Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


 Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tafakkuri



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana21.02.2022
Hajmi0,66 Mb.
#25343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarni maktab talimga tayyorlash

9.5. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tafakkuri 
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo‗lib, insonga atrof borliqni 
bilish quroli sifatida xizmat qiladi. Tafakkur inson amaliy faoliyatining vujudga 
kelishining asosiy shartidir. Tafakkur nutq bilan chambarchas bog‗liq. Nutq 
bo‗lmasa, til vositalari bo‗lmasa, inson fikr qilolmaydi. Tafakkur bo‗lmasa, nutq, 
tilning ham bo‗lishi mumkin emas. Bular o‗zaro bog‗liq kategoriyalardir. Tafakkur 
bu bilish jarayonidir. Bosh miyaning bilish jarayonlarini ta‘minlaydigan 
markazlarining shikastlanishi tafakkur jarayonlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu 
esa, o‗z navbatida, nutqqa ta‘sir ko‗rsatmay qolmaydi. 


Nutq buzilishlarini o‗rganishda va tuzatishda logopediya va logopsixologiya 
fanlari nutq va fikrning o‗zaro bog‗liqligi konsepsiyasiga, bolaning rivojlanishidagi 
umumiy va maxsus qonuniyatlarning o‗zaro munosabatlari to‗g‗risidagi nazariy 
qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki hamda 
tashqi omillarning o‗zaro ta‘siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi 
kuchlari haqidagi nazariyalarga tayanadi.
XX asrning boshlaridayoq bosh miyada ―alohida nutq markazlari‖ mavjud va 
nutq funksiyasi mana shu markazlarda lokallashgan degan nuqtai nazar keng 
tarqalgan edi. Rus olimi I.P.Pavlov bu qarashga yangi yo‗nalish berdi. U bosh 
miya qobig‗ining nutq funksiyalari lokalizatsiyasi murakkab bo‗lib qolmay, balki 
o‗zgaruvchan xususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni ―dinamik 
lokalizatsiya‖ deb atadi. 
I.P.Pavlov ta‘limotiga muvofiq nutq bosh miyaning murakkab psixofiziologik 
funksiyasini, uning ikkinchi signal sistemasini o‗zida namoyon etadi. Bu esa
signallarning signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan 
uzviy bog‗langandir. Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. 
Ammo keyinchalik 2-signal tizimining 1-signal tizimini tartibga soluvchi ta‘siri 
namoyon 
buladi. 
So‗z 
alohida xususiyatning signali, umumlashtirish, 
mavhumlashtirish qurolidir. 1- va 2-signal tizimlari orasidagi o‗zaro murakkab 
aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, buzilgan nutq va nutqsiz 
funksiyalarning o‗rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun 
imkoniyat yaratadi. 
Hozirgi vaqtda P.K.Anoxin, A.N.Leontev, A.R.Luriya va boshqa rus 
olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‗ra, har qanday psixik funksiyalarning 
asosi alohida markazlarda bo‗lmay, balki markaziy asab sistemasining turli 
joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tizimi hisoblanadi. 
Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur 
qobiliyatlari shakllanadi. So‗zning ahamiyati o‗z-o‗zidan umumlashtiruvchi 
hisoblanadi va shu munosabat bilan o‗zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur 
birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o‗xshash emas va ma‘lum darajada bir-


biriga bog‗liq bo‗lmagan holda paydo bo‗ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi 
jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik, nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash 
faoliyati paydo bo‗ladi. Nutqiy muomala qobiliyatini o‗zlashtirish o‗ziga xos 
insoniy ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit 
haqidagi tasavvurlari shakllanadi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari 
takomillashadi. 
Shuning uchun nutq buzilishiga ega bo‗lgan shaxslarning tafakkur 
xususiyatlari muammosi logopsixologiya va neyropsixologiya fanlarining muhim 
muammolaridan biridir. Nutq va tafakkurning chambarchas o‗zaro bog‗liqligini 
tushunish uchun bolalar psixik funksiyalarining rivojlanishi va buzilishining ichki 
qonuniyatlarini e‘tiborga olish kerak. 
Rus olimlari (L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev va b.) tomonidan 
tafakkurning psixik strukturasi masalasi har tomonlama ishlab chiqilgan. Umum 
qabul qilingan tasnifga ko‗ra bilish faoliyatining uchta asosiy shakli mavjud: 
ko‗rgazmali-amaliy, ko‗rgazmali-obrazli va verbal-mantiqiy (nutqiy) tafakkur.
Tafakkur sensor alaliya va afaziyaning barcha turlarida miyaning organik 
buo‗ilishlari natijasida tafakkur qo‗pol buzilgan bo‗ladi. Boshqa nutq nuqsonlarida 
esa (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) tafakkur buzilishi logopsixologiyada 
chuqur o‗rganilmagan va tahminimizga ko‗ra bu nuqsonlarda tafakkurning qupol 
buzilishlari kuzatilmaydi, lekin o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗ladi. 
Afaziyaning turli shakllarida bemorlarning nutq-tafakkur faoliyatida umuman 
olganda buzilishlar kuzatilmaydi, balki bu faoliyatning ayrim bo‗yinlari buzilgan 
bo‗ladi. Boshqacha qilib aytganda, miya katta yarim sharlaridagi turli 
bo‗limlarninshg shikastlanishi so‗zlar ma‘nolarini farqlashda muammolar keltirib 
chiqaradi. Bunda so‗zlarning analitik-sintetik tahlili buzilgan bo‗ladi. Natijada 
sensor alalik va sensor afazik bola o‗zgalarning nutqini tushunmaydi. Bolada 
tovushlarning sintetik-analitik tahlili buzlgani sababli. U ko‗p bo‗g‗inli so‗zlarni 
idrok eta olmaydi, fonetik jihatdan yaqin so‗zlarning ma‘nolarini farqlamaydi 
(masalan, sim-shim, uka-ukki).


V.A.Kovshikov,Y.A.Elkin motor alalik bolalarning tafakkurini tadqiq qilar 
ekanlar, bir nechta tushunchalarni ajratib qo‗rsatdilar: bilim – borliqni bilishda 
o‗tgan zamon tajribasi natijalarida shakllangan va fikrlash operatsiyalari uchun 
manba bo‗lib xizmat qiladigan obrazlar, tasavvurlar, tushunchalar majmui; psixik 
faoliyatning o‗z-o‗zini tashkil qilishi – bilish faoliyatini va uni boshqarishni 
faollashtirishga qaratilgan yaxlitlik bo‗lib, tafakkur jarayonining kechishi va 
muammoli vaziyatlarni hal qilib berishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi; 
shaxsiy tafakkur – muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo‗naltirilgan jarayon. 
Nutq kamchiliklariga (duduqlanish, dizartriya, rinolaliya, alaliya, afaziya va 
h.k.) ega bolalarda bilish jarayonining kamchiliklari tafakkur jarayoni va 
natijalariga va o‗z-o‗zini boshqarishning buzilishiga ko‗proq ta‘sir qiladi. Ularda 
atrofdagilar to‗g‗risida yetarli hajmda ma‘lumotlar bo‗lmaydi, borliqdagi 
predmetlarning xususiyatlari va funksiyalari haqida noto‗g‗ri tasavvurlar, 
hodisalarning sabab-oqibat aloqalarini o‗rnatishda qiyinchiliklar tug‗iladi. O‗z-
o‗zini boshqarishning buzilishiga hissiyot-iroda doirasidagi kamchiliklar sabab 
bo‗ladi. Bolalar odatda o‗zlariga taklif qilingan muammoli vaziyatga uzoq vaqt 
kirisholmaydilar, yoki, aksincha, vazifani bajarishga juda tez kirishib ketadilar, 
lekin bunda vazifaning hamma jihatlarini hisobga olmasliklari tufayli, uni to‗g‗ri 
baholay olmaydilar va to‗liq bajarishga qiynaladilar. Ayrim bolalar esa vazifani 
bajarishga tez kirishadilar, lekin unga qiziqishlari xuddi shunday tez yo‗qoladi, 
xatto vazifa to‗g‗ri bajarilayotgan bo‗lsa ham, ishni tugatmasdan uni bajarishdan 
bosh tortadilar. Bunda nutqi rivojlanmagan bolalar fikrlash operatsiyalarini to‗g‗ri 
bajara oladilar, lekin ularda psixik jarayonlarning (xotira, diqqat, tasavvur, 
tafakkur) rivojlanishi o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lgani sababli fikrlash 
operatsiyalari to‗liq amalga oshmay qoladi (V.A.Kovshikov, Y.A.Elkin). 
Nutqi rivojlanmagan bolalarda aniq obrazli fikrlashning kamchiliklari faqat 
ikkilamchi emas, balki birlamchi xarakterga ega bo‗lishi mumkin. Bu holat bosh 
miya po‗stlog‗i tepa qismining jarohatlanganligi bilan bog‗liq. Og‗ir nutq 
nuqsoniga ega bolalarda ko‗pchilik hollarda nutqning rivojlanmaganligi aniq - 
obrazli fikrlashning shakllanmaganligi bilan bog‗liq bo‗ladi (T.A.Fotekova, 1993). 


Nutqi to‗liq rivojlanmagan ko‗pchilik bolalar uchun fikrlashning sustligi xos 
bo‗ladi. (L.I.Belyakova, Y.F.Gargusha, O.N.Usanova, E.L.Figeredo). 
Muammoli bolalar tafakkur rivojlanishi orkada kolish bilan tasniflanadi. 
A.R.Luriya, L.S. Svetkova, I.T.Vlasenko o‗z tadqiqotlarida so‗z-mantiq tafakkur 
buzilishi mexanizmlari muammolarini yoritib berdilar.
So‗z-mantiq tafakkur nutq vositasida amalga oshiriladi. A.N. Leontev 
ta‘kidlashicha, so‗z ma‘nolarida predmet dunyosi, xossalari, aloqalari, 
munosabatlari o‗zining moddiy ifodasini topgan. L.S.Vigotskiy bu bog‗liqlikni 
tafakkur va nutq birligi deb atagan. Tushuncha tafakkur jarayonida vujudga keladi.
Tafakkur qanchalik to‗liq rivojlangan bo‗lsa, so‗z ma‘nosi shunchalik to‗liq 
bo‗ladi, ya‘ni tafakkur jarayonlari, so‗z ma‘nosi ortida turib, shaxsiy fikrlash 
darajasida kechadigan analiz va sintez bilan bog‗langan. 
Nutq bilan tafakkurning birligini I.P.Pavlovning ikkinchi signal sistemasi 
to‗g‗rsidagi ta‘limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal sistemasi birinsi signal 
sistemasi bilan bir-biriga ta‘sir qilgan holda nutqning ham, tafakkurning ham nerv-
fiziologik negizini tashkil qiladi. 
Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqibatida yuzaga 
keladi. Meningit, skormotika, otit, gripp kasalliklarini infeksion-yuqumli 
kasalliklar qatoriga kiritish mumkin. Eshitish buzilishlari ichki, o‗rta, tashqi 
quloqlarni shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi 
shkastlangan bo‗lsa, ko‗p holatlarda karlik, agar o‗rta qo‗loq shikastlangan bo‗lsa 
eshitish pasayishi kuzatiladi. Maktab davrida ovoz tassurotlarining yuqori 
chastotasi ham eshitishning yuqori chastotasi ham eshitish qobiliyatini pasayishiga 
olib kelishi mumkin. 
Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishga xomiladorlikni noqulay davom 
etishi, onaning virusli kasalliklari ham muhim rol o‗ynaydi (qizamiq, grip). 
Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgilarini tug‗ma deformatsiyasi, eshitish 
nervining atrofi, ximik zaxarlanish, tug‗ish davridagi travmalar, mexanik 
travmalar, kuchli ovoz ta‘sirotlarining akustik ta‘siroti bo‗lishi mumkin. Eshitish 


buzilish o‗rta qo‗loqni o‗tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. 
Eshitishning qat‘iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik shamollashish) 
kasalliklari natijasida ham kuzatiladi. Bu kasalliklar chaqaloqlik chog‗ida jiddiy 
xavf soladi. Eshitish pasayishiga ta‘sir qiluvchi omillar orasida ototopsik 
preporatlar asosan antibiotiklar muhim o‗ringa egadir. 
Eshituv funksiyasi buzilishi asosan chaqaloqlik davrida ko‗p uchraydi. 
L.V.Neylan (1959) eshitish buzilishlari 70 %i bolaning 2-3 yoshlarda kuzatilishini 
e‘tirof etib o‗tadi. Bola hayotining keyingi yillarida eshitishni pasayishi kam 
kuzatiladi.
7
Eshitishni buzilishlari yuzaga kelishda kasbiy omillar ham katta ahamiyatga 
ega. Karlar oilasida eshituvchilar oilasiga qaraganda ko‗p miqdorda kar bola 
tug‗iladi. Shuningdek yaqin qarindoshlar nikohida va er-xotin yoshi o‗rtasida katta 
farq ham eshitish buzilishlariga sabab bo‗lishi mumkin. Aroqxo‗r ota-onalar, 
kensok kasalligi turli xromasomali kasalligi mavjud oilalar (uchuvchi va suvga 
shung‗uvchilar)da ham eshitishda nuqsoni mavjud bolalar tug‗ilishi kuzatiladi. 
Chet el va rus statistik ma‘lumotlari ko‗rsatishicha, eshitishda nuqsoni 
mavjud bolalar soni oshmoqda. Turli mamlakatlarda o‗tkazilayotgan tadqiqotlarga 
ko‗ra, yer yuzi aholisini 4-6 %i eshitishda nuqsonga ega bo‗lib, jismoniy 
muloqotga ehtiyoj sezadi. Bularda 2% ikki tomonlama eshitish pasayiga ega 
bo‗lib, so‗zlashuv nutqini 3 metrdan so‗zlashuv nutqini idrok etadi, 4 % esa bir 
tomonlama karlilka egadir. 
Нутқида нуқсони бўлганmavjud bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlarini 
to‗g‗ri tushunish uchun ularga o‗z vaqtida tashxis qo‗yish, ta‘lim-tarbiyani 
muassasasini tanlash, bu jarayonni tashkil etishda bu bolalarning tasnifi muhim 
o‗rin tutadi. Нутқида нуқсони бўлганbo‗lgan shaxslarning tasnifi surdopedagog 
va doktorlarni doimo qiziqtirib kelgan. Bizning mamlakatimizda L.V.Neyman
tomonidan taklif etilgan tasnif keng tarqalgan. 
7
Surdopedagogika / Pod red. M.I.Nikitinoy. –M.: Prosveщenie, 1989. -323b. 


Agar eshitish buzilishi so‗zlashuv nutqiga taaluqli chastotalar diopozomida 
(500 dan 1500 Gs) tarqalsa, uni idrok etishi amalga oshmaydi. Agar eshitish 
buzilishi 100 dB dan ortsa, karlik yuzaga keladi, qisman eshitish buzilsa nuqson 15 
dB dan 80 dB gacha darajada namoyon bo‗ladi. Ushbu tasnifga ko‗ra zaif 
eshituvchilarning 3 guruhi tavsiflanadi. Eshitish qoldig‗i saqlanganligi darajasiga 
ko‗ra 4 guruhga tasniflanadi: (125 dan 2000 Gs, 125 dan 1000 Gs gacha, 125 dan 
500 Gs gacha, 125 dan 250 Gs gacha). 
Pedagogik tasnif Нутқида нуқсони бўлганbo‗lgan bolalar ta‘limiga turli 
yondashuvlarni asoslaydi. Bizning mamlakatimizda R.M.Boskisning psixo-
pedagogik tasnifi muhim o‗ringa ega
8
. Uning asosida L.S.Vigotskiyning ruhiy 
funksiyalar ta‘limoti yotadi. Нутқида нуқсони бўлганbo‗lgan bolalar 
rivojlanishning o‗ziga xosligi o‗zida namoyon etuvchi yangi ko‗rsatkichlarni 
ko‗rsatdi. Eshitishni yo‗qotish darajasi eshitish buzilishini yuzaga kelish vaqti, 
nutqni rivojlanish darajasi ko‗rsatilgan ko‗rsatkichlarga bog‗liq holda quyidagi 
guruhlarni tasniflaydi: 
I – нутқида нуқсони бўлганbo‗lgan bolalar. – Bu guruhga kiruvchi bolalar 
nutqini tabiiy idrok etolmaydilar uni mustaqil egallay olmaydi. Ular ko‗ruv (labdan 
o‗qish) va eshituv ko‗ruv (Tovush kuchaytirish apparati yordamida) orqali maxsus 
ta‘lim jarayonida so‗zlashuv nutqini idrok etadi. 
II – kech kar bo‗lgan bolalar (nutqi mavjud bolalar) – ularda eshitish 
buzilishi turli darajada tuzilgan, nutqi turli darajada saqlanganligi ko‗zatiladi. 
Lekin maxsus tashkil etilgan ta‘limsiz mavjud nutq yo‗qolib ketishi mumkin. Bu 
bolalar so‗zlashuv, muloqot malakasiga ega bo‗ladilar. Ular uchun so‗zlashuv 
nutqini ko‗ruv va eshituv idrokining malakalari shakllantirish muhimdir. 
Tafakkurni rivojlantirish ma‘lum darajada eshituvchi bolalar tafakkurini 
rivojlanishi bilan o‗xshashdir. Bu o‗xshashlik nutqiy lug‗at hamda atrof muhit, 
voqea-hodisalarini so‗zda ifodalash darajasiga ko‗ra bo‗ladi. 
8
Surdopedagogika / Pod red. M.I.Nikitinoy. –M.: Prosveщenie, 1989. -64 b. 


III – zaif eshituvchi bolalar. Eshitish darajasiga ko‗ra bu bolalar ma‘lum 
darajada nutqni mustaqil egallashlari mumkin, lekin ularda talaffuz nuqsonlari 
uchraydi. Nutqni ko‗ruv orqali idrok etish eshitish buzilish darajasiga ko‗ra 
bo‗ladi.
Psixo-pedagogik tasnif asosida нутқида нуқсони бўлганbo‗lgan bolalarni 
tabaqali maxsus ta‘limi amalga oshadi. Bolani u yoki bu o‗quv muassasasiga 
yo‗naltirishda bolani nutqiy rivojlanishi va eshitish buzilishi darajasi hisobga 
olinishi lozim. Chunonchi, zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo‗lgan bolalar, nutqiy 
rivojlanish mavjud нутқида нуқсони бўлганbo‗lgan bolalar zaif eshituvchi bolalar 
maxsus maktabida ta‘lim oladilar. 
Нутқида нуқсони бўлганbo‗lgan bolalarning ruxiy rivojlanishi tashqi olam 
bilan aloqa sharoitida amalga oshuvchi rivojlanishning o‗ziga xos yo‗lidir. 
Ko‗pincha eshituv analizatorining funksiyasi buzulganligi eshituv bilan bog‗liq bir 
qator funksiyalarni to‗liq rivojlanmasligiga olib keladi. Xususiy ruxiy 
rivojlanishini buzulishi kar va zaif eshituvchi bolaning ruxiy rivojlanishini 
tormozlaydi. Defisator tipda larxik kordinatsiya va funksional aloqalarning 
buzulishi 
kuzatiladi. 
Bu 
qisqa 
saqlanilgan 
tizimda 
perseptivtizimlarni 
rivojlanmaganligida namoyon bo‗ladi.
Нутқида нуқсони бўлганmavjud bolalarning ruxiy rivojlanishi eshituvchi 
bolalarning ruxiy rivojlanishi qonun-qoidalariga bo‗ysunadi. Bu umumiy qonun-
qoidalar quyidagi qoidalar bilan xarakterlanadi
9

1. Surdopsixalogiyada bolaning ruxiy rivojlanishida biolagik va ijtimoiy 
omillarning o‗zaro aloqadorligi ta‘limoti muxim o‗ringa ega. Biologik omillarga
nerv tizimining xususiyati temperament tiplari, qobiliyat kiradi. Bolaning 
tug‗ulishgacha xayotida – xomila davridagi bosqichni davom etishi ona kasalligi, u 
qabul qilgan dorilar, tug‗ish travmalari xam biologik omil turkumiga kiradi. 
Ijtimoiy omillar bola yashab, rivojlanayotgan jamiyat-siyosat, idealogiya tipi, 
madaniyat, fan va san‘at rivojlanish darajasidir. Ijtimoiy muxit shu jamiyatdan 
9
Surdopedagogika / Pod red. M.I.Nikitinoy. –M.: Prosveщenie, 1989. -144
b. 


qabul qilingan ta‘lim-tarbiya tizimini belgilari, inson rivojlanishining manbai 
sanaladi. Ijtimoiy tajribani egallash passiv idrok etish bilan emas, balki faol 
formada faoliyatning turli ko‗rinishlari-o‗yin, muloqot, mexnat, bilim olishda 
namoyon bo‗ladi. Bolalar bu tajribani kattalar yordamida egallaydilar. 
Eshitishning buzulishi biologik omillar, asosida tug‗uruq patalogiyasi, ximik 
zararlanish asosida amalga oshishi mumkin. Bolalik davrining xususiyatlari 
kattalarga nisbatan miya strukturasining to‗liqsizligi, ruxiyat komponentlarini 
shakllanmaganligi, nerv tizimining plastikligi va konpensatsiyaga moyilligi bilan 
asoslanadi. Eshitishni buzulishida konpensatsiya rolini ijtimoiy omillar – oilaviy 
tarbiya, emotsional tarbiya, ota – onaning ta‘limi darajasi, ularni mutaxasislar bilan 
munosabati, korreksion ishdagi ishtiroki katta ahamiyatga ega. 
2. Barcha bolalarni ruxiy rivojlanishidagi umumiy qonuniyat uni vaqt bo‗yicha 
tashkillashtirish hisoblanadi: bola xayotining turli bosqichlarida o‗zgaruvchi ritmi
shakllanish xususiyatlari bilan belgilanuvchi mazmun bolaning ta‘lim tarbiyasi 
jarayoni xisoblanadi. Ruxiy rivojlanishni bir bosqichidan ikkinchisiga o‗tishi ruhiy 
komponentlarini chuqur shakllanishi, psixologik davr-ontogenizmning o‗ziga 
xosligi o‗zida namoyon qiladi. 
3. Bolalar ruxiy rivojlanishi hayot bosqichida miyaning faol shakllanishi bilan 
asoslanadi. 
Bir yoshdan ikkinchisiga o‗tishda funksional aloqalarning murakkabligi 
kuzatiladi. Shuning uchun yosh davri turli pedagogik ta‘sirlarga yuqori 
ta‘sirchanligi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar senzetiv deb nomlanadi. Har bir 
yosh davrida aloqa va munosabatlar, psixik funksiyalar qayta qurulishi amalga 
oshiriladi. 
Senzitiv bosqichlar mavjudligi, endi shakllanayotgan ruxiy funksiyalarga 
ta‘lim ta‘siri kuchli bo‗lishi bilan xarakterlanadi. Nutqni rivojlanishidagi senzitiv 
bosqichning senzitiv bosqichi (yoshdan 3 yoshgacha) нутқида нуқсони 
бўлганmavjud bolalarni ruxiy korreksiyasida muxim o‗rin tutadi. 
4. qonuniyat- L.S.Vigoteniyni bolalar rivojlanishidagi metomerafaza xaqida 
ta‘limotidir. Bola psxikasi xar bir yosh etapida o‗ziga xosdir, bu bola 


rivojlanishdagi integrasion jarayonlar funksional munosabatlar natijasi o‗laroq 
maydonga chiqadi. Evalyusiya va invalyusiya jarayonini birlashishi yangi 
bosqichda oldingi bosqichdagilarni yangilanishi yoki mavjud bo‗lmasligini 
asoslaydi. 
5. qonuniyat- yuqori ruxiy funksiyalarni rivojlantirish sanaladi. Bu boshqa 
odamlar, kattalar bilan xamkorlik shakli sifatida namoyon bo‗lib, asta – sekin 
bolaning ichki funksiyasiga aylanib boradi. Yuqori ruxiy funksiyalar-murakkab 
tuzilmalar bo‗lib, kelib chiqishiga ko‗ra ijtimoiy xodisadir. Ular maxsus tashkil 
etilgan vositalar bilan jamiyatni tarixiy rivojlanishi bosqichida shakllanib boradi. 
―Natural‖ psixik funksiyalarning oldingi strukturasi o‗zgaradi, ular madaniylashib, 
ongliylik, ixtiyoriylik, asoslanganlik sifatlariga ega bo‗la boshlandi. 
Нутқида нуқсони бўлганmavjud bolalarning ruxiy rivojlanishi 
qonuniyatlari ruxiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar psixik rivojlanishi 
qonuniyatlariga xos bo‗ladi. Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar atrof muxit 
bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch keladilar, ularda shaxs va o‗z –o‗zini 
anglashni rivojlanishi xususiyatlari namoyon bo‗la boshlaydi. Turli buzulish, 
nuqsonlarga ega bolalarning ruxiy rivojlanishi taxlili, L.V.Vigotskiy ta‘rifi bilan 
aytganda nuqson strukturasidan tuzilgan taxlildan kelib chiqadi. Birlamchi nuqson 
bu o‗rinda – eshitishning buzulishi ikkilamchi, uchlamchi nuqsonlarga olib keladi. 
Ikkilamchi buzulishlar turli sabablarga ko‗ra chaqaloqlik, maktabgacha bo‗lgan 
davrda o‗xshash xolatda namoyon bo‗ladi. Ikkilamchi nuqsonlar tizimli xarakterga 
ega bo‗ladi, funksional o‗zaro munosabatlar strukturasini o‗zgartiradi. Ikkilamchi 
nuqson qanchalik birinchisiga yaqin bo‗lsa, uni korreksiyalash shunchalik 
murakkabdir. Masalan, нутқида нуқсони бўлган bolalar talaffuz nuqsoni eshitish 
buzulishi bilan bog‗liq bo‗lib, uni korreksiyalash mushkul vazifadir, nutqning 
boshqa jixatlarini rivojlantirish xali eshitish buzulishi bilan u qadar yaqin aloqada 
emas, shu sababli ularni korreksiyalash bir muncha yengil kechadi. Ikkilamchi 
nuqsonlar eshitishdagi buzulishidagi psixo-logo - pedagogik korreksiyaning asosiy 
obekti hisoblanadi. Bola ruxiy rivojlanishi o‗ziga xosligi ikkilamchi nuqsonlarni 
erta korreksiyalash lozimligi dalillandi. 


Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ta‘lim – tarbiyasida tushurib qoldirilgan 
yillar, yuqori sinflarida konpensatsiya qilinaolmaydi, buzulishlarni bartaraf 
qilinishi uchun uzoq muddat, kuch talab etadi. Ruxiy rivojlanish jarayonida 
birlamchi va ikkilamchi buzulishlar o‗rtasidagi iarxik munosabatlar buzuladi. 
Ta‘lim jarayonidagi dastlabki to‗siq – bu birlamchi nuqson sanaladi. Keyingi 
bosqichlarda psixik rivojlanishi buzulishdagi ikkilamchi nuqsonlar bolaning 
ijtimoiy adaptatsiyasiga to‗sqinlik qila boshlaydi. Buzilishlarning barcha tiplarida 
bolaning ruxiy rivojlanishida o‗ziga xos qonun – qoidalarni tasniflash mumkin 
(B.I.Lubovskiy). Buzulishning barcha tiplarida ma‘lumotni qabul qilish, qayta 
ishlash, saqlash va qo‗llash qobiliyatini pastligi kuzatiladi.
Нутқида нуқсони бўлган bolalarn ruhiy tuzilishlarini bartaraf etish, uning 
birlamchi nuqsonni ikkilamchi va uchlamchi nuqsonni yuzaga keltirilganligi 
maxsus tashkil etilgan ta‘lim tarbiya jarayonida amalga oshadi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish