Ўзбекистон республикаси олий ва


Talaba shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish tartibi



Download 2,43 Mb.
bet37/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Talaba shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish tartibi

Texnik ta`lim muassasalari professor-o'qituvchilari talabalarga birinchi bosqichdan boshlab 4-bosqich tugatganga qadar boshqarishi, rahbarlik qilish va tavsifnoma yozish va bir-birlariga tavsif berishni bilishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki har bir talabaning ruhiy-psixologik holatini aniqlash, ularning shaxsidagi o'zgarishlar (salbiy, ijobiy) ni aniq tasvirlab berish lozim bo'ladi. Buning uchun o'qituvchi har bir talabani kuzatish, suhbat o'tkazish, o'zaro muomala-munosabatda bo'lish jarayonida uning shaxsini o'rganadi va aniq psixologik-pedagogik tavsifnomasini tuzadi. Bu tavsifnoma talabaning “Shaxsiy ishi” da tikib qo'yilgan bo'ladi, yoki professor-o'qituvchining yillik hisobotida o'z ifodasini topgan bo'ladi. Talaba shaxsiga tuzilgan pedagogik-psixologik tavsifnoma real va haqqoniy bo'lishligi uchun o'qituvchi tadqiqotning kuzatish, suhbat eksperiment va xulosalash metodlarini aniq bilishi, ulardan amalda to'g'ri foydalana olishi zarur. Ushbu ma'noda o'qituvchi talabaning qiziqishini, layoqat masalalarini idrok qilishini, emotsional xususiyatlarini, irodaviy faolligini, mustaqillik, ijodkorlik va tashabuskorligini, nutq xususiyatlarini, o'zini tuta bilishi va o'rtoqlari bilan to'g'ri muomala-munosabat qilishini, o'ziga xos xulq-atvorini, o`qish faoliyati, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki natijalarini (yozma ish, yasagan konstruktor ishlari, muhandislik ishiga bo'lgan munosabati va h.k) muntazam kuzatishi va xulosalashi kerak. Talabaga tavsifnoma tuzishda oliy ta`lim muassasalarining me`yoriy hujjatlaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunga OTMda olib borilgan ta'lim-tarbiya ishlarini aks ettiruvchi hujjatlar (guruh jurnallari, talaba shaxsiga oid materiallar, reyting daftarchasi, fakul`tet pedagogik kengashi, yoshlar tashkiloti qarorlari va boshqalar)i asos bo'la oladi. Shuningdek, talaba psixologik-pedagogik tavsifida professor-o'qituvchi talabaning salbiy va bir muncha tarbiya talab xususiyatlarini, o'quv kurslarini o'zlashtirishdagi qiyinchiliklari, uning sabablari va bartaraf etish yo'llari hamda ta'limiy-tarbiyaviy tadbirlar to'g'risida ham batafsil to'xtaladi va kerakli tavsiyalar beriladi.

Shaxs – ruhiy jihatdan sog'lom, o'z xususiyati va sifatlari (xulq-atvori) bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a'zosi bo'lib, ijtimoiy hayot mahsuli sifatida namoyon bo'luvchi hilqatdir.

Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.

Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi.

Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi.

Shaxsning rivojlanishi (shakllanishi) qiyin, murakkab jarayon bo'lib, u ko'plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro'yobga chiqadi.

Inson hayot ekan, butun umri davomida o'sib, rivojlanib, o'zgarib boradi. bolalik, o'smirlik va o'spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko'zga tashlanadi.Shaxs shakllanishi deganda biz shaxsning ham jismoniy ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz.Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to'g'ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir sabab va vositalarini bilish zarur.

Shaxsning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil hamda muhit, ta'lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) dir.Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo'ysunadi.Biologiyaning asosiy tushunchasi bo'lgan irsiyat ya'ni nasl-nasabning ta'siriga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko'zning, terisining rangi, bo'yi-basti va boshqalarga) ega bo'lgan holda dunyoga keladi. Bularga jismoniy xususiyatlar ham deb ataladi. Bolaning fiziologik xususiyatlariga oliy nerv faoliyatining tug'ma o'tishiga aytiladi.

Irsiylik – kishining o'ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlar, ota-ona tomonidan irsiy birliklar orqali o'tadigan xususiyatlar (belgilardir). Umuman shaxs shakllanishida irsiyatning o'rnini quyidagicha ifodalash mumkin. Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib muhitga quyidagicha ta'rif berish mumkin:

Muhit – bu shaxsga ta'sir etuvchi tashqi hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik), ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat), oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida inson kamoloti uchun yaratilgan ijtimoiy muhit muhim rol` o'ynaydi.

Ta'limni isloh qilishga oid qabul qilingan qonun va dasturlarning asl mohiyati esa barkamol insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgandir. Mazkur talabni amalga oshirish esa tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta'sir etadi. Buning natijasida muhitdagi voqealarni to'g'ri ijobiy ta'sirini amalga oshirish imkoni tug'iladi. Muhit berolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug'ma kamchiliklarni ham o'zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta'siri tufayli shaxsda tug'ma kamchiliklarni ham o'zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta'siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Shaxs rivojlanishida tarbiyani o'rni va uning o'zaro uyg'unligini faoliyat orqali quyidagicha ifodalash mumkin.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish