Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/411
Sana09.07.2021
Hajmi12,49 Mb.
#113758
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   411
Bog'liq
ANATOMIYA-MAJMUA

AORTANING TOQ TARMOQLARI  

 Qorinning  arterial  poyasi  (truncus  coeliacus)  kalta  va  yo‘g‗on  arteriyadan 

iborat  bo‘lib,  aortaning  oldingi  Yuzasida  XII  Ko‗krak  umurtqasi  ro‘parasida  (aorta 

diafragmadan o‘tishi bilanoq) boshlanadi va uchta katta tarmoqqa (a. gastrica sinistra, 

a.  hepatica  communis  va  a.  lienalis)  bo‘linadi.  Truncus  coeliacus  tarmoqlari 

quyidagilar: 




 

447 


 

Qorinning arterial poyasi. 

1  –  Hiatus  aorticus;  2  –  Truncus  coeliacus;  3  –  Lig.  teres  hepatis;  4  –  A.phrenica  inferior 

dextra; 5 – Vesica fellea; 6 – Ductus hepaticus communis; 7 – R.sinister a. hepaticae propriae; 8 – 

Ramus dexter a. hepaticae propriae; 9 – A. cystica; 10 – Ductus cysticus; 11 – A. hepatica propria; 

12  –  A.  gastrica  dextra;  13  –  Ductus  choledochus;  14  –  A.  gastroduodenalis;  15  –  A.  hepatica 

communis; 16 – V.portae; 17 – V. cava inferior; 18 – A. gastroepiploica dextra; 19 – Rr. epiploici; 

20 – Omentum majus; 21 – A. gastroepiploica sinistra; 22 – Pancreas; 23 – A. lienalis; 24 – Lien; 

25 – Ventriculus; 26 – Aorta abdominalis; 27 – A. phrenica inferior sinistra; 28 – Diaphragma; 29 – 

R.  esophageus;  30  –  Esophagus  (pars  abdominalis);  31  –  A.  gastrica  sinistra;  32  –  Hiatus 

esophageus; 33 – Hepar. 

I. 1. M e‘ d a n i n g ch a p a r t e r i y a s i (a.gastrica sinistra) chapdan cardia 

ventriculi  ga  borib,  pars  abdominalis  oesophagi  ga  shoxchalar  beradi.  A.  gastrica 

sinistra  ning  asosiy  tarmoqlari  curvatura  minor  ventriculi  bo‘ylab  boradi  va  a. 

gastrica dextra (umumiy jigar arteriyasi tarmog‗i) bilan anastomozlashadi. 

2. U m u m i y j i g a r a r t e r i y a s i (a. hepatica communis) caput pancreatis 

ning  Yuqori qirrasi  bo‘ylab duodenum  ga  boradi  va  ikkita  shox  (a. hepatica propria 

va a. gastroduodenalis)ga bo‘linadi: a. hepatica propria lig. hepatoduodenale ichida v. 

partae ning old va ductus choledochus ning chap tomonidan yo‘nalib, jigar darvozasi 

orqali jigar tarkibida tarqaladi (jigarning ichki tuzilishiga qaralsin). 

 Jigarning  xususiy  arteriyasi  (a.  hepatica  propria)  dan  quyidagi  tarmoqlar 

chiqadi: me‘daning o‘ng arteriyasi (a. gastrica dextra) Yuqoriga ko‘tarilib, curvatura 

minor  ventriculi  bo‘ylab  chap  tomonga  yo‘naladi  va  a.gastrica  sinistra  bilan 

anastomozlashadi.  

Ramus  dexter  et  sinister  shoxchalari  jigarning  o‘ng  hamda  chap  bo‘laklariga 

boradi. Ramus dexter dan o‘t pufagi arteriyasi (a. cystica) chiqadi. 

M e‘ d a - o‘ n i k k i b a r m o q i ch a k a r t e r i y a s i (a. gastroduodenalis) 

me‘da  pyloris  qismining  orqasidan  pastga  tomon  yo‘nalib,  o‘n  ikki  barmoq  ichak 

bilan  me‘da  osti  bezi  (pancreas)  orasiga  kiradi,  a.  gastroepiploica  dextra  va  aa. 

pancreaticoduodenalis superiores tarmoqlariga bo‘linadi. 

a)  o‘ng  tomondagi  me‘daning  charvi  arteriyasi  a.  gastroepiploica  dextra 

curvatura  major  bo‘ylab  chap  tomonga  yo‘naladi,  me‘da-katta  charviga  tarmoqlar 

chiqarib,  a.  gastroepiploica  sinistra  bilan  anastomoz  hosil  qiladi;  b)  me‘da  osti  bezi 




 

448 


bilan  o‘n  ikki  barmoq  ichakning  Yuqori  arteriyasi  –  aa.  pancreaticoduodenalis 

superior me‘da osti bezi qismiga boradi va rr. pancreatici (me‘da osti bezining bosh 

qismi)da,  rami  duodenalis  (o‘n  ikki  barmoq  ichakning  pars  descendens  qismi)da 

tarmoqlarga bo‘linadi. 

3. T a l o q a r t e r i y a s i a. lienalis trunsus coeliacus tarmoqlarining ichida eng 

yo‘g‗oni bo‘lib, pancreas  Yuqori chekkasidan bir necha marta buralib taloqqa qarab 

yo‘naladi,  hilus  lienalis  ga  borganda  5–6  ta  shoxchaga  bo‘linadi  va  lien  ichida 

tarqaladi.  Yo‘lda  bir  qancha  rr.pancreatici  tarmoqlarini  beradi.  Bundan  tashqari,  a. 

lienalis dan quyidagi tolalar chiqadi: 

Ch a p t o m o n d a g i m e‘ d a-ch a r v i a r t e r i y a s i (a. gastroepiploica 

sinistra) me‘da – curvatura major bo‘ylab o‘ng tomonga boradi va a. gastroepiploica 

dextra  bilan  anastomozlashadi.  Me‘daning  kalta  arteriyalari  (aa.  gastricae  breves) 

me‘da tubini qon bilan ta‘minlaydigan va boshqa arteriyalar bilan anastomozlashadi. 

II.  Ichaktutqichning  ustki  arteriyasi  (a.  mesenterica  superior)  qorin  aortasi 

(truncus  coeliacus)  dan  taxminan  1–1,5  sm  pastroqda  aorta  abdominalis  ning  I  bel 

umurtqasining Yuqori qirrasi ro‘parasidan chiqadi. Bu arteriya me‘da osti bezi bilan 

o‘n ikki barmoq ichakning pastki gorizontal bo‘lagi orasidan o‘tib pastga yo‘naladi.  

A. mesenterica superior dan bir qancha tolalar chiqadi: 

1. M e‘ d a o s t i b e z i v a o‘ n i k k i b a r m o q i ch a k n i n g p a s t k i a r t e 

r i y a s i (a. pancreaticoduodenalis inferior) me‘da osti bezi boshchasi va duodenum 

ning o‘rtasidan Yuqoriga ko‘tariladi. A. pancreaticoduodenalis inferior pancreas ning 

boshchasini,  o‘n  ikki  barmoq  ichakning  pastki  gorizontal  bo‘limini  qon  bilan 

ta‘minlashda  ishtirok  etadi  va  nihoyat  aa.  pancreaticoduodenalis  superiores  bilan 

anastomozlashadi. 

2. I ch a k a r t e r i y a l a r i (aa. intestinales) 10–20 shoxchadan iborat bo‘lib, 

ichaktutqich  (mesenterium)  tarkibida  boradi va  shu tariqa och  iChakka  aa. jejunales 

hamda  Yonbosh  iChakka  aa.  ilei  sifatida  tarqaladi.  Ana  shu  arteriyalarning 

shoxchalari  ichak  devoriga  bormasdan  oldin  mesenterium  varag‗i  ichida  o‘zaro 

qo‘shilib, 2–5 qator anastomoz hosil qiladi. Birinchi qator arteriya anastomozlaridan 

hosil  bo‘lgan  ravoqdan  shoxchalar  chiqadi  va  o‘zaro  qo‘shilib,  ikkinchi  qatordagi 

arteriya  ravog‗ini,  so‘ngra  uchinchi  qator  arteriya  ravog‗ini  hosil  qiladi  va  hokazo. 

Oxirgi  arteriya  ravog‗idan  chiqqan  tarmoqlar  ichak  devorini  zich  o‘rab  oladi  va  har 

xil vaziyatda ham qon bilan bir me‘yorda ta‘minlanishiga imkon beradi. 

3.  Yo  n  b  o  sh  ch  a  m  b  a  r  i  ch  a  k  a  r  t  e  r  i  y  a  s  i  (a.  ileocolica) Yonbosh 

ichakning  oxirgi  qismi  bilan  ko‘riChakka  tarqaladi,  ramus  colicusdan  esa 

chuvalchangsimon o‘simtaga a. appendicularis shoxchasini beradi. 

4. Ch a m b a r i ch a k n i n g o‘ r t a a r t e r i y a s i (a. colica media) chambar 

ichakning ko‘ndalang qismiga (colon transsversum) mesacolon transversum varaqlari 

orasidan  boradi  va  ikkita  shoxchaga  ajratiladi.  Ularning  o‘ng  tomonga  qarab 

yo‘nalgan  shoxchasi  a.  colica  dextra  a.  mesenterica  superior  tarmoqlari  bilan 

anastomoz hosil qilsa, chap tomonga qarab yo‘nalgan shoxchalari a. colica sinistra (a. 

mesenterica  inferior  tarmog‗i)  bilan  qo‘shiladi.  Natijada  a.  mesenterica  superior 

Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  tarmoqlar  yordamida  a.  mesenterica  inferior  bilan 

qo‘shilib, arteriya ravog‗ini hosil qiladi. 

1

 

                                                      



1

 

Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell  AWM Elsever Churchill 



Livingstone, 2014

 



 

449 


5.  A.  c  o  l  i  c  a  d  e  x  t  r  a  chambar  ichakning  o‘ng  arteriyasi  a.  mesenterica 

superior  dan, III  bel umurtqasining  ro‘parasida a. ileocolica dan  bir oz  Yuqoriroqda 

chiqib, ichak bo‘lagiga (colon ascendens) tarqaladi. 

III.  Ichaktutqichning  pastki  arteriyasi  (a.  mesenterica  inferior)  kichik 

diametrda  bo‘lib,  aorta  abdominalis  dan  III  bel  umurtqasi  ro‘parasida  chiqadi, 

qorinning seroz pardasi orqasidan pastga va chap tomonga qarab boradi:  

a)  chambar  ichakning  chap  arteriyasi  –  a.  colica  sinistra  seroz  pardaning 

orqasidan chap buyrakning oldingi Yuzasiga yaqinlashganda ikki tarmoqqa bo‘linadi. 

Tarmoqlarning  biri  Yuqoriga  ko‘tarilib,  ko‘ndalang  chambar  ichakning  chap 

tomonidagi  flexura  coli  sinistra  ni  qon  bilan  ta‘minlaydi  va  a.  coli  media  (a. 

mesenterica  superior  tarmog‗i)  bilan  anastomozlashadi.  Ikkinchisi  esa  colon 

desendens ga tarqaladi va pastga yo‘nalib, aa. sigmoideae (sigmasimon yo‘g‗on ichak 

arteriyalari) bilan qo‘shiladi;  

 

Ingichka ichak arteriyalari anastomozi. 



1 – A‘zolarni o‘rab turuvchi (visseral) qorin parda; 2 – Ingichka ichak arteriyasi ravoqlari; 3 – 

A.jejunalis; 4 – Arteriya ravoqlari; 5 – mesenterium.  

 

 

b)  aa.  sigmoideae  –  sigmasimon  yo‘g‗on  ichak  arteriyalari  a.  mesenterica 



inferior  dan  aksari  ikkita  bo‘lib  boshlanadi  va  colon  sigmoideum  ni  qon  bilan 

ta‘minlaydi. Aa. sigmoideae ning bitta tarmog‗i Yuqoriga ko‘tarilib, a. colica sinistra 

bilan qo‘shilsa, ikkinchisi pastga qarab boradi va a. rectalis superior bilan tutashadi;  

d) a. rectalis superior – to‘g‗ri ichakning Yuqori arteriyasi a. mesenterica inferior 

ning  oxirgi  tolasi  bo‘lib,  mesacolon  sigmoideum,  mesacolon  rectum  varaqlari 

orasidan to‘g‗ri ichak devoriga borib tarqaladi. Bu arteriya aa. sigmoideae, a. rectalis 

media,  a.  iliaca  interna  tarmog‗i  bilan  anastomozlashadi.  Natijada  chambar  ichakda 

tarmoqlangan  arteriyalar,  ya‘ni  aa.  colica  media  et  dextra  shoxlari  (a.  mesenterica 

superior shoxlari) a. colica sinistra, aa. sigmoideae, a. rectalis superior (a. mesenterica 

inferior)  va  a.  rectalis  media  (a.  iliaca  interna  tarmog‗i)  o‘zaro  birlashib,  arteriya 

ravog‗ini hosil qiladi. Bu arteriya ravog‗i chambar ichakni doimo yetarlicha qon bilan 

ta‘minlash uchun xizmat qiladi va jarrohlikda muhim o‘rin tutadi. 




Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish