0. “Мустақиллик Декларацияси” (1990 йил 20 июнь) ва унинг моҳияти.
Mustaqillik deklaratsiyasi (1990 yil 20 iyun) — Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasida qabul qilingan. U Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam boʻldi. M.D.da “Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi oʻzbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, Oʻzbekistonning kelajagi uchun tarixiy masʼuliyatni chu-qur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mu-staqilligini eʼlon qiladi”, deb yozib qoʻyilgandi. Ana shu hujjat asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi va 1991 yil 31 avg .da “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi (yana q. Mustaqillik).[1]
11. Мустақиллик арафасида республикадаги ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий аҳвол. 1991 йил август воқеалари. Фавқулодда ҳолат давлат комитети (ГКЧП) ва унга Ўзбекистон раҳбариятининг муносабати.
Butunittifoq doirasida mo’rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada
Taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov
Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan
Uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda Prezident O’zbekistonning nuqtai nazarini bildirib,
Respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo’qligi, O’zbekistonda vaziyat
Barqarorligi, qonunga xilof ko’rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va
O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston, viloyatlar
Va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Majlis
Mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda
O’zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi
Ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday
Ig’vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash,
Mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O’zbekiston
Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya qoidalarini og’ishmay va izchil amalga
Oshirish yo’lidan boraveradi, deb ko’rsatildi.
1991-yil 21-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni bilan
O’zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda
Muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O’zbekiston
SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so’zsiz mos kelishi kerak, deb
Belgilab qo’ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasining SSSR
Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga
Zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi.
Fitnachilarning qonunga hilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust
Kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi
Bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar
Qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq
Mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib,
Harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu
Tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi.
Fitnachilarning qonunga hilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust
Kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi
Bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar
Qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq
Mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib,
Harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu
Tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi.
12. Совет давлатининг таназзулга юз тутиши. Мустақил Ўзбекистон Республикасининг ташкил топиши, унинг тарихий аҳамияти. Мустақилликнинг илк даврида давлат суверенитетини мустаҳкамлаш йўлидаги саъй-ҳаракатлар.
Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishiIttifoq shartnomasini yangilash talabi
Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suvcren deb yuritilsa-da, amalda qaram edi. Ular o’z yerlari, suvlari, o’rmon-lari va yer osti boyliklariga, ko’pdan-ko’p korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80— yiHarning oxirlari 90— yillarning boshlarida ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenimida so’zlangan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishi ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qo’yish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz”,-degan edi.
Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik bensh haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olmadi, to’g’rirog’i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoat-
Chiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990— yil bahorida Boltiqbo’yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar.
Markazda vajoylarda: «SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi?»- degan masalada bahs-munozaralar kuchaydi. Markazdagilar: «Kuchli markaz-kuchli respublikalar»,- desa; joylardagilar: «Kuchli respublikalar-kuchli markaz»,- der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo’ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug’ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990— yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990— yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o’z hududlaridagi butun milliy boylik-larga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi.
1991— yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiqbo’yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo’lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo’yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O’zbekiston rahbariyati respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1991—yil 12-martdabo’lganIVplenumidaso’zlagannutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922— yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning to’g’riligini hayot to’la isbotladi.
Butunittifoq referendum SSSR Oyiy Soveti ittifoq shartnomasini o’zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federat-siyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991— yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 1991— yil 20-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o’tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan bulleten bilan birga yana bitta qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi.
13. Мустақил тараққиётнинг дастлабки босқичидаги муаммолар. Ўзбекистоннинг ўзига хос тараққиёт йўлининг танланиши, унинг асосий мазмун-моҳияти, ўзига хос хусусиятлари ва шарт-шароитлари.
O’zbekiston mustaqillikka yerishganidan so’ng kun tartibida ja-hon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar yendilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo yetar yedi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo’lgan tayyor andozalari hech qachon bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo’lgan O’zbekistonday qadimiy makonda o’ziga xos yo’l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim yedi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim yedi. Shuning uchun ham «Mustaqil O’zbekiston tug’ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur yedi».
Yana shuni ta’kidlash darkorki, O’zbekiston o’z mustaqilligi-ni qo’lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo’lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor yedi.
I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O’zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o’zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o’rtaga tashladi:
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin yemas. Biming ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
Ikkinchidan, o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun, qonxmlarga rioya yetish ustuvor bo’lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya yetishi lozim.
To’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |