Talim jarayonida talim oluvchi shaxsi
Reja:
Oquvchi shaxsi talim jarayonining obyekti va subyekti sifatida.
Shaxs qiyofasining tuzilishi va uning tort darajasi: temperament, psixik jarayonlarining oziga xosligi, tajriba va shaxs yonalganligi Texnologiya tushunchasi. Pedagogik texnologiyalar tushunchasining paydo bolishi.
Bilim, konikma va malaka (BKM). Aqliy harakat usullari (AHU).
PTning nazariy asoslari.
Pedagogik texnologiya nim? Nega bu soz birikmasiga yangi sozini qoshimcha qilib, yangi pedagogik texnologiya deb aytamiz? U nima uchun bugungi talim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan talim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va oquv jarayonini loyihalashga yangicha yondashish zarur?
Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo mamlakatimizda «Talim togrisidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida talim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yonalishlarini anglab olmoq lozim. Bu yonalishlar:
talim mazmunini, tizimini isloh qilish;
talim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
talimning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
ota-ona, oqituvchi-oquvchining talim jarayoniga bolgan yangicha qarashlarini shakllantirish;
va nihoyat, bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuch-yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Yangi talim tizimi, mazmuni, oquv reja, darsliklar asosida oquv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondashishni tashkil etish zarurati tugilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov alohida takidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday manaviy fazilatlar egasi bolib voyaga etilishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bogliq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchi navbatda talim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtiri, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, konikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi-ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni ham kiritish goyasi kun tartibiga kondalang qilib qoyildi.
Bu goyani ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari royobga chiqarishi mumkin:
-faoliyat turlari /moddiy-amaliy, ijtimoiy, manaviy/;
-ijtimoiy ong shakllari /ahloq,sanat, siyosat, falsafa va boshqalar/;
-ijtimoiy munosabatlar tizimi /moddiy va mafkuraviy/;
-moddiy ijtimoiy va tabiiy borlik /keyingi avlodlarga meros qilib qoldiriladigan boyliklar/.
Talim mazmuni, uning komponetlari, tarkibi, vazifalari haqida soz ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari ortasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar oz echimini topganicha yoq.
Ayniqsa darslik va oquv qollanmalarida terminologik qatiylik, birqiymatlilikka erishish kerak. Buning sababi shuki:
-birinchidan, darslik va oquv qollanmalarida fan erishgan yakuniy natijalar yaxlit holda aks etadi, bu esa bizga uning amaliyotgan tasirining xarakterini tashxis qilishimizga imkon beradi;
-ikkinchidan, darslik va oquv qollanmalari ona tili /terminologiya/ning yuksak darajadagi namunasini korsata olish mahoratiga ega bolgan olimlar tomonidan yaratiladi. Darslik va oquv qollanmalar tili ularni oqiydigan kitobxonlar /oquvchilardan tashqari talabalar, oqituvchilar, metodistlar, olimlar, ota-onalar/ savodxonligiga bevosita tasir etadi;
uchinchidan, darslik va oquv qollanmalaridagi terminologik kamchiliklar ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqa tadqiqotchilar tushunishlarini qiyinlashtiradi.
Darsliklar tili ravon, sodda, ixcham matnlardan tashkil topgandagina, u bolalarning sevimli kitobi boladi, oquvchilar mustaqil holda organishi mumkin bolgan ikkinchi oqituvchi vazifasini bajaradi, bilim manbaiga aylanadi.
II.Pedagogika fani Ozbekistonda shaxs manfaati va talim ustivorligi etirof etilgan bir davrda erkin shaxsni rivojlantirish qonuniyatlari, yoshlar shaxsini hayotga moslashtirishning shakl va metodlari, mazmuni va printsiplarini jumbuljam organadi.
Bugun pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilish texnologik yondashuv asosida olib borilishi lozim yoxud pedagogika mutlaq texnologik fandir va u talim fazosining barcha qatlamlarini qamrab oladi.
Pedagogika fani predmeti jamiyat extiyoji va rivojlanayotgan shaxs qiziqishiga hamohang holda suniy tarbiyaviy jarayonni korish qonuniyatlarini organish va bu jarayonni amalga oshirish hisoblanadi. Ana shu suniy tarbiyaviy tizim pedagogik tizim, unda kechadigan jarayonlar esa pedagogik texnologiya deb ataladi. Pedagogik tizim tashqarisida hech qanday maqsadli talim-tarbiya jarayoni kechmaydi yoxud pedagogik texnologi bu amaliyotga joriy etish mumkin bolgan pedagogik tizim loyixasidir. Uning asosida tashxisli maqsad, talim-tarbiya mazmuni, didaktik jarayonlar, obektiv nazorat, talim standartlari kabi nazariy tushunchalar yotadi. Bu nazariyalar pedagogik texnologiyaning metodologik jihatlarini ozida aks ettiradi va yangi tadqiqot yonalishlari belgilab beradi.
Pedagogik texnologiyaning metodikadan farqli tomoni shuki, u malumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalab beradi va «oqituvchi-pedagogik jarayon-oquvchi funktsionala tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Shu nuqtai nazardan pedagogik tadqiqotlar maqsadi ana shu tizimga yonaltirilishi kerak, yani:
-talimni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolarini kop bosqichli talim tizimi uchun tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ishlab chiqish:
-ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini tahlil qilish asosida pedagogik texnologiyalar loyihalarini yangilab va boyitib borish;
-oqituvchi faoliyatini yangi pedagogik texnologik texnologiya qonuniyatlariga moslashtirish;
-oqituvchi-texnolog kasbi tavsifnomasini yaratish;
Ozbekistonda yagona pedagogik texnologiya davlat Markazini tuzish va xozirgi kunda bir-biridan izolatsiyalangan talim muassasalari /boshlangich talim, maktab, kasb-hunar kolleji,oliy oquv yurtlari/ uchun yaxlit texnologiyalarni loyihalashni yolga qoyish va boshqalar.
III.Pedagogika fani va amaliyotida qollanilayotgan «pedagogik texnologiya atamasi inglizcha ap edecatianal tecnrology sozidan olingan bolib, aynan tarjimasi talim texnologiyasi degan manoni bildiradi Pedagogika fanida pedagogik texnologiya tushunchasini tariflashda hali yagona bir fikrga kelinganicha yoq.
Ayrim amaliyotchi pedagoglar pedagogik texnologiya deganda texnologik yondashuvga asoslanmagan (bazi foydali, samarali usullarni yoki oqitish jarayonida texnik vositalarni qollashni) tushunadilar. Vaholanki, pedagogik texnologiya talim jarayoniga yangicha, oziga xos belgilar, xususiyatlarga ega bolgan, tizimli, texnologik yondashuvga asalanadi. U, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik tafakkurining maxsuli; texnokratik ilmiy fikr /ong/ning talim sohasidagi loyihasi, talim jarayonini malum darajada standartlashtirish, takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsikl)ga aylantirishdir.
Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsiklni) yaratish oson ish emas. Bunga oquv-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, talim mazmuni va oquv materiallarining har xilligi, talabalarning bilim ozlashtirish qobiliyatlarini xotira xususityalari bir xil emasligi kabi qator faktorlar sabab boladi. Shunga qaramay rivojlangan mamlakatlarda olimlar pedagogik texnologiya usulini shlab chiqdilar, ular yaratgan pedagogik texnologiya usuli qayta takrorlanadigan pedagogik tsikl bolib, talim olishda rejalashtirilgan natijalarni kafolatlaydi.
Pedagogik amaliyotlarda pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan tariflarni va uning muhim belgilari, xususiyatlarini quyida umumlashtirilgan holda keliramiz.
YUNESKO tashkiloti maqullagan tarif: «Pedagogik texnologiya-bu, talim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning ozaro tasirini inobatga olib, oqitish va bilim ozlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qollashning tizimili metodidir. /Progremmsivnie pedagogicheskie texnologii, Toshkent, 1999,3-bet/.
Boshqa mualliflarning tariflari.
-pedagogik texnologiya-amaliyotda joriy etish mumkin bolgan malum pedagogik tizimning loyihasidir;
-pedagogik texnologiya-talim-tarbiyadan kozlangan maqsadga erishish uchun oquv jarayonida qollaniladigan usullar, vositalar majmuidir;
-pedagogik texnologiya oldindan belgilangan, loyixalashtirilgan oquv-tarbiya jarayonini izchil oshirish kabilar.
Yuqorida keltirilgan tariflar pedagogik texnologiya usulining mazmunini anglash va aniqlash jarayoni hali poyoniga etmaganligidan dalolat beradi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun avvalo, pedagogik texnologiya usulining muhim belgilarini aniqlash talab etiladi. Pedagogik adabiyotlarni organish va tahlil etish pedagogik texnologiyaning muxim xususiyatlari, belgilari qatorida quyidagilarni korsatishga imkon beradi:
-talim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda oquvchilar bilan qayta ishlab chiqish;
-tizimli yondashuv asosida talabaning oqish-blish faoliyati tasvirlaydigan talim jarayoni loyihasini tuzish;
-talim maqsadi real, aniq diagnostik bolishi va oquvchining bilim ozlashtirish sifatini obektiv baholash;
-talim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, ozaro bogliq va ozaro tasirda bolishi;
-talim shakllarini optmallashtirish (qulaylashtirish);
-talim jarayonida taxnik vositalar va inson salohiyatining ozaro tasirini hisobga olish;
-talim maqsadlarini kozlangan etalon asosida oquvchilarning kuzatiladigan, olchanadigan xarakatlari shaklida juda oydinlashtirish:
-talabaning faolligiga tayanib oqitish;
-bilim ozlashtirish jarayonida yol qoyilgan xatolarni aniqlab tuzatib borish;
-shakllantiruvchi va jamlovchi baholar;
-belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;
-talimning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolotlanganligi;
-talim samaradorligining yuqoriligi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud tariflar hamda pedagogik texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlarini umumlashtirilgan holda keltirdik. Malumki, mantik faniga kora, biror tushunchaga ilmiy tarif berish uchun tarifda tur va jins tushunchalar keltirilishi va tariflanayotgan tur tushunchasi jins tushunchaga kiradigan boshqa tur tushunchalardan farqini korsatuvchi muhim belgilari korsatilishi talab etiladi.
YUNESKOning tarifida «pedogogik texnologiya-tur tushuncha, tizimli metod-jins tushuncha hisoblanadi. Tarifda pedagogik texnologiya usulini oqitishning boshqa usullaridan farqini korsatuvchi ayrim belgilari ham /talim shakllarini optimallashtirish, texnik vositalar va inson salohiyati hamda ularning ozaro tasirini inobatga olish; oqitish va bilim ozlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qollash korsatilgan.
Lekin bizningcha, YUNESKO tarifida pedagogik texnologiyani talimning boshqa usullaridan keskin farqini yaqqol korsatuvchi: talim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuv; talim maqsadlarini oydinlashtirish, natijasini kafolatlash va obektiv baholash muhim belgilar aks etmagan. Jins tushuncha sifatida ishlatilgan tizimli metod atamasi ham bitta metod /yani tizimli metod/ manosini bildiradi.
Pedagogik texnologiya-tizimli,texnologik yondashuvlar asosida talim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning ozaro tasirini inobatga olib, talim maqsadlarini oydinlashtirib, oqitish va bilim ozlashtirish jarayonlarida qollaniladigan usul va metodlar majmuidir. Bunday usul va metodlarni ishlab chiqish pedagogik texnologiya nazariyasi va metodikasining vazifasidir.
Pedagogik texnologiya-talim usuli, malum manoda talim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui. Oquv materiallarini tanlash, qayta ishlab oquvchilarning kuchiga, ozlashtirish xususiyatlariga moslab shakli, xajmini ozgartirish ham talim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya talim-tarbiyaning obektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida oquv jarayonlari, talim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir.
Pedagogik texnologiya uchun pedagogik amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash; oquvchi yoki talaba kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash; oqitishning har bir bosqichida talimning mazmuni /oquv rejasi, oquv elementlari, ularning mantiqiy tuzilmasi, oquv dasturlari, darsliklarini/ belgilash; oquv yuklamasi bolaning kuchiga moslik darajasini va talabaning ozlashtirish tezligini aniqlash; talim tarbiyaning shakllari va vositalari /oquv qollanmalari, talim tarbiyaning texnik vositalari/ni tayyorlash; oquv jarayonining motiv komponentini royobga chiqarish maqsadida predmetning mazmuniga kiritish uchun qoshimcha ravishda vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash; shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va manaviy fazilatlarni ozlashtirishga yonaltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqi; talimning natijasi va ozlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini obektiv baholash uchun test /nazorat/ vazifalarini tayyorlash; darsda va darsdan tashqari oquvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish, mustaqil mashgulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish kabilar ham pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.
V.Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi talim-tarbiya amaliyotida eng samarali va tejamli oquv jarayonlarini shaxsni kasb egasi sifatida shakllantiruvchi pedagogik, psixologik qonuniyatlarni aniqlash, shuningdek falsafa, sotsiologiya,fiziologiya, matematika, kibernetika, informatika va boshqa fanlarning qonuniyatlaridan foydalanish yollarini aniqlashdan iborat.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti quyidagi qonuniyat va printsiplarga asoslanadi.
-talim-tarbiya jarayoni tuzilishi va mazmuni jihatidan yaxlitligi va birligi;
-talim jarayonini optimallashtirish: qulay sharoit yaratib, oz vaqt, kam kuch sarflab, yuqori natijaga erishish;
-zamonaviylik pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni, yangi tartib-qoidalarni joriy etish, talim mazmunini uzluksiz yangilab zamonaviylashtirib borish;
-ilmiylik: talim-tarbiyada yangi shakl vositalar, faol metodlar, didaktik materiallarni qollash, uzluksiz izlanish, tadqiqot;
- talaba va qoituvchi faoliyatini oqilona uyushtirish: oqituvchi talim maqsadini, mazmunini puxta bilishi, talim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan bolishi; oquvchining manfaatdorligi, qiziqishi va intiluvchanligi;
- pedagogik jarayonni jadallashtirish; axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradorliligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va keng qollash;
- oquv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik baza yaratish;
- pedagogik jarayon natijalarini xolisona va obektiv baholash, test usuli, reyting tizimi, talabalning bilim va kunikmalarini egallash jarayonini nazorat qilish, baholashni avtomatlashtiri;
- talim-tarbiyaning tabiatga mosligi;
- talim-tarbiyaning jamiyatga moslashuvi va boshqalar.
Har bir darsda oqituvchi bosh figura hisoblanadi. U axborot berish, tezroq oqitish bilan ovora. Lekin oquvchining yangilikni qabul qilish darajalari har xil, xoxish-istaklari turlicha, ular passiv eshituvchi, quloq soluvchi, bu ularning oquv jarayonidagi masuliyatini, javobgarlik xissini susaytiradi.demak, ular mustaqil fikr yuritish, mushohada qilish, xulosa chiqarishdan yiroq.
Unga nima qilmoq kerak? Pedagogik texnologiya asosida otiladigan dars jarayonida, talim-tarbiyada oquvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, talim jarayoni subekti bolishi kerak, yani oqish, organish, mutolaa qilish oquvchi zimmasiga otishi kerak.
Oqituvchi esa oqitishdann oqishni orgatishga, bilim berishdan oquvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga komaklashishi zarur. U oquvchini ehtiyoj tugdirishdan, muhit yaratishga va undan masuliyatni sezishga yollashi kerak.
Har bir dars uchun talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, yani bir-biri bilan uzviy aloqada bolgan uch yoqlama maqsadlar quyiladi. Darsni tashkil qilish shakli uning qatnashchilarining ozaro aloqalariga bogliq bolib, u maqsadlarga, oquv materiali xususiyatlariga, talim metodlariga va oquv imkoniyatlariga bogliq.bunga erishi uchun oqituvchi rahnamoligida oqituvchi bilan oquvchilar birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni didaktikada oquvchi jarayoni deyiladi.
Oquv jarayoni uch komponentdan iborat deb qaraladi.
------------------------------
Oquv jarayoni
------------------------------
!
!
--------------------------- ! ----------------------------- Motivatsiya ! Boshqarish faoliyati
--------------------------- ! -----------------------------
!
----------------------------
Bilish faoliyati
---------------------------
Oquv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati shundan iboratki, oqitishda ichki motivatsiyadan /diqqatni tortish, ichki tuygu, istak, zaruratni shakllantirish/ kelib chiqish kerak. Oquv jarayonida asosiy xarakatlantiruvchi kuch oquvchi uchun ham, oqituvchi uchun ham ichki motivatsiya bolishi kerak. Bunda oquvchilar bilim olishga intilish /xuddi benzini bolmasa, avtomashina ornidan qozgala olmagani kabi, bilim olmasang hayotda ornining yoq, jamiyatga qoshila olmaysan.../ va bilim olishga extiyoj bolishi kerak, oqitish maqsadlari ichki ehtiyojga aylanishi kerak. Oquvchi real hayotga kirib borishi uchun bilim, konikma va malakalar bilan birga ilmiy bolim metodlariga ega bolishi kerakligini ongli ravishda tushunib etishi lozim. Chunki ochiq jamityannig asosiy belgisi bu dunyoni anglab etish va unda ozining munosib ornini topish uchun erkin izlanishdir.
Oqituvchidan oquvchilarga tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur ozlashtirishni, zarur malaka va konikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni tafakkur va boglanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik printsip bu talimdagi faollikdir. Faollik printsipi onglilik printsipi bilan bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |