiladi.  Zarba to‘lqini 
yadro qurolining quw atiga qarab, birinchi  1000 metrni  1-sekundda, 
2000  metrni  3-sekundda  o ‘tishi  mumkin.  Shu  vaqt  orasida  kishi 
osmonda  yorug‘  shu’Iani  k o ‘rishi  bilan  yashirinishga  ulgurishi  va 
zarba  to ‘lqmini  shikastlanishidan  saqlanib  qolishi  mumkin.  Zarba 
to ‘lqinining  shikastlash  kuchi  zichlanish  fazasida  hosil  bo‘lgan 
bosimga  bog‘liq.  Bunda  siyraklashgan  faza hech  qanday  ta ’sirlash 
kuchiga  ega  emas,  u  faqat  zichlanish  fazasi  ta ’sirini  kuchaytirish 
xususiyatiga ega xolos.
Zarba to iq in i yadro portlashi vaqtidagi asosiy shikastlovchi omil 
bo‘lib  hisoblanadi  va jam i  portlash  energiyasining taxminan  50%  i 
shu omilga to‘g‘ri keladi.
Zarba  to ‘lqini  odamlami,  texnika  vositalarini,  inshootlar,  mol- 
mulklarni  shikastlaydi  va  ko‘p  vayronagarchiliklarni  keltirib 
chiqaradi.  Zarba  to ‘lqini  odamlarga  bevosita  (ortiqcha  bosimdan, 
bosim  oqimining  tezligidan)  yoki  bilvosita  -   imoratlardan  tusha- 
yotgan  va  uchayotgan  katta-kichik  parchalar,  sinib  yoki  ag‘anab 
tushayotgan  daraxtlar  va  boshqalar  hisobidan  zarar  yetkazishi 
mumkin.
Zarba to ‘lqininmg  zararlovchi  ta ’siri  ortiqcha  bosimga  bog‘liq. 
Ortiqcha bosim normal atmosfera bosimi bilan zarba to slqininmg old 
qismidagi  maksimal  bosim  farqidan  kelib  chiqadi.  Ortiqcha  bosim 
kilopaskallarda  (kPa)  yoki  1  sm2  tushadigan  kuch  kilogrammlari 
(kg/sm2)da o‘lchanadi.  1  kPa=0,01  kg/sm2.
Zarba  to‘lqini  ta ’siridan  odamlar  turli  darajadagi  jarohatlar 
olishlari mumukin.
14


1.  Yengil  shikasila.ish  20  -  40  kPa.  Bunday  shikastlanishlarda 
asosan funksional buzilishlar: kontuziyalar, lat yeyishlar, bo‘g‘inlar 
chiqishi  kuzatiladi.  Bular  ambulator  davolanishi,  safga  qaytish 
muddati bir haftadan to yarim oygachani tashkil qiladi.
2.  O'rta  darajadagi  shihastlanish  40-60  kPa.  Bunday  shikast­
lanishlarda asosan ichki a’zolar (o‘pka) zararlanishi kuzatiladi. Kontu­
ziyalar,  quloq-burundan  qon  ketishi, 
tayanch-suyak  sistemasida 
mushak,  paylarning  uzulishi  va  suyaklaming  chiqishi  va  sinishi 
kuzatiladi.  Bularning  hammasi  statsionar  sharoitda  davolanishga 
muhtoj  bo'ladilar.  Davolanish muddati 2-3 oyni tashkil qiladi.
1.  O g'ir  darajadagi shikastlanish 60—100 kPa.  Bunday  shikast- 
lanishda  shikastlanish  simptomlari  (ko‘plab  travmalar,  suyaklar 
sinishi, ichki organlar jarohatlari) yaqqol ko‘rinadi, bundan tashqari 
ularda  bir  sekunddan  bir  necha  soatgacha hushdan  ketish  hoi lari 
kuzatiladi.  Bunday  shikastlanganlarning  hayotini  saqlab  qolish 
uchun  kompleks  davolash  muolajalari  qo‘llaniladi,  Davolanish 
muddati 4 -8   oyni tashkil qiladi.
2.  O'ta og'ir shikastlanish -   100 kPa dan  ortiq.  Bunday  shikast- 
lanishda  hayotiy  muhim  a ’zolar  funksiyasining  buzulishi-hushdan 
ketish,  qon  aylanishi  va  nafas  olishdagi  buzilishlar  bilan  namoyon 
bo‘ladi.  Ular birinchi  sutkadayoq o ‘limga olib keladi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish