Milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish, uni keng targ‘ib etish konsep- siyasi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi bilan yaratildi. Bu konsepsiyaning bosh muallifi I.A. Karimov mamlakat fuqarolarini milliy taraqqiyotga da’vat etuvchi, yoshlar - yangi avlod qalbida mustaqil Vatan hissini uyg‘otuvchi qudratli g‘oya sifatida namoyon bo‘lishi tizimini vujudga keltirdi.Yuqoridagilar, shubhasiz mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, ozod, erkin yashashga intilish o‘zbek xalqiga xos azaliy tuyg‘u ekanligini, ayni chog‘da bunday g‘oyaga xalq har qanday sharoitda - ichki va tashqi kuchlar tazyiqiga qaramasdan sodiqliklarini yana bir bor namoyon qildi. Demak, istiqlol tafakkuri, mustaqillik g‘oyasi bilan qurollangan bunday xalqni o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qayta- rib bo‘lmaydi.
Davlatimiz rahbari 2007-yil 30-avgustda Prezident devonidagi qo‘shma majlisda «0‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» mavzuida ma’ruza qilar ekan, shunday degan edi: «Biz bugun yurtimizda
yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va ax- loq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan mafkuraviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamiz- ga ayon bo‘lishi kerak.
Bunday uzoqni ko‘zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo‘lgan turli xuruj va g‘arazli intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch va mablag
1 sarflanayotgan harakatlar va bu kabi xavf-xatarlar bizga qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh bo‘lishimiz darkor.
Bunday
balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma’naviy dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Awalo to‘g‘ri tarbiya, sog‘lom turmush g‘oyasi, faqatgina qattiq iroda va iymon-e’tiqod hisobidan bunga erishishimiz mumkin.
Aynan ana shunday o‘z kuchiga va irodasiga ishongan, keng fikrlaydigan bilimli va madaniyatli yoshlarimiz har qanday buzg‘unchi oqimlarga berilmasdan, hayotda o‘z yo‘lini topib olishi muqarrar».
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizni mustaqillik yillari davomida isloh qilish va yangilash borasida qo‘lga kiritilgan natijalar- ni sarhisob qilinar ekan bu davrda milliy davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda ham siyosiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy
zamin yaratadi, deb aytish mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy- buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakl- lantirishning huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish jarayoni amalga oshirildi.
Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ulaming uzoq yillar mobaynida kommunistik mafku- ra va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlaming o‘zi o'zgardi.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlami
mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlami ortga qaytarib bo‘lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o‘rin tutgan ushbu davrda tom ma’noda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlaming teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamja- miyatida o'zining munosib va mustahkam o‘miga ega bo‘lgan - 0‘zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modemizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyoti- mizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.