Yosh huquqshunoslar


Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish MMIBDO’



Download 401,95 Kb.
bet34/71
Sana11.12.2022
Hajmi401,95 Kb.
#883772
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
to\'garak huquq

Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish


MMIBDO’____________________
17-Mavzu:ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiDAN


Reja:
Darsning maqsadi:
1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish
10-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi
Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o’z xususiyatiga ko’ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo’lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.
13-modda. Ma’muriy javobgarlikka tortilish yoshi
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o’n olti yoshga to’lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
14-modda. Voyaga etmaganlarning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan Voyaga etmaganlar ishi bilan shug’ullanuvchi komissiyalar to’g’risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo’llaniladi.
Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning -moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (ushbu Kodeksning nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar bundan mustasno) ishlar voyaga etmaganlar ishi bilan shug’ullanuvchi shahar, tuman, shaharlardagi tuman komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
23-modda. Ma’muriy jazoning turlari
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo’llanilishi mumkin:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5) ma’muriy qamoqqa olish.
6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
25-modda. Jarima
Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo’yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — o’ndan bir qismidan kam bo’lmasligi kerak.
Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
29-modda. Ma’muriy qamoqqa olish
Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o’n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o’ttiz sutkagacha muddatga qo’llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig’i tomonidan belgilanadi.
Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo’lgan ayollarga, o’n to’rt yoshgacha bo’lgan bolasini yakka o’zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo’llanilishi mumkin emas.
40-modda. Tuhmat
Tuhmat, ya’ni bila turib yolg’on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish —
eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
41-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish —
eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
491-modda. Voyaga etmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo’l qo’ymaslik to’g’risidagi talablarni buzish
Voyaga etmagan shaxs mehnatidan uning sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo’lgan ishlarda foydalanish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
52-modda. Engil tan jarohati etkazish
Ehtiyotsizlik orqasida engil tan jarohati etkazish —
eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Qasddan engil tan jarohati etkazish, bu harakat sog’liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko’p davom etmaydigan turg’un tarzda yo’qotishga olib kelmagan bo’lsa, —
eng kam ish haqining ikki baravaridan to’rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
561-modda. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish
Ish joylarida, sog’liqni saqlash, ta’lim, sport-sog’lomlashtirish muassasalarida, yong’in chiqish xavfi bo’lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, —
eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
188-modda. Voyaga etmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish
Voyaga etmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga, irodasiga ta’sir qiladigan moddalar yoki vositalarni iste’mol etishga jalb qilish —
eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
1881-modda. Voyaga etmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish
Voyaga etmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish —
eng kam ish haqining o’n baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
1882-modda. Voyaga etmagan shaxsning ko’ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo’lishiga yo’l qo’yish
Restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmog’idan foydalanish xizmatlarini ko’rsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa ko’ngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslari tomonidan voyaga etmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko’rsatilgan muassasalarda bo’lishiga yo’l qo’yish —
eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.



Download 401,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish