Ўзбекистон республикаси олий ва


-mavzu. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida.Ta’lim jarayoni yagona tizim sifatida. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. (2 soat)



Download 2,43 Mb.
bet39/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

4-mavzu. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida.Ta’lim jarayoni yagona tizim sifatida. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. (2 soat)
Reja:
1. Ta’limnazariyasi(didaktika). Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi sifatida.

2. Ta’lim nazariyasining asosiy maqsad va vazifalari. Asosiy didaktik tushunchalar.

3. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.

4. Ta’lim jarayonining metodologik asosi va tarkibiy tuzilmasi.


Tayanch tushunchalari.

Didaktika, rivojlanishi,ta’lim, ijtimoiy hodisa, shaxs, ijtimoiy muhit, ko’nikma va malakalar, ta’lim nazariyasi,o’rgatuvchi, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va talaba, faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natija, ta’lim jarayonini, takomillashtirish, Yan Amos Komenskiy, Buyuk didaktika.


Ta’lim barcha davrlarda ham ijtimoiy hodisa sanaladi. Uning yordamida shaxs va ijtimoiy muhitning o’zaro ta’siri mustahkamlanadi. Ta’lim shaxs tomonidan ijtimoiy tajribalarning o’zlashtirilish jarayonini tezlashtiradi, uni zarur ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Didaktika ta’lim nazariyasi yunoncha “didaktikos” o’rgatuvchi, “didasko” esa o’rganuvchita’limning nazariy jihatlari ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va talaba faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolarni o’rganuvchi fan. Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” (1657 yil) nomli asari orqali ta’lim nazariyasiga asos soladi. Komenskiy -Didaktika bu faqat ta’lim emas, balki tarbiyalash ham ekanligini alohida qayd etadi.

Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o’qituvchi – talaba, talaba – o’quv materiali, talaba – boshqa talabalar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.O’qish, o’rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o’rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs (talaba va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonlijihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish ob’ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi. Didaktika ta’lim nazariyasining predmetio’qitish o’qituvchi faoliyati va bilim olish talabaning o’rganish faoliyatining o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi jihatlarini o’rganishdan iborat. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendentsiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. Didaktikaning asosiy qoidalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:

1) falsafiy tushunchalar;

2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar.

Didaktika uchun “umumiy”, “alohida”, “mohiyat”, “hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog’liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo’llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o’rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: Ta’lim talabalarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon, ta’lim jarayoni o’qituvchi va talabalar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon, bilim olish idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarning mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni, dars bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan talabalar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli, o’quv fani ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan hamda o’zida muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba, ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar, shuningdek, shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati hisoblanadi.

Ta’limning kontseptual modeli sifatida qo’llaniladi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan.

1. An’anaviy-konservativ paradigma bilim paradigmasiga ko’ra ta’limning asosiy maqsadi “qanchalik qiyin bo’lmasin bilim olish”. Ya’ni yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko’nikma va malakalar, ilg’or g’oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish zarur degan g’oya ilgari suriladi. 2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas, balki talabalar tomonidan turli bilimlarni o’zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi talabalarda ma’naviy-axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko’zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. 3. Gumanistik- insoniylik (fenomenologik) paradigmagako’ra ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o’ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha “phainomenon” – hisoblangan, ya’ni, , alohida nodir odam) modeli talabalarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi. Gumanistik- insoniylik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va talaba hamda o’qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. Gumanistik- insoniylik paradigma g’oyalari 1991 yildan keyin Respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida talabaning barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida qo’yidagi g’oyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda shaxs, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar shaxs erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir”. 4. Ezoterik paradigma (yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin) mohiyati haqiqat abadiy va o’zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo’lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. 5. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish