QO‟LTIQ ARTERIYASI
Q o‘ l t i q a r t e r i y a s i (a. axillaris) o‗mrov osti arteriyasining bevosita
davomidir, uning boshlanish (Yuqori) chegarasi I qovurqaning tashqi (lateral)
chekkasi hisoblanadi. Qo‘ltiq arteriyasi cavum axillare da mm. pectoralis major et
minor ning orqa Yuzasi bo‘ylab pastga tushadi va mm. latissimus dorsi, pectoralis
major ning pastki chekkasiga yetganda yelka arteriyasi a. brachialis nomi bilan yelka
sohasiga davom etadi.
A. axillaris joylashuviga ko‘ra uch bo‘lakka ajratiladi:
I. Ko„krak-o„mrov uchburchagi (trigonum clavipectorale) m. pectoralis major
Yuqori qismining orqa sohasida joylashgan, uni Yuqoridan o‗mrov suyagi, pastdan
m. pectoralis minor ning Yuqori qirrasi chegaralab turadi. Qo‘ltiq arteriyasini bu
sohada oldindan va tashqaridan plexus brachialis nerv tutamlari o‘rab tursa-da,
medial tomonda v. axillaris yo‘naladi, tashqi tomondan limfa tugunlari va yog‗
to‘qimalari berkitib turadi. O‘z navbatida bu uchburakdagi a. axillaris dan quyidagi
tarmoqlar chiqadi:
a) y u q o r i d a g i k o‘ k r a k a r t e r i y a s i (a. thoracica superior) qo‘ltiq osti
arteriyasidan boshlanib, I–II qovurg‗a oralig‗i muskullariga, mm. pectoralis major et
minor, m. serratus anterior ning Yuqori qismiga va m. subclavius ga tarqaladi.
b) k o‘ k r a k - y e l k a o‘ s i g‗ i a r t e r i y a s i (a. thoracoacromialis) kalta
bo‘lib, a. axillaris dan boshlanadi va deltasimon muskulga, m. pectoralis major et
minor va yelka Bo‗g‗imiga tarqaladi.
1
II. Ko„krak muskuli uchburchagi (trigonum pectorale) m. pectoralis minor
ning orqa Yuzasiga to‘g‗ri keladi, bu uchburchakda a. axillaris dan Ko‗krak
muskullariga rr. thoracicae lar chiqadi.
Ko‗krak qafasining Yon arteriyasi (a. thoracica lateralis) m. serratus anterior
bo‘ylab pastga tushadi va ana shu muskulni qon bilan ta‘minlaydi; Ko‗krak beziga
rami mammarii laterales ni beradi.
III. Ko„krak muskul osti uchburchagi (trigonum subpectorale) m. pectoralis
minor, m.pectoralis major hamda m. delteideus larning pastki chekkalari oralig‗iga
to‘g‗ri keladi. Bu uchburchakdan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) k u r a k o s t i a r t e r i y a s i (a. subscapularis) a. axillaris dan chiqib
bo‘linadi: 1) Ko‗krak qafasining orqa arteriyasi – a. thoracodorsalis kurak osti
arteriyasining davomi sifatida mm. serratus anterior, latissimus dorsi, subscapularis
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
438
m. teres major ga tarqaladi va a. thoracicae lateralis, aa. intercostales lar bilan
anastomozlashadi; 2) kurakni o‘rab turadigan arteriya a. circumflexa scapulae kurak
osti arteriyasidan chiqib, foramen trilaterum orqali fossa infraspinata ga o‘tadi va
muskullarga tarqalib, a. suprascapularis bilan tutashadi;
b) y e l k a s u y a g i n i o‘ r a b t u r a d i g a n o r q a a r t e r i y a (a. cir-
cumflexa humeri posterior) ba‘zan a. circumflexa scapulae bilan birga qo‘shilib, bitta
umumiy poya ko‘rinishida qo‘ltiq osti arteriyasidan chiqadi. Bu arteriya, odatda, a.
axillaris dan chiqqan alohida shoxcha bo‘lib, foramen quadrilaterum orqali
deltasimon muskul ostidan o‘tadi va yelka suyagi (collum chirurgicum humeri) ni
o‘rab turadi, a. circumflexa humeri anterior bilan anastomozlashadi. A. circumflexa
humeri posterior m. deltoideus, capsula articularis humeri bilan caput humeri larga
tarmoqlar beradi;
d) y e l k a s u y a g i n i o‘ r a b t u r a d i g a n o l d i n g i a r t e r i y a (a.
circumflexa humeri anterior) ba‘zan a. circumflexa humeri posterior bilan umumiy
poya ko‘rinishida a. axillaris dan ajralib chiqadi va collum chirurgicum humeri ni
o‘rab turadi;
a. circumflexa humeri posterior bilan anastomozlashib, m. deltoideus bilan
birgalikda yelka Bo‗g‗imiga tarmoqlar beradi.
Xulosa qilib aytganda, qo‘ltiq osti arteriyasi tolalari o‗mrov osti arteriyasining
shoxlari bilan keng anastomozlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |