Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana21.02.2022
Hajmi0,66 Mb.
#25343
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarni maktab talimga tayyorlash

 
 
 
1.3. Нутқида нуқсони бўлган bolalarning pedagogik tasnifi. 
Нутқида нуқсони бўлган bolalarni o‗qitish amaliyoti shuni kursatadiki, 
нутқида нуқсони бўлган болаларни har xil guruhdagi bolalarni birgalikda 
o‗qitish yaxshi natijalar bermadi. Нутқида нуқсони бўлган bolalarning 
defferensial tashkil etish uchun har xil tamoyilli tasniflash mavjud. Buni ilmiy 
tadqiqot institutlari xodimlari, O‗zbekistonning qator maxsus maktab-internatlari 
ishlarida o‗rgana boshladilar. Ushbu maktab o‗qituvchilarini o‗rganish, shuni 
ko‗rsatdiki, bu maktablarda o‗qitish ishlari asosan birlamchi nuqsonni hisobga 
olgan holdagina olib borilar ekan. 
Tadqiqot shuni ko‗rsatadiki, ushbu toifa bolalarning rivojlanishida faqatgina 
birlamchi nuqsonning holati asosiy rol o‗ynamaydi, balki qator omillar muhim 
bo‗lib maydonga chiqdi. Birinchi tasniflash XVI asrlarga to‗g‗ri keladi. Undan 


Italiya olimi D.Kardano 3 guruh karlarni ajratgan, karlikni vujudga kelish vaqtiga 
bog‗liqligi va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslangan
10

1. Tug‗ma karlar; 
2. Erta kar bo‗lgan (nutqi rivojlangunga qadar); 
3. Kech kar bo‗lganlar (nutqi saqlanib qolganlar). 
XVIII asr Fransuz pedagogi R.A.Sikar eshitish nuqsoni har xil bo‗lgan 
bolalarni guruhlarga bo‗lishni va ularni bo‗lak holda o‗qitishni taklif qilgan. XIX 
asrning birinchi yarmida Rus surdopedagogi V.I. Fleri kar va zaif eshituvchi 
o‗quvchilarni, kech kar bo‗lib qolganlarni va zaif eshituvchini bo‗lak holda 
o‗qitishni taklif qilgan. Parijdagi kar va zaif eshituvchi o‗quvchilar instituti vrachi 
J.Itar besh guruh karlarni, ularning tovushlari va nutqlarning eshitishiga qarab 
ajratgan: 
1. Yuqori nutq va tovushlarni qulog‗ining yaqinida eshituvchilar; 
2. Unli va undoshlilarni ajratuvchilar; 
3. Ayrim unli va undoshlarni ajratuvchilar; 
4. Nutqlarni eshitmaydigan lekin baland tovushlarni eshitadiganlar; 
5. Umuman нутқида нуқсони бўлганlar. 
Biroq, нутқида нуқсони бўлган bolalarning differensiyasi, faqat turli 
darajadagi eshitish qobiliyatini yo‗qotganlarni o‗qitish bilan ijobiy natijalar 
bermadi. XIX asr ikkinchi yarmida kar Peterburg kar va zaif eshituvchi 
o‗quvchilar universiteti Ya.T.Speshnev ikkita bo‗linma tuzdi: 

turli xildagi nutqlarga ega bo‗lgan нутқида нуқсони бўлган bolalar uchun; 

imo-ishora asosida muloqot qiluvchilar uchun. 
Ya.T.Speshnev tomonidan нутқида нуқсони бўлган bolalar nutq saviyasini 
yaxshilash bo‗yicha differensiyalanadi, asosiy nuqson darajasi hisobga olinmaydi, 
bunday hol esa ularni o‗qitish mobaynida kerakli samara bermaydi. Eshitish 
qobiliyati juda nuqsonli bo‗lgan bolalarning yuqori o‗zlashtiruvchanliklari boshqa 
tomondan eshitish qobiliyati saqlangan bolalarning nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarni 
10
Surdopedagogika / Pod red. M.I.Nikitinoy. –M.: Prosveщenie, 1989. -84 b. 


intellekti bo‗yicha ajratib o‗qitishga majbur qiladi. Нутқида нуқсони бўлган 
bolalarning tasnifini ilmiy tushuntirish zarurati vujudga keldi. 
L.V. Neyman bolalik davrida eshitish qobiliyatining buzilishini o‗rganish va 
tasnifini yaratish tarixida uch bosqichni belgilaydi: 
1. Kar va zaif eshituvchi o‗quvchilarda eshitish qobilyati tekshirishni 
tizimlashtirish boshlang‗ich ilinishidan, toki amaliyotda eshitish o‗lchagich 
uskunasini qo‗llash – kamerton to‗plamidan foydalaniщni amaliyotda 
qo‗llash; 
2. Kamertondan toki audometrgacha davr; 
3. Yangi hozirgi talabga javob beradigan amaliyotga kiritilgan audiometr. 
Eshitish funksiyasining g‗anchalik zararlanganligini aniqlash uchun u 
tomonidan karla rva zaif eshituvchilarning eshitish qobiliyatini tonal audiometriya 
va nutq orqali tekshirish ishlari olib borilgan. L.V.Neyman eshitish chastotalari 
maydoni yordamida qabul qilish diarozoniga asoslanib karlarni to‗rtta guruhga 
ajratadi: 
1-guruhda eng nuqsonli bo‗lgan chastotalarni qabul qiladiganlar 125-250 
Gk. Bu bolalar tovushlarning birortasini ham ajrata olmaydilar, faqat quloq oldida 
baland ovozni eshitadilar. 
2-guruh 125-250-500 Gk chastotalarni qabul qiladi. Bu bolalarni faqatgina 
eshitibgina qolmay, ―o‖, ―u‖ unlilarni ajratadilar. Yaqin masafada atrof muhitdagi 
tovushlarni eshitadilar. 
3-guruh nutqsonli bo‗lgan va o‗rta 125-250-500-1000 Gk chastotalarni qabul 
qiladi. Bu guruh bolalari quloq oldida so‗zlashuvchi balandligidagi ovozlarga 
e‘tibor beradilar, 3-4 unlilarni angaydilar, ularning ko‗pchiligi ba‘zi tanish 
so‗zlarni anglashadi. 
4 guruh 125-2000 Gk. Bu guruhdagi ko‗pchilik bolalar quloq oldida va uzoq 
bo‗lmagan masafadagi gaplarni eshitadilar. Tanish gaplarni va so‗zlarni, unli va 
undoshlarni ajratadilar.
Zaif eshituvchilarda mustaqil nutq qiyinlashuvi, eshitish qobiliyatining 
pasayishi 15-20 dB da hosil bo‗ladi. Buni L.V.Neyman yaxshi eshituvchilar bilan 


zaif eshituvchilar o‗rtasidagi taxminiy chegara deb qabul qilishni taklif etadi. Zaif 
eshituvchilar bilan karlar o‗rtasidagi taxminiy chegarasi esa 80 dB dir. 
L.V.Neyman tomonidan yaratilgan eshitish nuqsoni tasnifi, нутқида нуқсони 
бўлган bolalarning pedagogik tasnifi ilmiy tasniflashga ko‗ra, maxsus 
differensiyaallab o‗qitish kerakligini tasdiqlaydi. 
Funksional holda shikastlanganlarga yaqin bo‗lganlar boshqalarga ko‗ra 
ko‗proq jabrlanadilar. Biror-bir analizatori qanchalik shikastlangan organlar bilan 
kamroq bog‗liq bo‗lsa, shunchalik u yaxshi ishlaydi. R.M.Boskis tomonidan 
tuzilgan pedagogik tasnif eshitish qobiliyatini nutq bilan psixologik bog‗lanishiga 
asoslangan. Tasnifning nazariy asosini quyidagi holatlar tashkil etadi: 
1. Eshitish qobiliyatining buzilish darajasi; 
2. Eshitish nuqsoni yuzaga kelgan vaqti; 
3. Eshitishning yo‗qolganidan so‗ng bolaning qaysi pedagogik sharoitlarda 
bo‗lishi; 
4. Bolaning yakka hususiyatlari. 
Yuqoridagilardan tashqari R.M.Boskis eshitishda nuqsonlari bo‗lgan 
bolalarni ikkita asosiy toifga bo‗lgan, karlar va zaif eshituvchilar. Нутқида 
нуқсони бўлган bolalarsirasiga to‗g‗ma yoki o‗rta yoshda ortirgan karlik 
natijasida nutqni mustaqil egallay olmaydigan bolalar kiritilgan. Zaif eshituvchi 
bolalar qatoriga esa, eshitish qobiliyati pasaygan bo‗lsa-da, minimal darajada 
nutqni mustaqil egallay oladigan bolalar kiritilgan. Bu toifalar asosida R.M.Boskis 
bolalarni ikki guruhga bo‗ladi: 
1. Erta kar bo‗lib qolganlar (2-3 yoshgacha). Buning natijasida ular umuman 
nutq malakalariga ega bo‗lolmaydilar. 
2. Kech kar bo‗lib qolganlar. Karlik kelib chiqishidan oldin ular ma‘lum nutq 
malakalarini egallashga muyassar bo‗lganlar va bu malakalarining ma‘lum 
darajasi saqlangan bo‗ladi.
Erta yoshda zaif eshituvchi bo‗lib qolgan bolalarning nutqiy rivojlanishini 
eshitish qoldiqlari asosida tabiiy sharoitda ya‘ni tabiiy muloqotda olib borish 
mumkin.


Yuqorida aytilganidek, R.M.Boskisning нутқида нуқсони бўлган 
bolalarning pedagogik tasniflanish, eshitish va nutqning psixologik urganishlar 
asosida qurilgan. Нутқида нуқсони бўлган bolaning rivojlanishida o‗ziga xos 
ko‗rsatgichda, quyidagi nazariy taqsimlanishlarga asoslangan
11

1. Yosh boladagi eshitish analizatori faoliyatining buzilishi kattalarning 
uxshash nuqsonidan farqli ravishda quriladi. Katta odamda paydo bo‗lganga 
qadar nutq, idrok va barcha shaxsiyatlar shaklllangan bo‗ladi. Bolalik 
davrida eshitishni yo‗qotish esa, bolaning psixik rivojlantirishda salbiy 
ta‘sir ko‗rsatib, bir qator ikkilamchi nuqsonlarning kelib chiqishiga sabab 
bo‗ladi. 
2. Eshitishda kamchiligi bo‗lgan bolalarning nuqsonli rivojlanishini to‗g‗ri 
tushunish uchun shu holatdagi eshitish kamchiligida nutqni mustaqil egallay 
olish imkoniyatini inobatga olish katta ahamiyatga ega. Bir tomondan 
eshitishning buzilish nutqning me‘yoriy rivojlanishiga to‗sqinlik qilsa, 
boshqa tomondan eshitishning me‘yoriy rivojlanish to‗g‗ri nutqning 
rivojlanishi darajasiga aloqador bo‗ladi. Bolada nutqning qanchalik darajasi 
yuqori bo‗lsa, eshitish qoldiqlarini ishlatish imkoni shunchalik samarali 
bo‗ladi. 
3. Bolada eshitish funksiyasi nuqsoniga bahoning mezoni eshitish oldiqlarini 
nutqiy rivojlanishi uchun ishlatish imkoni hisoblanadi. Bu mezon asosida 
karlik va zaif eshituvchilik bir-biridan farqlanadi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish