X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

IV.  Та ’sir vaqtiga qarab -  tez ta’sir qiladigan zaharlovchi modda­
lar  (nervlarni  falaj  qiluvchi,  umumiy  zaharlovchi,  ta’sirlovchi, 
psixokimyoviy  zaharlovchi  moddalar).  Qisqa  vaqt  davomida  ta’sir 
alomatlari  ko‘rinadi.  Sekin  ta’sir  qiladigan  zaharlovchi  moddalar 
(terida yara paydo qiluvchi, bo‘g ‘uvchi zaharlovchi moddalar). Klinik 
alomatlari sekin rivojlanadi.
66


V. 
Qo ‘llanish ehtimoli borligiga qarab jami zaharlovchi moddalar 
ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga zarin, zoman, vi-gazlari va 
iprit kiradi. Ular tabeli hisoblanadi. Bularni qo'llash ehtimolli, qolgan 
guruhdagi zaharlovchi moddalar chegaralangan tabeli va zaxiradagi 
zaharlovchi moddalar guruhiga kiradi.
Kimyoviy qurol qo‘llanilishi sababli kimyoviy zararlanish zonasi 
hosil  bo‘ladi,  shu egallagan hududda kimyoviy zararlanish o‘chog‘i 
paydo  boiadi.  Kimyoviy  zararlanish  zonasi-bevosita  kimyoviy 
qurol  qo‘llanilgan  hududdan  va  zaharlash  konsentratsiyasiga 
ega  zaharli  modda  aralashgan  bulut  tarqalgan  hududni  o‘z  ichiga 
oladi.  Bu  hududda  birlamchi  va  ikkilamchi  bulutlar tafovut  etiladi. 
Birlamchi  bulutni jami  zaharlovchi  moddalar  qo'llash vaqtida  hosil 
qiiadi. Buning ta’sir vaqti 30 daqiqagacha. Ikkilamchi bulutni turg‘un 
zaharlovchi  moddalar  hosil  qiiadi.  Buning  ta’sir  vaqti  ob-havoga 
bog‘liq (bu parlanishdan hosil boMadi).
Kimyoviy  zararlanish  o‘chog‘i  deganda  ma’lum  hudud,  shu 
hududda kimyoviy qurol ta’sirida odamlar, hayvonlar va o‘simliklaming 
ommaviy  zararianishi  tushuniladi.  Shu  o‘choqning  o‘lchami  va 
xarakteri  faqat  zaharlovchi  moddalar turiga  bog‘liq  bo‘lmay,  balki 
uni jangovar  qo‘llash  usuliga,  ob-havoga, joy  shakliga,  o‘simliklar 
qoplami  holatiga va aholi yashaydigan punktlar  xarakteriga bog‘liq. 
Qo‘llanilgan kimyoviy qurol oqibatini bartarafetishda qatnashayotgan 
FMTX tuzilmalari ishining mazmuni va hajmi har qaysi qo‘l!anilgan 
zaharlovchi moddalar turiga qarab aniqlanadi.
Nervlarni falajlash ta ’siriga ega bo‘Igan zaharlovchi moddalar
-  hozirgi vaqtda hamma zaharlovchi moddalar ichida eng kuchii va 
tez  o‘limga  sabab  bo‘luvchi  modda  bo‘lib  hisoblanadi.  Bular  qaysi 
usullar bilan organizmga tushishidan qat’i nazar insonni zararlaydi, 
hatto  shikastlanmagan  teri  va  shilliq  pardalarga  tushganda  ham. 
Boshqa  zaharlovchi  moddalardan  farqli  o‘laroq,  fosfor-organik 
moddalar rangsiz va hidsiz.  Shuning uchun odarn ko‘pincha himoya 
vositalarini kiyishga kechikadi.
v7


Nervlarni  falajlash  ta’siriga  ega  zaharlovchi  moddalaming  o‘ziga 
xos xusisiyatlari:
-  zaharlanisiining klinik manzarasi tezda rivojlanadi;
-  bu zaharlovchi moddalar organizmga tushganda teri qavatlarida va 
shilliq pardalarda hech qanday mahalliy o‘zgarishlar yuzaga chiqmaydi;
-  zaharlovchi moddalar teri orqali organizmga tushishi teriga tezda 
zararlanishga  qarshi  shaxsiy  paket  bilan  ishlov  berishni  talab  qiladi. 
zararlangan kishilarga 5  daqiqa orasida ishlov berish o‘tkazilsa yaxshi 
natija beradi;
—bu zaharlovchi moddalar ta’siri natijasida kelib chiqqan bronxoreya, 
bronxospazm,  gipoksiya holatlari va so‘lakninig m o i  ajralib chiqishi 
himoya vositalarini ishlatishni ancha cheklab qo‘yadi;
-   zaharlanishga  ziddi-zaharlar  bilan  davo  qilish  yaxshi  natija 
beradi, shuning uchun zaharlanishning klinik ko‘rinishi paydo boiishi 
bilan  ziddi-zahami  afin,  budaksim  (shprits-tyubikda  bo‘ladi),  tarenni 
(tabletkada) shoshilinch ravishda qabul qilish lozim;
-  kimyoviy zaharlanish o‘chog‘idan chiqarilgan shaxslarga zudlik 
bilan maxsus ishlov berish talab qilinadi;
Zaharlovchi  moddaning  organizmga  tushgan  miqdoriga  qarab 
zararlanishning 4 xil darajasi farqlanadi.
Yengil darajadagi zararlanish -  zaharlovchi moddaning havodagi 
konsentratsiyasi  kam  miqdorda boiganda bir  necha daqiqadan keyin 
namoyon bo‘ladi. Zararlangan kishilar nafas olishi biroz qiyinlashishi, 
ko‘z xiralashishi, ko‘zda og‘riq paydo bo‘lishi, bosh og‘rishi (ayniqsa, 
peshona  sohasida)  bosh  aylanishi  va  ko‘ngil  aynashidan  shikoyat 
qiladilar.  Taxminan  5-10  daqiqadan  keyin  mioz  paydo  boiadi,  ko‘z 
qorachig‘i keskin torayib ketadi. Rangdor pardaning radial mushaklari, 
kipriksimon mushaklar qisqaradi, ko‘z qorachig'i torayadi. Shu tufayli 
ko‘z  ichki  bosimi  pasayadi,  ko‘z  yaqin  turgan  narsalarni  ko‘rishga 
moslashadi,  kechqurun  yoki  sun’iy  yoritilgan  joylarda  ko‘rish 
yo‘qoladi.  Ba’zan  to‘sh  suyagi  orqasida  timalovchi  og‘riq  seziladi, 
me’da  sohasida tarqoq og'riq  paydo  bo‘ladi.  Zaharii  moddalar ta’siri
68


to‘xtaganda intoksikatsiya tez pasayadi va bir necha kundan so‘ng (2—5 
sutka) yo‘qoladi.
0 ‘rta  darajali  zararlanish  -   og‘ir  kechishi  bilan  ifodalanadi. 
Yengii  darajali  zararlanishdagi  klinik  alomatlarga  qo‘shimcha 
ya’ni  havo  yetishmovchiligi,  ko‘krak  qisilishi  alomatlari  paydo 
bo‘ladi,  hansirash  yuzaga  keladi.  Qorin  sohasida  og‘riq  kuchayadi, 
bronxospazm  alomatlari  paydo  bo‘ladi,  shilliq  pardalarda  ko‘karish 
vujudga keladi, yo‘tal kuchayadi,  bunda shilimshiq suyuqlik ajraladi, 
ichaklaming qisqarishi kuchayadi, natijada kuchii og‘riq paydo bo‘ladi 
va ich ketishi kuzatiladi. Ko‘pincha asabiy-ruhiy qo‘zg‘alishlar, qo'rquv 
holati, emotsiyaning buzilishi, kuchii bosh og‘rishi va boshqalar paydo 
bo'ladi. Kasallik huruji vaqtida bemor o‘tirib olib, qo‘llari bilan karavot 
yoki yo‘l chetiga suyangan holda nafasini yengillashtirishga urinadi.
Teri  qoplamlari  nam,  lab  ko‘kargan,  puls  ancha  tezlashgan, 
taranglashgan  bo'ladi.  Arterial  bosim  zararlanishning  boshlanishida 
ko‘tariiadi, keyinichalik zaharlovchi moddalar ta’siri natijasida keskin 
pasayib ketadi, puls susayib bradikardiya holatiga o‘tadi.
Yuqoridagi  klinik  alomatlar  10-15  sutkagacha  saqlanib  turishi 
mumkin.  Keyinchalik  bemorning  ahvoli  yaxshilana  boshlaydi. 
Lekin  1-2  hafta  ichida  ularda  bosh  og‘rishi,  yurak  sohasida  qisilish 
yoki  bilinar-bilinmas  og‘riqlar,  o‘zgaruvchan  puls,  emotsiyalaming 
o‘zgaruvchanlik  holatlari,  umumiy  lohaslik  saqlanib  qoladi.  Bunday 
zararlanganlar statsionar sharoitda davolanadi, davolanish muddati 2-3 
haftani tashkil qiiadi. 
t
Og‘ir  darajadagi  zararlanish  -   (talvasa-falajlanish  shakli) 
alomatlari kuchii rivojlanishi hamda tez vaqt ichida namoyon bo‘Iishi 
bilan ifodalanadi. Yuqori konsentratsiyadagi zaharlovchi moddalaming 
bug1 lari  havo  orqali  nafas  olinganda  qisqa  vaqt  davomida  klinik 
alomatlar  -   bronxospazm,  so‘lak  oqishi,  terlash,  arterial  bosimning 
pasayishi,  ko‘ngil  aynash,  qusish  va  boshqalar  yuzaga  keladi. 
Zararlanishining og‘ir darajasi boshlang‘ich, talvasa tutishi, falajlanish 
yoki komatoz bosqichlarda o‘tadi.
69


BoshIang‘ich  bosqichlda  — zaharlanishning  alomatlari  kuchli 
namoyon  bo‘ladi,  umumiy  ahvol  og‘irlashadi,  qo‘zgalishlar 
kuchayadi,  bosh  og‘rishi,  qo‘rqish,  umumiy  lohaslik  rivojlanadi. 
Ba’zi mushaklar tortishi paydo bo‘ ladi, keyinchalik klonik talvasalar 
yuzaga keladi. Bu talvasa kishining yuzidagi, jag‘idagi mushaklarda 
paydo  bo‘ladi  va bo'yin,  qo‘!  mushaklariga  tarqaladi  va  klonik  - 
tonik talvasalar paydo bo'Iadi.
Talvasa  bosqichida  -   zararlanganlarning  ahvoli  yanada 
yomonlashadi,  hushidan  ketadi,  teri  qoplamalari  ko‘karadi,  sovuq 
yopishqoq  ter  bosadi,  ko‘z  qorachig‘i  kichrayadi  va  yorug‘likni 
sezmay qoladi, og‘zidan ko'piksimon so‘lak oqadi va boshqa klinik 
alomatlari bo'ladi.
Falajlanish  yoki  komatoz  bosqichda  -   talvasalar  sekin-asta 
yo‘qola  boshlaydi  va  butunlay  to‘xtaydi  va  chuqur  koma  holati 
rivojlanadi.  Bu  holat  markaziy  nerv  sistemasi  shikastlanganidan 
dalolat  beradi.  Tanadagi  mushaklar  bo‘shashib  ketadi,  ayrim 
hollarda  bir  xil  mushaklarda  kuchsiz  tortishlar  paydo  boMadi. 
Bemor  ko'karadi,  puls  siyraklashadi,  u  ipsimon  bo‘ladi.  Tana 
harorati pasayadi, ixtiyorsiz siyib  qo‘yish va ich ketishi kuzatiladi. 
Nafas markazi falajlanadi. Nafas to‘xtagandan keyin ham yurak bir 
necha  daqiqa  ishlab  turadi.  Klinik  o‘lim  holati  sodir  bo‘ladi,  3-5 
daqiqagacha ayrim mushaklar qisqarishi va tortishishi kuzatiladi.
0 ‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilganda kishi asta-sekin o‘ziga 
keladi,  umumiy  ahvoli  yaxshilana  boshlaydi.  ToMiq  davoianish 
kursi 3-8 haftani tashkil qiladi.
FOB  hosil  qilgan  kimyoviy  zararlanish  o‘chog‘ida  ko‘p  sonli 
qaytmas va sanitar yo‘qotishlarni  kutsa bo'ladi.  Zararlanganlarga 
zudlik  bilan  samarali tibbiy yordam berish  avvalam  bor ziddi-zahar 
qo‘llash  va  qisman  sanitariya  ishlovi  o‘tkazish  zararlangan  zonada 
talab  etiladi.  Jami  zararlanganlar  shoshilinch  ravishda  BTYOda 
ko‘chirilishga  muhtoj,  buning  uchun  ko‘p  sonli  transport  kerak 
bo‘ladi.
70


Zararlangan hududda ommaviy tuzilmalar ishi og‘ir, chunki tibbiy 
yordam ko‘rsatish gazniqob va himoya kiyimida olib boriladi.
Terida  yara  paydo  qilish  ta ’siriga  ega  bo‘Igan  zaharlovchi 
moddalarga  iprit,  azotli  iprit  va  lyuizit  kiradi.  Bu  zaharlovchi 
moddalar  tug‘unligi,  kuchii  zaharliligi  bilan  tavsiflanadi,  organ 
va  to‘qimalami  zararlab,  yallig‘lanish-nekrotik  jarayonini  keltirib 
chiqaradi va rezorbtiv ta’sir qiiadi.
Teri  shikastlanishi  uch  darajada  (I-II-IU)  kechadi.  Ipritdan 
zaharlanganda  organizmga  zaharli  moddaning  qaysi  yo‘l  bilan 
kirishidan  qat’i  nazar,  namoyon  bo‘ladigan  patologik  jarayonga 
barcha  a’zolar  va  sistemalar  jalb  qilinadi.  Terming  zararlanishi 
5  bosqlchda  o‘tadi:  yashirin  davr,  eritemali  bosqich,  vezikulyoz- 
pufakchali bosqich, yara-nekrotik bosqich va qaytatiklanish bosqichi.
Yashirin  davr  bu  zahar  organizmga  tushgan  vaqtdan 
zaharlanisiming  birinchi alomatlari paydo bo‘lgungacha vaqt oralig‘i. 
Bu  davrda  zaharlovchi  moddalar  ta’sirining  zararlanish  alomatlari 
subyektiv ko‘rinmaydi.
Eritemali  bosqich  -   (o'rtacha  4-6  soatdan  so‘ng)  bu  turdagi 
zararlanishda ipritning juda past konsentratsiyasi yoki bug‘lari teriga 
ta’sir etganda paydo bo‘ladi. Yashirin vaqtdan so'ng terida ochpushti 
rangli, chegarasi noaniq eritematoz dog‘Iar paydo bo‘ladi.
Vezikulyoz-pufakchali  bosqich  -   teriga  iprit  tushgandan  6-12 
soat o‘tgach, terming zararlangan sohasi aniq chegaralanadi. Eritema 
atrofida  rangsiz  seroz  suyuqlik  bilan  to‘lgan  mayda  vezikulalar 
(pufakchalar)  paydo  bo‘ladi.  Pufakchalar  zararlangan  teri  sohasini 
qamrab olib, “ipritli marjon”ni hosil qiiadi. Keyinchalik pufakchalar 
kattalashib,  o‘zaro  qo'shilishib  ketadi  va  yirik  pufakchalarni  hosil 
qiiadi.
Zararlanganlar teri tortishishi,  simillovchi  og‘riq hamda pufaklar 
atrofida qattiq qichishish sezadi. 4-6 kundan so‘ng pufakchalar yorilib 
ularning o'rnida yuzaki yaralar hosil bo‘ladi. Bular keyinchalik qattiq 
po‘stloq  (bu  qon  va  limfadan  tashkil  topgan)  bilan  qoplanadi  (qora
71


qo'tir).  Yaradagi  qora  qo‘tir  2-3  hafta  o‘tgach  ajralib  tushadi  va 
och pushti rangli  epiteliy  hosil  bo‘ladi,  keyinchalik zararlangan joy 
o‘mida pigmentsiz teri dog'lari qoladi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish