Konstitutsiya- baxtimiz poydevori.
Sahna bayramona bezatilgan ‘Hech kimga bermaymiz qo’shig’i musiqasi O’zbekistonni’ ostida o’quvchilar kirib keladilar.
-1-boshlovchi: O’zbek xalqiga odat,
Avvalo bermoq salom.
Shuning uchun chin dildan,
Deymiz sizga assalom.
2-boshlovchi:
Xo’sh kelibsiz mehmonlar
Chin ko’ngildan assalom.
Xo’sh kelibsiz bayramga
Sizgadir shirin kalom.
Madhiya kuylanadi.
1-o’quvchi:
1992-yil 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
2-o’quvchi:
xalqi inson huquqlari va davlat suvereniteti O’zbek G’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldida yuksak
manaviyatni anglagan holda,
3-oquvchi:
O’zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tarixiy tajribalariga tayanib,
4-o’quvchi:
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, umumetirof etilgan huquq qoidalari holda ustunligini tan olgan
5-o’quvchi: Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taminlashga intilib ,
6-uquvchi:
Insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab fuqaro tinchligini va milliy totuvligini taminlash maqsadida o’zining muxtor
vakillari siymosida O’zbekiston Respublikasining mazkur konstitutsiyasini qabul qildi.
7-uquvchi:
Har qanday davlatning yuzi, obru-e’tibori uning konstitutsiyasi hisoblanadi
8-uquvchi:
Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan
Qomusnomamizdir.
9-uquvchi:
Qomusnoma bu-davlatimiz mustaqilligi ramzi va ifodasi.Qomusnoma xalq
hurligi va ozodligi timsoli.
10-uquvchi:
Istiqlolning o’zisan,
Uning aytar so’zisan
Qomusimsan-hayotim
Ko’kka uchar qanotimsan
11-uquvchi:
Vatanimga nur sochding,
Iqbol eshigin ochding
Buloqday qaynab toshding,
Qomusimsan - baxtimsan,
Umid, orzu, ahdimsan
12-uquvchi:
8-dekabr ozodlik g’oyasi va ruhi ila sug’orilgan bu bitiknomaga
14 yil bo’ldi.
13-uquvchi:
Qayerda bo’lsak qonun hukmron ekanlik shu yerda der. Temur bobom qonun so’z, qonun ko’z, u qalqon, posbon. Unda aniqlanar doim inson degan nom.
14-o’quvchi:
O’zbekiston Respublika qomusi 26 bob,128 moddadan iborat.
15-o’quvchi
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat.
16-o’quvchi
So’rasa mendan qayda makoning,
Ona yurtim chin qadrdonim .
Deyman yurtim tanitdi jahon,
Mustaqil hur O’zbekistonim.
O’zbekiston farzandlarimiz,
Mustaqil yurt posbonlarimiz.
O’z elimiz erkasimiz ,
Vatanimiz ertasimiz.
17-o’quvchi
O’zbekiston Respublikasi davlat tili o’zbek tilidir.
18-o’quvchi
1991-yil 18-noyabr davlat bayrog’I qabul qilindi.
19-o’quvchi:
Oy- yulduzlaring kuklardan nishon,
Oq ranging yoqar umid chirog’ing.
Yashiling boshlar uyg’onish tomon,
Ey sen, muqaddas vatan bayrog’i.
20-O’quvchi:
Quyoshni ko’zlab ko’tarildi dil,
Keng jahon bo’ylab hilpirar mag’rur.
To senga qarab orom olsa dil,
Toki tomirlarda jo’sh ursine g’urur.
21-o’quvchi:
1992-yil 2-iyulda davlatimiz tamg’asi tasdiqlangan.
22-o’quvchi:
Tamgamizga bir qarang ,
Tovlanadi rang-barang.
Unga beradi chiroy,
Tepasida hilol oy.
Bir tomoni paxtazor,
Quyosh nurin sochadi.
23-o’quvchi:
1992-yil 10-noyabr vatanimiz madhiyasi tasdiqlangan.
24-o’quvchi:
Madhiyani tinglasam har on,
Vujudimni bosar hayajon.
Omon bo’lsinturguncha jahon,
Mustaqil, hur, Qzbekistonim.
25- o’quvchi:
1992-yil 2-iyul O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik pasportinig
Qabul qilingan kun.
26-o’quvchi:
Risqimiz ramzi bug’doy,
Oq oltindir paxta oy.
Xalqimizning boyligi,
Bug’doy, paxta bo’ladi.
Yurtimizning kamolini,
Ko’rib ko’ngil to’ladi.
27-o’quvchi:
O’zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent.
28- o’quvchi:
Har kim bilim olish huquqiga ega.
Qo’shiq va raqs ijro etiladi.
1-boshlovchi
Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Qushiqlarda vatan ma’nosi,
Qushiqlarda xalqi sadosi.
Vatan o’yin yangratsa dillar,
Yangrar yurtning yeru samosi.
2- boshlovchi
Qomuslarda bizning huquqlarimiz ham alohida ko’rsatilgan.
Vatan oltin belanchagimiz,
Biz vatanni kelajagimiz.
Vatan agar buyuk bog’ bo’lsa,
Buzlar uning gul chechagimiz.
Qo’shiq, raqs ijro etiladi.
Tadbir yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |