|) Ш - 5
1)ГП-?
Gazniqobni (protivogazni) foydalanishga tayyorlash. Agar
protivogazning yuz qismi o‘lcham bo‘yicha to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa
va umuman har kimning o‘ziga moslashtirilgan va ishga yaroqli
bo‘lsa, u holda himoyalovchi vosita ishonchli deb hisoblanadi.
Proti vogaz yuz qismining zarur о ‘ Ichovini tanlab olish protivogazdan
foydalanishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Kattaroq protivogaz
yuzga zich o ‘rnashmaydi va zaharlangan havo uning atrofidan
kirib kishini zaharlanishga olib keladi. Yuz qismi zarur o‘ichamdan
kichikroq bo‘lsa, bunday shlem-niqob boshni qattiq qisib og£ritadi
va uni taqib yurish ancha qiyin boiadi. To‘g‘ri tanlangan shlem-
niqob yuzga hech qanday og‘riq bermasdan zich joylashib turadi.
Shlem-niqoblar o‘Ichovini aniqlash uchun yuz vertikal aylana
bo‘vlab santimetrlarda o‘lchanadi: ya’ni lenta iyakning quyi nuqtasi
orqali yonoqlar bo‘yicha quloq chig‘anog‘i oldidan o‘tib, boshning
tepasida tutash chiziq bo‘yicha o'Ichanadi. Shlem-niqobning to‘g‘ri
tanlanganiigi xlopikrin moddasi yordamida “dudlash kamerasida”
tekshirib ko'riladi.
Protivogazlami tekshirish uchun maxsus dudlash chodiridan
foydalaniladi. Dudlash chodirining maydoni 16 m, umumiy hajmi
40 m2 ni tashkil qiladi. Uning ikkita organik oynak qo‘yilgan
87
derazasi, bitta kiradigan, eni buzilmagan bir bo‘lak qalin matodan
tayyorlangan va zich yopiladigan eshigi bor. Chodir kishilar
yashaydigan uy-joydan 100 metr nariga tiqiladi. Zaharlovchi modda
sifatida xlorpikrin moddasi ishlatiladi. Filtrlovchi protivogazlarni
ishga yaroqli ekanligini bilish uchun ikki marta, ajratuvchi
protivogazlarni bir marta tekshirish yetarli bo'ladi.
Birinchi tekshirish- shlem-niqobning to‘g‘ri tanlanganligi va ishga
yaroqliligini tekshirib ko‘rish uchun o‘tkaziladi. Tekshirish xlorpikrin
moddasining havodagi konsentratsiyasi 0,85 g/m3 bo‘lganda (lm 3
havoda 0,5 sm3 suyuq xlorpikrin moddasi bug‘latiladi) o‘tkaziiadi.
Ikkinchi tekshirish - shlem-niqobning to‘g‘ri tanlanganligi va
protivogazning ishga yaroqliligini tamomila to‘liq tekshirib ko‘rish
uchun o‘tkaziladi. Tekshirish xlorpikrin moddasining havodagi
konsentratsiyasi 8,5 g/m3 bo‘lganda (1 m havoda 5 sm3 suyuq
xlorpikrin moddasi bug‘latiladi) o‘tkaziladi. Vaqt ziq boMganda
filtrlovchi
protivogazlarni
tekshirishda
birinchi
tekshirish
o ‘tkazilmasdan birdaniga ikkinchi tekshirish o'tkaziladi.
Chodirga kirishdan oldin har bir harbiy xizmatchi o‘z
protivogazini tekshirib ko‘rishi kerak, keyinchalik guruhlar (10-20
kishi) protivogazlarini “jangovar” holatda kiyib chodirga kiradi.
Harbiy xizmatchilar guruhi chodirga kirishdan oldin chodir ichida
xlorpikrinning havodagi konsentratsiyasi hosil qilinadi. Chodir
ichiga kirilgandan so‘ng har bir harbiy xizmatchi bir necha marta
boshini engashtirishi, uni o‘ngga va chapga aylantirishi va 8-10
marta cho‘kkalab o‘tirishi talab qilinadi.
Harbiy xizmatchilarning chodir ichida bo‘lish vaqti 5 daqiqani
tashkil qilishi kerak.
Agar 8,5 g/m3 xlorpikrin konsentratsiyasi bilan toidirilgan
chodir ichida bo‘lganda zaharlovchi moddaning ta’siri sezilmasa,
unda shlem-niqob to‘g‘ri tanlangan va protivogaz ishga yaroqli deb
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |