7. Фарғона воқеалари, унинг келиб чиқишига таъсир кўрсатган миллий, ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий сабаблар ва уларнинг оқибатлари.
1989-yilning mayida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun Farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan Farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi.
8. “Ўзбекистонг ССРнинг Давлат тили ҳақида”ги Қонун ва унинг аҳамияти (1989 йил 21 октябрь).
1989 yil 21 oktyabr kuni O’zSSR Oliy Soveti “O’zSSRning davlat tili haqida”gi qonunni qabul qilgan edi.
Ushbu tarixiy voqea O’zbekistondagi rasmiy targ’ibot tomonidan mamlakatning SSSRdan mustaqilligi yo’lida qo’yilgan dastlabki jiddiy qadam, deb tilga olinadi va keng tantana qilinadi.
30 moddadan iborat bu hujjat “til millatning boyligi va bebaho mulki” ekanini tan olgan.
Qonun o’zbek tili butun O’zbekiston bo’yicha davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab, ish yuritishda, davlat organlariga murojaat qilishda o’zbek tilining mavqeini birinchi o’ringa olib chiqqan.
Ayni chog’da, SSSR qudratda bo’lgan vaqtda yozilgan bu qonunda o’zbek tilining mavqei rus tili bilan teng kelgan o’rinlar ham bor edi, ko’p qatorlarda rus tili “millatlararo muomala tili” deb ehtiyotkorona niqoblangan.
Boz ustiga, ba’zi tashkilotlarda, masalan, O’zbekiston hududidagi harbiy qismlarda o’zbek tilining amalda bo’lmasligi qonunning o’zida yozib qo’yilgandi.
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng, 1995 yili davlat tili haqidagi bosh hujjat yangilandi. Qonun matni ham, moddalar soni ham qisqardi, undagi “rus tili” va “millatlararo muomala tili” birikmalarining har biri bir donagacha kamaydi.
Biroq yangi qonun ham taajjubli jihatlardan holi bo’la olmadi.
Masalan, qonunning davlat organlarida ish hamda korxona-tashkilotlarda hisob-kitob, statistika hujjatlarini yuritish o’zbek tilida bo’lishi lozimligi haqidagi talablari 1995 yildan emas, balki o’n yildan so’ng kuchga kirishi Oliy Majlis tomonidan hujjatlashtirib qo’yildi.
Oradan o’n emas, yigirma yil ham o’tdi – qonunning bu talablari hozir ham to’liq bajarilmayapti: O’zbekistondagi deyarli barcha shirkatlar rasmiy hisob-kitobni rus tilida yuritadi, ko’pincha hukumatning muhim qarorlari faqat rus tilida e’lon qilinadi, qaror ilovalarining o’zbekcha tarjimalari rasmiy manbalarda ham chiqmaydi. Bu – qonundagi bajarilmayotgan talablarning bir qismi, xolos.
Islom Karimov tomonidan imzolangan 1995 yilgi qonunda davlat tili haqidagi yangi hujjat zarurati sabablaridan biri sifatida “lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga mukammal o’tishni ta’minlash” zikr etilgan.
Tilning ajralmas bo’lagi sifatida, o’zbek yozuvi ham o’zinig sertashvish ekani bilan e’tiborni tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |